3
I.KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:
Hozirgi kunda mamlakatimiz oldida turgan
eng muhim va dolzarb vazifalardan biri bu o`sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash
va ularga imkon darajasida yangi texnologiyalar bilan ishlashni o`rgatishdir.Biz
bilamizki oxirgi yillarda butun dunyo rivojlanish yo`lida bir-birini ortda qoldirmoqda,
shu bilan birgalikda bizning O`zbekistonimiz ham rivojlanayotgan davlatlardan ortda
qolayotgani yo`q.Yosh avlodning ilmiy va hayotiy dunyo qarashini
kengaytirish o`qitish ishiga qo`shib olib boriladigan zarur pedagogik jarayondir.
Bunga erishmoq uchun fanlarni I darajali yoki II
darajali fanlar toifasiga
ajratmasdan, balki bu fanlarning jamiyatimiz taraqqiyotiga qo`shayotgan hissasiga
asosan, kundalik turmushimizdagi bu fanlarga ehtiyojimiz asosida
fanlarni bir-biriga
uzviy bog’liq holda, kompleks ta’limni joriy etish uchun kurashmoq zarur. Hozirgi
kunda fizika fani jadallik bilan rivojlanib bormoqda.
Yangi kashfiyotlar, yangi
qonuniyatlar ochilmoqda. “Atom fizikasi” kundan
kunga rivojlanib borayotgan
sohalardan biridir. Dunyo bilan hamnafas holda rivojlanish uchun biz ham yosh
avlodga yangi texnologiyalar orqali shu sohani o`rgatib borishimiz zarur.