O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 379,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/26
tarix31.12.2021
ölçüsü379,49 Kb.
#82202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
ijtimoiy oila pedagogikasi

Mark  Fabiy  Kvintilian

  (mil.  avv. 42-118  y)  notiqlik  san’atining  qadimgi 

yunon nazariyotchisi, pedagog.  Ilk pedagogik asar bo’lmish “Notiqning tarbiyasi 

haqida” unga  tegishli bo’lib, unda tarbiyaning muhim g’oyalari, ta’lim metodikasi 

bayon  etilgan.Kvintilianning  asosiy  g’oyalari  –o’z  “men”nini  saqlab  qolish, “o’z 

ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi. 

Feodalizm  davri  tarbiyasining  o’ziga  xos  xususiyatlari  asketizm,  dunyo 

dinlari  qoidalariga  qattiq  amal  qilish  bo’lgan.  O’sha  davrning  (VI-XII  asrlar) 

ijtimoiy-pedagogik 

g’oyasini 

yaratuvchilari 

o’sib 


kelayotgan 

avlodga 


singdirmoqchi bo’lgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, 

xususan kasallar va nochorlarga yordam kabilar paydo bo’ldi. 

XV-XVI  asrda  avval  Italiyada,  so’ngra  Yevropaning  boshqa  davlatlarida 

kapitalistik  munosabatlar  rivojlana  boshladi.  Paydo  bo’layotgan  yangi  toifa 

vakillariga,  aksariyat  ziyolilarga  asketizmning  tamoyillari  begona  edi.  Yangi 

burjua  madaniyati  shakllana  boshlaydi  va  uni  xarakterlashtirish  uchun  odatda 

insoniylashtirish  va  qayta  tiklash  tushunchalar  qo’llanilgan.  Gumanizm 



(insoniylik)  tushunchasi  yangi  madaniyat  markazida  ilohiylik  emas,  inson  turishi 

guvohlik  berardi.  Uning  o’zi  ham  qalban,  ham  jisman  go’zal  bo’lishi  lozim. 

Faqatgina  inson  ongi,  kuchi,  muvaffaqiyatiga  ishonchi,  faolligi,  irodasi  tufayli 

barcha 


qadriyatlar 

va 


o’z 

baxtining 

yaratuvchisiga 

aylana 


oladi.  

Asketizm(yunoncha)-  tuyg’u  va  istaklarnicheklash  yokibostirish,  azob  tortish, 

hayot ne’matlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning shaxsiy hislatlari, shaxsiyati, 

mashhurligida  emasligi  hisobga  olingan..  Shu  bilan  birga  gumanistlar  cherkovga 

qarshi  ochiq  qarshi  chiqmaganlar.  Ular  xudoni,  olamni  harakatga  keltirgan  va 

o’shandan beri unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan. 

XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o’zlari pedagog bo’lishgan 

yoki  pedagogik  nazariyaga  murojaat  qilishgan.  Gumanizm  g’oyasi  pedagogikada 

xuddi ana shu davrlardan boshlab o’rnasha boshlagan. 

Asl  tarbiya  o’z  mohiyatiga  ko’ra  doim  go’zallik  haqida,  uning  kelajagi 

haqidagi  g’amxo’rlikni  bildirgan.  Uyg’onish  davrida  ijtimoiy  gumanizm 

g’oyalarini  amalga  oshirila  boshlanishi  mashhur  italiyalik  pedagog-gumanist 

Vittorino  de  Genotre  (1378-1446)  tomonidan  ilk  marta  “Quvonch  uyi”  nomli 

internat  maktabning  yaratilishi  bilan  bog’liq.  Shuni  ta’kidlash  joizki, 

ta’riflanayotgan  davrda  din,  pedagogika  va  ijtimoiy-pedagogika  bir-biriga  uzviy 

ravishda rivojlangan. 

Diniy  qarashlarda  asosiy  e’tibor  umuminsoniy  qadriyatlarga  qaratilgan. 

Diniy  rivoyatlarda,  muqaddas  kitoblarda  oyatlarda  axloqiy  o’gitlar,  insonlararo 

munosabatla, qavm-qarindoshlarga,, bolalarga g’amxo’rlik haqida ko’p gapirilgan. 

Bu  asosda  ko’pgina  avlodlar  tarbiya  topishgan  va  bu  borada  Yevropada  cherkov 

uzoq  vaqt  mobaynida  “nogiron  bolalar”  rahnamosi  bo’lgan.  Unga  nafaqat  ruhiy 

yordam so’rab, balki tibbiy, moddiy yordam so’rab, adolatsizlikdan himoya so’rab 

murojaat  qilishgan.  Butun  dunyoda  diniy  tashkilotlarning  boy  ana’nalari  mavjud.  

Masalan,  Yevropada  antik  davrlardan  buyon  ota-onasiz  qolgan  bolalarni 

ibodatxonalar eshigi oldiga qo’yib ketishgan. Manbalarga ko’ra ota-onasiz qolgan 

bolalar  uchun  ilk  tarbiya  uylari  IV  asrda  Kesariya  (Kichik  Osiyo)  shahrida 

yepiskop 


Yüklə 379,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə