O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “MA’mun universiteti” ntm “ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti


II. KURS ISHINING TARKIBI VA MAZMUNI



Yüklə 195,97 Kb.
səhifə4/13
tarix28.11.2023
ölçüsü195,97 Kb.
#133070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
USLUBIY KO\'RSATMA (2)

II. KURS ISHINING TARKIBI VA MAZMUNI
Kurs ishining tarkibi titul varag‘i, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar(mavjud bo‘lsa)dan iborat bo‘ladi. Ular quyidagi tartibda joylashtiriladi:

  1. Titul varag‘i

  2. Mundarija

  3. Kirish.

  4. Asosiy qism (Kurs ishi mavzusini yoritish bilan bog‘liq 3-4 ta paragrafdan iborat bo‘ladi).

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  7. Ilovalar (mavjud bo‘lgan taqdirda).

TITUL VARAG‘I
Kurs ishining titul varag‘i quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

  • Universitetning to‘liq nomi;

  • Kafedra nomi;

  • Fan nomi;

  • Talabaning familiyasi, ism-sharifi, kursi, guruhi;

  • Kurs ishining mavzusi;

  • Ilmiy rahbar familiyasi, ism-sharifi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni;

  • Kurs ishi bajarilgan yil (1-ilova).

MUNDARIJA
Kurs ishining mundarijasida kurs ishining jami tarkibiy qismi belgilangan tartibda va ketma-ketlikda ifodalanadi. Ya’ni 1-satrning o‘rtasidan “Mundarija” so‘zi yoziladi, keyingi satrlarda kirish qismi, so‘ng kurs ishining asosiy qismi rejalari ketma-ketlikda, tartib raqami bilan ifodalangan holda beriladi, asosiy qismdan so‘ng “Xulosa”, “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”, “Ilovalar” (mavjud hollarda) mos ketma-ketlikda yoziladi. Kurs ishining tarkibiy qismlari belgilangan tartibda raqamlanadi (2-ilova).
KURS ISHINING TARKIBIY QISMIDA QUYIDAGILAR YORITILADI:
KURS ISHINING KIRISH QISMI
Kurs ishining kirish qismida mavzu tanlashda nimalarga e’tibor qaratilganligi, mavzuning dolzarbligi, kurs ishining ob’yekti, maqsad va vazifalari yoritiladi. Kurs ishining kirish qismi 2-3 varaq bo‘ladi.
Kurs ishida o‘rganilayotgan mavzuning izlanish olib borilayotgan davrdagi holati, shu sohadagi mavjud muammolar, ularni ishlab chiqishdagi turli yondoshuvlar alohida ta’kidlanib, ularning kamchilik va yutuqlari ko‘rsatilgan holda mavzuning dolzarbligi asoslanishi kerak.

Yüklə 195,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə