O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA RIVOJLANISHINING TARIXIY



Yüklə 379,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix31.12.2021
ölçüsü379,49 Kb.
#82202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
ijtimoiy oila pedagogikasi

 

1.MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA RIVOJLANISHINING TARIXIY 

ASOSLARI. 

Darsning maqsadi: 

Talabalarga ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi va ijtimoiy 

pedagogik g’oyalarning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot berish. 

Tayanch so’z va iboralar:

 ijtimoiy, pedagogika, fan, tarixiy, rivojlanish, ijtimoiy 

tarbiya, xorijiy va x.k. 

 

Asosiy savollar:  

1.

 

Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan. 



2.

 

Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri 



3.

 

Ijtimoiy pedagogika rivojining uchinchi davri 



 

Asosiy o’quv matyeriali qisqacha bayoni 

Ijtimoiy pedagogika–garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi 

va fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va 

tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va  amaliy tajribalari 

tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining 

murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga 

salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy 

tarbiyaning diskreditasiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va 

chet ellik  hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy 

qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim 

turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi. 

Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining 

ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo’ldi.  

Xozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy 

islohotlarni  boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning 

yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy 

tamoyillarning o’zgarishi  ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning 

nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g’ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm, 

narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga 

sabab bo’lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so’ngra esa kattalar 

ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy 

muammolariga bog’liq bo’lgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning 

ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy 

pedagogga talab paydo bo’ladi. 

Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda 

insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi 

demokratik qadriyatlar  paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning 

ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk 

kunlaridanoq anglangan. Quyidagilar  bundan dalolat beradi: 

1)

 



kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishi 

sifatida e’lon qilinishi; 




2)

 

aholining  kam  ta’minlangan  qatlamlarini  himoya  qilish  yuzasidan  bir 



qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi; 

3)

 



sobiq  ijtimoiy  himoya  muassasalarining  moddiy  texnik  bazasining 

yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi; 

4)

 

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning har tomonlama barkamol shaxsni 



shakllantirishga  qaratilgan  ijtimoiy  pedagogik  choralari  majmuasi  sifatida  joriy 

qilinishi. 

O’zbekiston  fuqarolari  hayotida  ijtimoiy  barqarorlikni  ta’minlash  masalasi 

prezident  I.Karimov  asarlari  va  chiqishlarida  ham  muhim  o’rin  tutmoqda.  Ularda 

insoniylik, mehribonlik o’zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi ta’kidlanadi 

va  ijtimoiy  xarakterdagi  ko’pgina  muammolar-  sog’liqni  saqlashni,  maktab  va 

shifoxonalarning  moddiy-texnik  bazasini  yaxshilash,  yashash  va  sport 

majmualarini qurish, ko’pbolali oilalarga yordam berish muhokama qilinadi. 

Bundan  tashqari  ta’lim  mazmuniga  shaxsni  ijtimoiylashuvi  masalasi  asosiy 

g’oya  sifatida  kiritilayotgan  hozirgi  vaqtda  ijtimoiy  pedagogikani  fan  sifatida 

o’qitishni  taqozo  etadi.  Buning  uchun  mazkur  fanning  mazmun-mohiyatini 

aksettriruvchi  darslik  hamda  o’quv  qo’llanmalarinihoyatda  zarur.  Yuqoridagi 

birqatoromillarni hisobga olganholda ushbu kitob yaratildi. 

Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan. 

Ijtimoiy  pedagogikaning  fan  sifatida  rivojlanishi  ancha  qadimiylikka  borib 

tutashadi.  Uning  qadimiyligibuyuk  mutafakkirlarning  ilmiy  qarashlarida  o’z 

tasdig’ini topgan. 

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining 

Birinchi  bosqich-qadimgi  davrlardan  XVII  asrgacha  bo’lgan  davrini  o’z 

ichiga  oladi.  Bu  davrda  faktlar  to’planishi,  tarbiya  tajribasining  anglanishi, 

pedagogik  va  ijtimoiy  nazariyalarning  shakllanishi  ro’y  bergan.  Ijtimoiy 

pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin 

tan olinishi bilan xarakterlanadi.  Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo 

bo’lgan. 

Birinchi  bosqichningbu  kabi  davriy  chegaralanishi  avvalambor,  insoniyat 

tarixining  ilk  bosqichlarida  ham  ijtimoiylashtirish  muammosining  mavjud 

bo’lganligi bilan izohlanadi. Chunki ibtidoiy jamoada to’plangan boy tarbiyaga oid  

ijtimoiy  pedagogik  g’oyalar  haqida  gapirishga  imkon  beradi.  Tarbiya  ijtimoiy 

hodisa  sifatida  insonning  hayvonot  olamidan  ajralishi  bilan  paydo  bo’lgan.. 

Dastlab tarbiya  faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo’lsa, keyinchalik esa o’ziga 

o’ziga  xos  faoliyat  turiga  aylangan  va  bu  bilan  shug’ullanuvchi  odamlar-

tarbiyachilar  paydo  bo’lgan.  Vaqt  o’tgani  sari  tarbiya  jarayoni  ham  

murakkablashib  borgan,  yosh,  jins,  mazmuniga  ko’ra  farqlana  boshlagan,  uning 

axloqiy  jihatlariga  e’tibor  qaratila  boshlagan.  Juft  oilalarning  oilaviy  tarbiya  ham 

ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada 

kasal  va  yaradorlarga  yordam  ko’rsatilganligini  bolaligida  olingan  jarohatlar 

tufayli  vafot  etganlarning  skeletlari  asosida  to’la  tasdiqlaydi..  Bu  kabi  qarashlar 

etnografik  ma’lumotlarda  paydo  bo’lish  bilan  ham  o’z  tasdig’ini  topgan.  Ibtidoiy 

jamoa  tuzumida  yashagan  barcha  elatlarida  mehnatning  jins  va  yoshga  qarab 



ajratish  an’anasi  bo’lgan.  Mavjud  yoshlarni  muntazam  ravishda  turli  kasb-

xunarlarga o’rgatishgan.  

Bularning  hamasi  ibtidoiy  jamoada  ijtimoiy-pedagogik  tajribaning  ilk 

ko’rinishlari  mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. 

Agar  ibtidoiy  davrni  ijtimoiy  pedagogik  amaliyotning  vujudga  kelishiga 

zamin  yarangan  bo’lsa,  qadimgi  dunyoning  ilk  sivilizasiyalarining  paydo  bo’lishi 

ijtimoiy-pedagogik  fikrning  shakllanishiga  kuchli  ta’sir  ijtimoiy-pedagogik 

fikrning  shakllanishi  yozuv  hamda  pedagogik  g’oyalarning  yozma  manbalarda 

ko’rsatilgan saqlanib qolish hodisasi bilan bog’liqdir.  

Sharqning  quldorlik  davlatlarida  ijtimoiy  pedogogik  g’oyalar  bir  nechta   

mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun 

xalq  mulkiga  aylangan  (Xitoyda-Shukit,  Hindistonda-Vedalar,  Misrda-Tot  xudosi 

kitoblari, O’rta Osiyoda-Avesto va boshqa). 

Faqatgina  miloddan  avvalgi  I  ming  yillikning  o’rtalari  va  ikkinchi  yarmida  

ijtimoiy pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi. 

Shubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon 

va rim) faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y)  

“O’z o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha 

yovuzlikni yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan. 


Yüklə 379,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə