O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Kishilik tarixida o’rta asrlarning ahamiyat



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

Kishilik tarixida o’rta asrlarning ahamiyati. Bir vaqtlar burjua tarixchilari (masalan, XVIII asrda bo’lgan frantsuz inqilobsi arafasidagi frantsuz tarixchilari) o’rta asrlar tarixiga butunlay nafrat bilan qaragan edilar. Ular o’rta asrlarni boshdan-oyoq «varvarlik», «jaholat», «fanatizm» xukm surgan zamon deb tushundilar. O’rta asrlar tarixiga bo’lgan munosabat frantsuz inqilobidan keyin o’zgardi. «Romantizm» maslagi deb atalgan maslakdagi tarixchilar (XIX asrning birinchi yarmida bu maslakdagi kishilar Yevropadagi hamma mamlakatlarda bor edi) o’rta asrlardagi jamiyatni, aksincha, «buzilgan», «tsivilizatsiyali», «yangi» jamiyatga qarama-qarshi bo’lgan ideal jamiyat deb hisobladilar. Imperializm davrida o’rta asrlardagi jamiyatga sajda qilish fashist «tarixchilar» ning asarlarida ifodalandi, fashist «tarixchnlar» o’rta asrlardagi harbiy-feodal tuzumning sosloviechiligini, urushqoqligini, vahshiyona zo’ravonlik qilish va boshqa varvarlik xususiyatlarini maqtab zavqlandilar. Keskin sinfiy ziddiyatlar, qaramlikning qattiq ekspluatatsiyasi, mehnatkashlar ommasining huquqsizligi, ko’p asrlar davom etgan madaniy qoloqlik va fanning kam taraqqiy etganligi, shubhasiz, o’rta asrlarning xususiyati edi.
O’rta asrlarning ikkinchi davrida shaharlarning ravnaq topishi, qaramlik huquqining kuchsizlanishi, ba’zi joylarda esa (o’arbiy Yevropadagi ilg’or mamlakatlarda) XIII-XIV asrlardayoq yo’q bo’lishi, Yevropaliklarning SHarq bilan qiladigan savdo aloqasining kuchayishi, XV asr oxiridan boshlab va XVI asrda ularning zo’r berib okeanlarg’a chiqishi Yevropaning iqtisodiy jihatdan yuksalganini yaqqol ko’rsatib turadi. Feodalizmning chirishi natijasida feodalizm formatsiyasi ichida feodalizmga nisbatan rivojlanganrok bo’lgan yangi, sanoat ishlab chiqarish formatsiya elementlari yetildi, sanoat ishlab chiqarish formatsiya o’z navbatida keyincha sotsializmning vujudga kelishi uchun sharoit tug’dirdi.
o’arbiy Yevropada O’rta asrlar tarixining yana boshqa bir qiziq tomoni ham bor. Bu tarix bizni hozirgi Yevropa xalqlarining kelib chiqishi va millat-millat bo’lib tarkib topishisining, konkret tarixi bilan tanishtiradi. Frantsuzlar, inglizlar, nemislar, ispanlar, italyanlarni va Yevropadagi boshqa hozirgi xalqlarni hamda ularning barcha milliy belgi va xususiyatlarini bu xalqlarning dastlabki tarixi bilan tanishib chiqilgan vaqtdagina to’g’ri tushunish mumkin, ularning dastlabki tarixi xuddi shu o’rta asrlarga to’g’ri keladi. SHarqiy, g’arbiy va janubiy slavyan xalqlari - ruslar, chexlar, polyaklar, bolgarlar, serblar va boshqalar to’g’risida ham xuddi shunday demoq kerak.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə