O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 104-guruh talabasi qosimbekova maqpalning botanika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi bajardi: Qosimbekova M



Yüklə 2,22 Mb.
səhifə2/3
tarix22.05.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#112086
1   2   3
Botanika Mt 13

Mezoton shoxlanishida kuchli yon novdalar asosiy novdaning o’rta qismlarida rivojlangan bo’ladi. O’simliklarning kuchli o’sgan yon novdalari asosiy novdaning asosiga yaqin joylashgan bo’lsa baziton shoxlanish deyiladi. Bu tipdagi shoxlanish butalarga va ko’p yillik o’tsimon o’simliklarga xosdir.

Kurtaklar – murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o’sish va shoxlanish, ya’ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi barglar muhim vazifani, ya’ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya mexanik, o’tkazish va ba’zan g’amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi va uning qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar uning shakl o’zgargan ko’rinishlarida ham yaxshi ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim xususiyati barglar bilan qoplanishi hamda bo’g’imlarga ega bo’lishidir. Poyaning bo’g’imi ba’zi o’simliklarda yo’g’onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo’ladi. Odatda poyada ikki xil bo’g’imlar farq qilinadi. Agar barg yoki halqasimon barglar poyaning asosini to’liq o’rab olsa yopiq, qisman o’ragan bo’lsa, ochiq bo’g’im deb qaraladi. Odatda novdada birnecha bo’g’imlar va bo’g’im oraliqlari bo’lib, ular novdaning o’qi bo’ylab takrorlanadi.Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi.

Kurtak —yuksak oʻsimliklarning novda kurtagi. Kurtak uchki qismida oʻsish konusi boʻlgan boshlangʻich poya va oʻzaro zich joylashgan har xil yoshdagi bargchalardan (vegetativ kurtak) yoki ular bilan birga oʻrnashgan boshlangʻich gul va to’pgullardan (generativ kurtak) iborat. Boshlangich gul kurtak gʻuncha deyiladi. Qishlaydigan kurtak sirtdan qoʻngʻir qobiq (shakli oʻzgargan barglar) bilan qoplangan. Kurtak novdaning uchida (uchki kurtak), barg qoʻltigʻida (barg kurtak) yoki poyaning boshqa qismlari, ildiz, baʼzan barglarda (qoʻshimcha kurtak) boʻladi. Bahorda yozilmaydigan va novdada rivojlanmay turgan kurtak uyqudagi (yashirin) kurtak deyiladi. Oʻsimlik kesilganida yoki singanida bunday kurtakdan yangi novda oʻsib chiqadi. Oʻsimliklarning bu xususiyatidan bir tur oʻsimlikni boshqa tur oʻsimlikka payvandlashda foydalaniladi.


Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə