4
xususiyatlarini va shaxsning ta’lim-tarbiya sharoitida psixik taraqqiyotining har
bir davriga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi sohadir. Pedagogik psixologiya
ta’lim, tarbiya va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi, ta’limning tuzilishi,
o‘quvchilarning o‘qish va bilish faoliyatining psixologik jihatlarini, o‘quvchi
shaxsini barkamol inson sifatida shakllantirish, pedagogik qobiliyatlar kabi
muhim muammolarni tadqiq etadi.
Uning muhim vazifalari - talabalarda psixologik-pedagogik vaziyatlarni
samarali rejalashtira olishga, aqliy va shaxsiy taraqqiyot bilimlarini samarali
egallashga, turli yosh davrlarida psixik taraqqiyot qonunlarini to‘g‘ri anglab,
psixologik tadqiqotlar olib borishga, o‘quvchilarga individual yondasha bilishga,
bola psixikasi taraqqiyotida turli noxush holatlarning oldini ola bilishga,
psixologik og’ishishlarni korreksiya qilishga, psixologik nazokatni to‘g‘ri
shakllantirsh, pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish kabi muammolarini ijobiy
hal etishga qaratilgan.
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fani umumiy psixologiya, falsafa,
pedagogika, yosh fiziologiyasi, sotsiologiya, tibbiyot va boshqa fanlar bilan uzviy
bog‘liqdir. Uni o‘rganish jarayonida kompyuter texnikasi, aqliy taraqqiyot testlari
va boshqa usullardan keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: