O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti”ntm


- MAVZU ARXIVSHUNOS MUTAXASSIS TAYYORLASHNING XARAKTERI VA XUSUSIYATI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə14/34
tarix05.01.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#98256
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Махсус тарих фанлари мажмуаси

3- MAVZU ARXIVSHUNOS MUTAXASSIS TAYYORLASHNING XARAKTERI VA XUSUSIYATI
REJA:
1. TARIXCHILARNING DAVLAT VA JAMOATCHILIK MARKAZLARI HAMDA TASHKILOTLARDA TARIXIY ANALITIK FAOLIYATI
2. O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHI TARIXI
ADABIYOTLAR:
1. M.Ismailov M. Hujjatshunoslik va Markaziy Osiyo diplomatiyasi( o‘quv qo‘llanma)- T, “Akademnashr”, 2010,-64 b,
2. Rumyanseva M.F. Teoriya istorii”, -M, 2002.
3. Saidqulov T.S. O‘rta Osiyo tarixining tarixnavisligidan lavhalar,-T, O‘qituvchi , 1993,
4. Cartr J.P. Problemi metoda, per. S frans,-M, 1994,
5. Sa’diev A. X!X asrda Turkistonda tarix fani,-O‘zdavnashr, 1960.
6.R.YOqubov “Xorazm viloyatida arxiv ishi”, Urganch-1996 yil
Arxiv - lotincha «arxivium» - hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin «arxiv» atamasining hozirgi qo‘llanilish ma’nosi butunlay boshqa. Arxiv- bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid xujjatlar saqlanadigan muassasa deb tushuniladi.
Qadimgi davlatlarning, xonliklarning XIX asrgacha bo‘lgan xujjatlari manbalari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. O‘zaro feodal urushlari, vayrongarchiliklar natijasida arxiv xujjatlari yo‘q bo‘lib ketgan. Qo‘qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amrligining Qo‘shbegi arxivi saqlanib qolingan. Ularda XIX asrga oid xujjatlarning bir qismi saqlangan xolos. Markaziy Osiyoni chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr xujjatlari to‘la saqlangan.Qo‘qon va Xiva xonliklari arxivlari tarixi o‘ziga xosdir. CHorizm bu xonliklarni bosib olgandan keyin ushbu arxivlar materiallari 1876 yili Pterburgga-Imperator kutubxonasiga olib ketiladi. Bu xujjatlar 30-yillarning oxirigacha e’tibordan chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay kelindi. Keyin bu arxivlar topilib, ularning Xiva, Qo‘qon arxivlari ekanligi aniqlandi. SHuidan so‘ng ulardan keng foydalanila boshlandi. Xiva xonlari arxivini birinchi bo‘lib 1939 yili tarixchi olim P.P.Ivanov o‘rganib chiqib, bu arxiv to‘g‘risida xabar beradi.
Qo‘qon arxivi haqida tarixchi A.L.Troitskaya 1968 yilda «Katalog kokandskix xanov XIX veka» nomli ma’lumotnomasini e’lon kiladi. 1962 yilda bu xujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy davlat arxiviga olib kelingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida Qo‘qon, Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi, Turkiston general-gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari shuningdek, O‘zbekistonning oktyabr to‘ntarishidan keyingi davr, sovet davri tashkilotlarning arxiv materiallari saqlanadi.
Bu arxivda bir milliondan ortiq yig‘ma jildlar bor. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta va boy arxivdir. Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istiqbolli ravnaqi masalasi muhim o‘rin tutadi. Zero, Moziy saboqlari, o‘tmish tajribalarini arxiv materiallari asosida o‘rganishning nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyati bor. Albatta arxiv matereallariga eng ko‘p murojaat qiluvchilar –tarixnavislar. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotlarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, xolis tarixiy taraqqiyot konsepsiyasi zaminida yaratilayotgani tufayli bugun tariximizga qiziqish tobora ortayotir.
SHuningdek, arxiv xujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o‘zi tadqiq etayotgan muammo tarixini o‘rganmokchi bo‘lgan muayyan soxa tadqiqotchilari-iqtisodchilar, xuquqshunoslar, adabiyotshunos va san’atshunoslar, fan va texnika tarixi mutaxasislari, umuman, tabiiy fanlar soxasi vakillari kiradi. Bu jabxa tadqiqotchilari uchun arxiv materiallari fan ufqlarini kengaytirish, uni yangi dalil-isbotlar bilan boyitish, jamiyat xayoti, insoniyat tafakkuri taraqqiyoti jarayonining turfa xil jixatlarini mutlaqo yangicha va nisbatan tug‘ri baxolash bobida ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Arxiv xujjatlari targ‘ibot-tashviqot ishlari va o‘quv tarbiya maqsadlarida, tarixiy va badiiy film xamda spektakillarni saxnalashtirish, muzeylar kurgazmalarni tashkil etish uchun xam jalb etilmoqda.
SHu bilan birga arxiv xujjatlaridan turmushning muayyan bir davriga aniqlik kiritish, fuqarolarning mexnat stajini tasdiqlash zaruriyati tugilganda xam foydalanish mumkin.
Arxiv xujjatlaridan foydalanish tartib qoidasi, odatda bir qancha amallardan iborat-ki bularning asosiylari sirasiga xujjatlarni qidirib topish, muallifi, sanasi va yaratilish sharoitlarini aniqlash hamda ularni tarixshunoslik nuqtai nazaridan baxolash, qolaversa, xujjatlar bilan bevosita ishlash, ya’ni ularni tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabilar kiradi.
Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish tadqiqodchidan o‘z tadqiqoti buyicha ortirgan bilimlaridan tashqari maxsus arxivshunoslik ilmidan xabardorlikni, arxiv xujjatlari bilan ishlash metodikasini egalagan bo‘lishini taqozo etadi.
Bunday vazifalar majmuini o‘rgatish bilan arxivshunoslik kursi shug‘ullanadi. Ushbu kurs davomida talabalar o‘zlari egallagan nazariy qoidalarni arxiv tashkilotlarida o‘tadigan ishlab chikarish amaliyot ko‘magida mustaxkamlangan.
YUqoridagi fikrlarni xulosalab aytganda arxivshunoslik-bu o‘quv kursi xisoblanib, ToshDUning tarix fakultetida o‘qitiladigan o‘zoro aloqador bir qancha fanlarni birlashtirishga xizmat qiladi. Tarix va zamonaviy arxivchilik, arxiv ishlari nazariyasi va amaliyoti, xujjatshunoslik va arxiografiya maskur fanlarning eng muximlari sirasiga kiradi. Arxivshunoslik, bundan tashqari, tarix fakultetida aloxida kurs sifatida o‘tiladigan manbashunoslik bilan xam o‘zaro bog‘liq ekanini ta’kidlash lozim.
Hozirgi paytda arxivshunoslikning asosiy maqsadi bulajak tarixchilarni arxiv muassasalari bilan ishlashga, arxiv xujjatlarini qidirib topish metodikasi bilan tanishtirishga xamda ulardan ilmiy tadqiqot yoxud targ‘ibot - tashviqot va amaliyot ishlarida foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Arxiv xujjatlari, ya’ni arxivlarda saqlanayotgan yozma, chizma shaklida qogozga tushirilgan xujjatli materiallar, kino-foto xujjatlar va boshqa turli manbalar arxivshunoslikning asosiy tadqiqot ob’ekti xisoblanadi.
Bunday manbalar esa davlat muassasalari, jamoa tashkilotlari, korxonalar yoxud aloxida shaxslarning faoliyati natijasi o‘laroq dunyoga keladi va arxivlarning bebaxo mulkiga aylanib boradi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə