O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 379,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/26
tarix31.12.2021
ölçüsü379,49 Kb.
#82202
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
ijtimoiy oila pedagogikasi

Robert Ouen

ning ijtimoiy pedagogik faoliyati 

bir  qancha  qiziqarli  va  sermaxsul  tajribalardan  iborat.  Nyu-Lenarkda  “Inson 

xarakterini  tuzishni  yangi  instituti”ni  ishchilarning  turmush  darajasini  yaxshilash 




uchun  yaratib,  u  amaliyotda  ishlab  chiqarish  ta’limini  madaniyat  bilan  bog’lab 

qo’ydi.  Jahonda  ilk  marta  didaktik  o’yinlar  o’tkaziladigan,  bolalarning  jismoniy 

holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan. 

Ingliz  faylasufi 



Gebert  Spenser

  (1820-1903  y)  oilaning  shaxs 

shakllanishidagi  o’rni  haqidagi  ijtimoiy  pedagogik  g’oyalar  bilan  to’ldirilgan 

asarlar  yaratgan.  Bu  maqsadlarga  erishishi  uchun  u  qiziq  usulni  ilgari  surgan-

Angliyaning  davlat  va  siyosiy  tuzilmasini  oila  va  maktab  tomonidan 

imitasiyalashuvi. 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  pedagogika  va  ommaviy  tarbiya 

tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek  

ijtimoiy  xulq-atvor  normalarini  buzuvchi  shaxslarni  qayta  tarbiyalash  kirgan. 

Industiryalashtirish  qishloq  axolisining  shaharga  ommaviy  migrasiyasini  keltirib 

chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat Yevropa va Amerika 

mintaqalarining  ijtimoiy  madaniy  jarayonlari  bilan  ham  bog’liq.  Qishloq 

axolisining  shaharga  ko’chib  o’tishlari  g’ayriaxloqiy  xulq-atvor,  jinoyatchilik, 

daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQShda holat nihoyatda og’ir edi. 

Bu  davlatga  boshqa  kam  rivojlangan  davlatlardan  axoli  ko’chib  kelishi  bilan 

bog’liq.  Ayni  vaziyatda  cherkov  rolining  susayishi  kuzatildi.  U  shu  paytgacha 

axloqiy  normalarning  ana’naviy  tashuvchisi  bo’lib  kelgan.  Biroq  u  jamiyatning 

yangi  ehtiyojlari  va  voqyeliklarini  anglay  olmadi  va  ko’pgina  odamlar  hayotida 

o’zining  avvalgi  mavqyeini  yo’qotdi.  Shu  bilan  birga  Yevropada  milliy 

davlatchilikning  shakllanishi  va  Amerikada  millatning  yuzaga  kelishi  barcha 

ijtimoiy  qatlamlarda  muayyan  g’oya  va  qadriyatlarning  madaniylashuvini  talab 

qilardi.  Bu  esa  masalani  yechish  vositalarini  topishni  taq  azo  etardi.  XIX  asr 

oxirida  mustaqil  fanga  aylangan  ijtimoiy  pedagogika  rivojiga  aynan  shu  omil  

vosita bo’ldi. Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina 

XX asrda keng qo’llanilgan  ijtimoiy pedagogika  atamasi fanga kiritildi. 

Aynan  shu  vaqtdan  ijtimoiy  pedagogikaning  mustaqil  fan  sifatida 

rivojlanishining 

uchinchi 

bosqichi  boshlanadi.  XX  asr  inson  sivilizasiya  tarixiga 

ilmiy-texnikaviy  inqiloblar  asri  sifatida  nom  qoldirdi.  Fan  ishlab  chiqarish 

obyektidan  iqtisodiy  va  madaniy  sohaning  yetakchi  omiliga  aylandi.  Ilmiy 

inqiloblar  ijtimoiy  pedagogikaning  keyingi  rivojiga  o’z  ta’sirini  ko’rsatdi.  Bu 

avvalambor  falsafa  orqali  amalga  oshdi.  Ijtimoiy  pedagogikaning  boshqa  fanlar-

psixologiya,  fiziologiya,  anatomiya,  tarix,  sosiologiya  va  boshqalar  bilan 

yaqinlashuvi  ro’y  berdi.  Eng  asosiysi-XX  asrda  insonning  muammolari,  uning 

tarbiyasi  va  ta’limi  uchun  ijtimoiy  sharoitlarni  yaratish  zamonning  eng  global 

muammosiga  aylanadi.  Aynan  shu  davrda  pedalogiya-bolani  har  tomonlama 

o’rganish  haqidagi  fan  rivojlana  boshlaydi.  Uning  asoschilari  E.Meyman,  S.Xoll, 

Torndayk  hisoblanishadi.  Bu  borada  Rudolf  Shteynerning  pedagogikasi  ham 

muhim  ahamiyatga  ega.  Ijtimoiy  pedagogikani  yangi  g’oyalar  va  tarbiya  usullari 

bilan  boyitgan  pedagogika  arboblaridan  Georg  Kirshenshteyner  (1854-1932  y)-

Germaniya,  Jon  Dyui  (1859-1952  y)-AQSh,  Vilgelm  Layni  (1862-1926  y)-

Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.  




Yüklə 379,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə