O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə1/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O`RGANISH O’QUV KURSIDAN


MA’RUZA MATNI

TOSHKENT – 2013 y




I MAVZU. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish kursining maqsadi VA vazifalari
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish kursining tushunchasi va predmeti.
2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`rganish kursining metodologik asoslari.
3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`rganish kursining manbalari.
4. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`rganish kursining vazifasi.
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish kursining tushunchasi va predmeti.
Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir shaxs, hech bir fuqaro o`z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmaydi. Chunki har bir shaxs kundalik hayotida Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan huquq va erkinliklariga bevosita murojaat qiladi hamda ushbu Asosiy qonunga o`zining huquq va erkinliklarini kafolatlab beruvchi oliy yuridik hujjat sifatida qaraydi. Shuning uchun ham demokratik jamiyatda yashayotgan har bir shaxs Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishi hamda shaxsiy hayotida uchrab turadigan muammolarning yechimini aynan Konstitutsiyadan topa bilishi zarur.
Ma'lumki, demokratik huquqiy davlat qurish yo`lidagi eng dastlabki va eng muhim qadam Konstitutsiyani o`rganish hamda uni hayotga tatbiq etishdan boshlanadi. Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e'lon qilingan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi farmoyishi ham demokratiya yo`lida ulkan bir qadam qo`yish uchun katta turtki bo`ldi. Darhaqiqat, ko`p narsa mamlakatda Konstitutsiyani ommaviy ravishda o`rganish hamda uni hayotga tatbiq etishga bog`liq. Mana shu maqsadda davlatimiz rahbari O`zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog`chasidan boshlab o`rgatish, maktablarda darslik tariqasida o`qitish hamda oliy o`quv yurtlarida esa maxsus dars sifatida o`rganishni1[1] vazifa qilib qo`ydi.
Shundan kelib chiqib, farmoyish asosida 2001 yil 1 sentabrdan mamlakatimizda uzluksiz huquqiy ta'limning asosi hisoblanmish Konstitutsiyani o`rganish bog`chadan boshlab to oliy ta'limning yuqori bosqichi hisoblanadigan magistraturagacha tashkil etildi. Zero, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish butun O`zbekiston xalqining yuksak va mas'uliyatli burchidir .
Konstitutsiya - Asosiy qonun sifatida barcha qonunchilik sohalarining bosh manbai hisoblanadi, chunki Konstitutsiyada xalqning oliy irodasi o`zining qonuniy ifodasi hamda muxtasar bayonini topadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hokimiyat bilan shaxsning o`zaro munosabatlarini, davlat idoralari tizimining faoliyat yuritishini tartibga soluvchi, fuqarolarning huquqiy maqomini, shuningdek, jamiyatning boshqa ijtimoiy tuzilmalari holatini belgilovchi huquqiy normalar yig`indisi o`z ifodasini topgan
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish kursining predmeti bu konstitutsiyaviy institutlar haqida tasavvurlar va bilimlar, konstitutsiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar tizimidir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish kursi o`ziga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, ularning kafolatlari va burchlarini, ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishini, saylov tizimini, hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashkil etish hamda faoliyatining asosiy prinsiplarini fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish kursi konstitutsiyaviy institutlar va normalarni haqida bilim va tasavvurlar va ularning rivojlanishlarini urganadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə