O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Namangan muhandislik-tеxnоlogiya instituti huzuridagi Mingbuloq yеngil sanoat



Yüklə 17,57 Mb.
səhifə3/244
tarix23.05.2023
ölçüsü17,57 Mb.
#112298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
o\'qitish materiali

Jami

120




60







Maxsus fan o‘qituvchisi: ______ Qodirova Ozoda Jaloldin qizi

KIRISH
“Kostyum kreativ grafikasi” fani o‘quv dasturi bo’yicha ishchi o’quv dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, bu fan asosan quyidagi:
-Qadimgi davr kostyumlari;
-O’rta davr kostyumlari;
-Hozirgi davr kostyumlarini yaralishi tarixi va milliy an’analarini o’rganadi.
Ushbu o’qitish materiali tikuvchilik va dizayn klassifikatsiyalarga ega bo’lgan kasb egalarini o’qitish uchun ishlab chiqildi.
Mingbuloq yengil sanoat texnikumi ilmiy-pedagogik kengashining 2021-yildagi 1-sonli yig’ilishida o’quv jarayonlariga qo’llashga ma’qullangan.
Ushbu o’qitish materiallari “Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” kasbini o’qitishda pedagoklarga amaliy yordam berish uchun yo’riqnoma sifatida ishlab chiqildi va o’quvchilarga dars mashg’ulotlarida foydalanishga tadbiq qilindi. O’quvchilarga dars davomida nazariy va amaliy mashg’ulotlar davomida yengil sanoat tarmog’lari oldida turgan asosiy vazifalar va bartaraf etishi zarur bo’lgan muammolar haqida tushuncha berib boriladi. Hozirgi paytda Respublikamiz sanoat korxonalari oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: uskunalarni zamonaviylashtirish, yuqori sifatli yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish, tezda moslanuvchi yangi oqim liniyalarini qurish, yengil sanoat tarmog`ini jadal rivojlantirish hisobiga ishlab-chiqarish samaradorligini oshirishdir.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun korxonalarni qayta qurish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizastiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish talab qilinadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida tub o'zgarishlar amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom-ashyo yo'nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo'liga izchil o'tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi asosan ishlab chiqarish tarmoqlarining har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo'ydi. Jumladan, tikuvchilik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli, chiroyli kiyimlar bilan ta’minlash yengil sanoat hodimlari oldida turgan muhim vazifalardandir. Albatta, bu vazifalarni bajarish uchun tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yuksak samarali texnikaga ega bo’lgan korxonalarni yaratish kerak boladi. Hozirgi paytda Vatanimiz tikuvchilik korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosida ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to'ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni hilma-xil moslamalar bilan jihozlash orqali texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish davom etmoqda.
Ishlab chiqarishning tayyorlov va bichish bo’limlaridagi ishlarni mexanizatsiyalashtiradigan mashina, mexanizmlar va tashish qurilmalari kompleksi ishlab chiqilmoqda. Gazlamalarning nuqsonini aniqlaydigan, bo‘yi va enini aniq o'lchaydigan yangi mashinalar joriy qilinmoqda. Tikuvchilik buyumlarini loyihalash matematik asosda rivojlantirilib, elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish mumkin boldi. Kiyim qirqimlarini lazer nurlari. ultratovush, yuqori chastotali elektr uchquni bilan bichishda dasturlashtirilgan elektron boshqaruv sistemalaridan foydalanilmoqda.
Bir vaqtning o’zida bir nechta texnologik jarayonni bajarish imkonini beradigan tikuv mashinalari keng qo’llanilmoqda.
Albatta tikuvchilik sanoatini rivojlantirish bilan birgalikda sanoatni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, yetuk mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash kerak bo’ladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ham yuksak malakali, kasb- hunar mahoratiga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash ko'zda tutilgan. Yengil sanoat texnikumi “Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” sohasida ta’lim olayotgan o’quvchilari o’zlarida ushbu kasb ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lishlari va tanlagan ixtisoslikni egallashlari uchun kasbiy fanlarni chuqur o’rganishlari kerak. Bu kasbiy fanlarning eng asosiysi “Kostyum kreativ grafikasi” fani bo’lib, yangi kiyim to’plamini chizaman degan ma’noni beradi. O’quvchilar dars mashg’ulotlarida asosan inson uchun uning didi, jinsi, dunyo qarashi va iqlimiga mos kiyimlarni modelini yaratish va uni eskizini chizish ko’nikmasini hosil qiladi. Har bir o’quvchi kreativ fikrlash qobilyatiga ega bo’lishi va zamon talabiga mos bo’lgan kostyumlarni yarata olish qobilyatini dars mashg’ulotlari davomida boyitib boradi.
Bundan tashqari o’quvchilarga o’quv-amaliy mashg’ulotlari ham o’tiladi va olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llab, o’z tajribalarini oshirishadi. Bu orqali o’quvchini ikki yillik ta’lim davomida mustaqil hayotga tayyorlash va o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun o’qituvchilar tomonidan kerakli bilim berib boriladi.



  1. MAVZU: KIRISH. KOSTYUM KREATIV GRAFIKASI FANIDA KO’P QO’LLANILADIGAN ATAMALAR

Reja:

  1. Kostyum kreativ grafikasi fanining maqsadi va vazifasi.

  2. Kostyum kreativ grafikasi fanidan ko’p qo’llaniladigan atamalar.



Yüklə 17,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya