O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


Qayd qilingan mashg‘ulotlar shakllarining  modeli



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

 
Qayd qilingan mashg‘ulotlar shakllarining 
modeli
o‘quvchilarning «Umid nihollari» sport 
o‘yinlari musobaqalari dasturiga kiruvchi sport turlarining trenirovka mashg‘ulotlari bilan boyidi 
(1-chizmaga qaralsin) va undan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. 
1-chizma 


18 
Maktabdan tashqari o‘quv sport muassalarida - o‘quv-sport trenirovkalari, sport 
trenirovkalari, o‘quv - sport trenirovka yig‘inlari, sinov-nazorati musobaqalari shaklidagi 
mashg‘ulotlar, sog‘lomlashtirish maqsadidagi «sog‘lomlashtirish trenirovkasi» mashg‘ulotlari 
tashkillanadi va o‘quvchilar maktabdan tashqari o‘quv sport muassalarda darsdan so‘ng 
shug‘ullanadilar. 
Bundan tashqari oilada jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining turli 
shakllari tashkillanadi va o‘tkaziladi. Qayd qilingan mashg‘ulotlar o‘quvchi jismoniy tarbiyasi 
jarayonining alohida bo‘g‘inidagi mashg‘ulotlarning shakllari xisoblanadi. 
Qayd qilingan jismoniy tarbiya jarayoni mashg‘ulotlari, ularning mazmuni va tuzilishining 
o‘zaro uzviyligi, birini ikkinchisiga ulanishi, mashg‘ulotlarning oralig‘ini qisqa yoki juda keng 
bo‘lib ketmasligi, shug‘ullanuvchining organizmini jismoniy yuklamalardan so‘ng tiklanishi 
darajasi, oldingi mashg‘ulotdagi jismoniy yuklamaning ta‘siri soyasiga navbatdagi mashg‘ulot 
yuklamasini tushishidan sodir bo‘ladigan ta‘sirni to‘planishi, mashg‘ulotni tashkillash uchun 
sharoitni, inventar, jihozlarni mavjudligi, mutaxassisning kasbiy nazariy va amaliy 
tayyorgarligidek boshqa qator jihatlar maxsus adabiyotlarimiz (B.A.Ashmarin,1978: 
L.P.Matveev, 1991; F.A.Kerimov, 2004; Yu.M.Yunusova 2005: A.Abdullaev, Sh.Xankeldiyev, 
2009 va boshqalar)da o‘z ifodasini topgan. 
Masalan, akademik L.P.Matveev o‘zining jismoniy madaniyat institutlarining talabalari 
uchun yozgan darsligida (1991) jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarini «asosiy» mashg‘ulotlar 
(dars shakli) va dars tipiga o‘xshamaydigan boshqa mashg‘ulotlar deb guruhlangan. 
Mashg‘ulotlarning qayd qilingan guruhlanishi harakatlarni o‘qitish jarayonida asosiy yoki asosiy 
bo‘lmagan shakllarini tanlashni mutaxassis uchun osonlashtiradi. Mashqlanish jarayonida 
rivojlanayotgan, tarbiyalanayotgan sifatlarni, organizmning funktsional holatiga samarali ta‘sir 
doirasi qulay mashg‘ulot shakllaridan foydalanish imkoniyatini beradi. 
Umumiy ta‘lim maktablari, maktabdan tashqari muassasalar, oila va boshqa nodavlat 
o‘quv-sport muassasalarning hamkorligi va ularda tashkillanayotgan jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanish mashg‘ulotlari orqali davlat buyurtmasini bajarish ―...jismonan barkamol avlod 
tarbiyasi‖ yagona davlat tarbiya tizimiga umumlashtirilgan. 
Maktabdan tashqari muassasalar esa o‘z tarkibida - «Bolalar sport maktablar (BSM)», 
«Bolalar o‘smilar sport maktab (BO‘SM)lari», «Olimpiada zahiralari sport maktab (OZSM)lari», 
«Oliy sport mahorati maktab (OSMM)lari», «Markaziy sport sektsiyalari» shuningdek, sport 
inshootlari, suv havzalari, istirohat bog‘lari, madaniyat uylari, bolalar texnik klublari, nodavlat 
o‘quv sport bazalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ular o‘z navbatida o‘quvchilar uchun jismoniy 
madaniyat 
to‘garaklari, sport sektsiyalari mashg‘ulotlari hamda sog‘lomlashtirish 


19 
trenirovkalarini yo‘lga qo‘yadi. 
Oilada jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarining shakllari turlicha bo‘lib, ular - ertalab 
uydagi ertalabki gigienik gimnastika, jismoniy tarbiyadan uy vazifasini bajarish mashg‘uloti, 
umumiy ta‘lim fanlaridan dars tayyorlash davomidagi jismoniy madaniyat daqiqalar, pauzalari, 
mustaqil shug‘ullanish mashg‘ulotlari (trenirovkalar), kattalar, ota - onalar bilan dam olish 
kunlaridagi aktiv dam olish maqsadidagi shahardan tashqariga sayr-sayohatlar, uyqudan oldingi 
sayrlap va boshqa mashg‘ulotlar tarzida o‘zining mazmuni va tashkil etish metodikasiga ega. 
Yuqorida qayd qilingan o‘quvchilarning oilada o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanish mashg‘ulotlarining tuzilishi, mazmuni, ularni tashkillash, o‘tkazish maktab o‘quv 
kuni tarkibida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar tarzida tashkillanadi.
Umumiy ta‘lim maktabi o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini, jismoniy tarbiyasini 
amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy mashg‘ulot shakli - maktab jismoniy tarbiya darsidir. 
Maktabda dars jadvali orqali majburiy o‘qitiladigan jismoniy madaniyat darsidan boshqa 
quyidagi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ular: «darsgacha gimnastika», o‘quv kunining ikkinchi 
yarmidagi umumiy ta‘lim fanlarining darslarida o‘tkaziladigan «jismoniy madaniyat daqiqalari», 
«uyushtirilgan tanaffuslardagi o‘yinlar», «sport ko‘ngil ochish tadbirlari», «kuni uzaytirilgan 
maktablardagi ommaviy jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari», «maktab sport sektsiyalari»dagi 
mashg‘ulotlar, «Alpomish» va «Barchinoy» salomatlik testi talablari va normalarini topshirishga 
tayyorgarlik mashg‘ulotlari, «sport bayramlari», «musobaqalar», «quvnoqlar va zukkolar» 
uchrashuvlari, «salomatlik kunlari», «sport kunlari», «sog‘lom turmush tarzi jismoniy 
madaniyati kunlari» va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari tarzida 
o‘quv kuni tarkibida tashkil qilinadi. Umumiy ta‘lim maktablarida bu mashg‘ulotlarga alohida 
aniq vazifalar qo‘yilib ularni hal qilish yo‘lga qo‘yiladi. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə