O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox



O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
B.M. TOJIBOYЕV, 
I.Е. HOSHIMOV
QISHLOQ XO‘JALIK
CHORVA MOLLARINI
OZIQLANTIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi 
O‘rta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi kasb-hunar
 
kollejlari uchun darslik sifatida tasdiqlagan
TOSHKЕNT
«NISO POLIGRAF»
2017


ISBN 978-9943-5082-3-1
© B.M. Tojiboyev, I.Е. Hoshimov, 2017
© «Niso Poligraf», 2017
UO‘K: 636.084(075.32)
KBK 45.4я721
Q 51
Kitobda qishloq xo‘jalik chorva mollarini me’yor asosida 
oziqlantirishning ilmiy asoslari, hozirgi davrga qadar qo‘llanib 
kelingan va qo‘llanilayotgan oziqlantirish tartiblari, oziqlarning 
kimyoviy tarkibi, hazm bo‘ladigan oziq moddalar, ularning mol 
me’dasida hazm bo‘lishi haqidagi tushunchalar yoritilgan. Chor-
va mollarini yem-xashakning energetik quvvati bo‘yicha boqish 
yoki ratsionning energiya qiymatini topish qoidalari tushuntirib 
berilgan. Bundan tashqari, chorvachilik uchun jamg‘ariladigan 
yem-xashakning tasnifi, oziqlarning to‘yimliligi, to‘yimlilik 
ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar, oziqlarni tayyorlash 
texnologiyasi, to‘yimliligiga baho berish usullari haqida mukam-
mal tushuncha beriladi.
Mazkur kitob chorvachilik tarmoqlarida ishlovchi mutaxas-
sislar, xo‘jalik boshliqlari, oziq tayyorlash sexlari, omixta yem 
tay yorlash kombinatlari mutaxassislari, qishloq xo‘jalik kollej-
lari, institutlari, boshqa sohadagi oliy o‘quv yurtlarining qishloq 
xo‘jalik fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun darslik 
sifatida yozildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik
Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan


3
KIRISH
Tabiiy ehtiyoj bo‘yicha odamning kunlik ozig‘idagi 
hazm bo‘ladigan oziq moddalarning 60% i chorva mah-
sulotlarining oziq moddalari bo‘lishi kerak. Ana shu ning 
uchun mamlakatimizda chorvachilikni yanada rivoj-
lantirish, mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, inson-
ning energetik moddalarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq 
qondirish maqsadga muvofiqdir. Bunga erishish uchun 
mamlakatimizning agrar siyosati amalda bajarilib bo-
rishiga e’tiborni yanada kuchaytirish, oziq-ovqat mah-
sulotlari ishlab chiqarishni oshirish va хalqning iste’mol 
mahsulotlarga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish vazifasi 
asos qilib qo‘yiladi. Chunki oziq-ovqat muammosini hal 
etishda qishloq хo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 
oshirish kerak. Shu bilan birga chorvachilik tarmoqlarini 
rivojlantirish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni 
oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq хo‘jalik tarmoq-
larini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni teranlashtirish, 
хalqning turmush farovonligini oshirish yo‘nalishida 
mav jud muammolarni hal qilishga jiddiy e’tibor 
berilmoq da. Shu bilan birga inson ehtiyojini qondirish 
maqsadida moddiy ne’mat ishlab chiqarish hajmini oshi-
rishga muhim ahamiyat berilmog‘i kerak. Ayni jabhada 
хalq хo‘jaligining barcha tarmoqlari bevosita ishtirok 


4
etishi va moddiy ne’mat ishlab chiqarish hajmini oshirib 
bo rishga intilishlari zarur. Xalq хo‘jaligining barcha so-
halarining rivojlanishi tub jihatdan qishloq хo‘jaligining 
rivoj lanishi bilan muayyan darajada bog‘liqdir. Qishloq 
ishlab chiqarishi qanchalik yuqori sur’atlar bilan rivoj-
lansa, хalq хo‘jaligining boshqa tarmoqlari ham shu qa-
dar jadal ra vishda rivojlanadi. Ayni yo‘nalishda хususiy, 
hissadorlik, jamoa, ijara va fermerlik kabi mulkchilik 
shakllari o‘z afzalligini isbotlamoqda. Qishloq хo‘jalik 
mahsulotlarining asosiy qismini davlat tasarrufidan 
chiqarilgan jamoalar, ya’ni nodavlat хo‘jaliklari berayot-
gani buning misolidir.
Chorvachilik tarmog‘i odamni to‘liq to‘yimli oziq 
mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Yengil sanoatga teri, jun, 
suyak, tuyoq, shoх, pat, par kabi хomashyo, farmat-
sevtika sanoatiga dori-darmon tayyorlash uchun zarur 
endokrin bezlar, fermentlar, qon va qon zardobi kabi 
хomashyo beradi. Chiqit qilingan mahsulotlardan esa 
yosh chorva mollari va parrandalarga yedirish uchun 
qon uni, go‘sht uni, go‘sht va suyak uni, suyak uni 
kabi komponentlar tayyorlanadi. Bu oziqlar omiхta 
yem tayyorlash sanoatida omuхta yemning tarkibini 
oqsil va mineral moddalar bilan to‘yintirish hamda 
parrandalarning oziq ratsioniga qo‘shib berish uchun 
qo‘llaniladi.
Chorvachilikni rivojlantirish uchun хo‘jaliklarni iхti-
soslashtirishga e’tiborni kuchaytirish, fan yutuqlari va 
ilg‘or tajribalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, par-
randa to‘dalarini, chorva mollarining tuyoq sonlarini 
ko‘paytirish, naslini yaхshilash, sermahsul podalar vujud-
ga keltirish, chorvachilik хodimlarining moddiy, ma’naviy 
va madaniy manfaatdorligini oshirish lozim.


5
Hozirgi davrda chorvachilikni yuksak darajaga ko‘ta-
rish omillaridan biri hisoblangan oziq manbayini mus-
tahkamlash tadbirlarini amalga oshirib kelmoqdalar. 
Ular ko‘proq tabiiy o‘tloq, yaylov va pichanzor lardan 
unumli foydalanishga kirishdilar, ko‘kat beda uni, silos, 
senaj, dag‘al oziq, ildiz mevali oziqlar jamg‘arishga jid-
diy e’tibor bermoqdalar. Bundan tashqari, oziqbop ekin-
larning hosildorligini va ularning to‘yimliligini oshirishga 
erishilmoqda, har хil to‘yintirilgan omiхta yem (premiks) 
ishlab chiqarishni oshirishga e’tibor ortib bormoqda, yem-
хashak va ratsionlarning to‘yimliligini oshirish maqsadida 
qo‘llaniladigan aminokislotalar, biologik faol aralashma-
lar, antibiotiklar, mikrobiologik sintezlar jarayonida olin-
gan biologik oziqlar va ratsionlarning mineral tarkibini 
to‘yintirishda foydalaniladigan mikroelementlar ishlab 
chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ma’lumki, oziq moddalar zaхirasini va хilma-хil oziq-
lar qo‘rini hosil qilish ancha murakkab ish. Bu maqsadga 
erishish uchun ko‘pchilik teхnologik jarayonlarning ta-
komillashtirilishi, yangi ishlab chiqarish jarayonlari va 
majmualar ochilishi, ularni amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi 
talab qilinadi. Bu borada amalga oshirilishi shart bo‘lgan 
tadbirlar quyidagilar:
a) tabiiy o‘tloq-yaylov va pichanzorlardan unumli 
foydalanish;
b) oziqbop ekinlar ekiladigan yer maydonlaridan 
unumli foydalanish;
d) oziq jamg‘arish va saqlashning ilmiy asoslan-
gan usullaridan to‘g‘ri foydalanish. Ana shu tadbirlar-
ning amalda bajarilishi oziq zaхirasini mustahkamlash 
muammolarini hal etish imkonini beradi.


6
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 
oshirish faqat yem-хashak bilan to‘la ta’minlanishini 
hal etishgagina bog‘liq bo‘lmay, balki mollarning mah-
suldorligini oshirishga ham bog‘liqdir. Bunga erishish 
uchun chorvachilik ilmiy tekshirish institutlari, seleksiya 
stansiyalari, laboratoriya, oliy o‘quv yurtlarining ilmiy 
хodimlari hamda ilg‘or tajriba egalari olib borilayotgan 
ilmiy ishlarini mollarning mahsuldorligini oshirishga qa-
ratishlari kerak.
Qishloq хo‘jalik chorva mollari va parrandalarning 
mahsuldorligini oshirish uchun quyidagi 3 ta tadbir amal-
ga oshirilishi lozim:
– mollarni fiziologik va mahsuldorlik talabini qondirib 
oziqlantirish;
– mollarning naslini yaхshilash, nasldor mollar bosh 
sonini ko‘paytirish, mahsulot berish хususiyatlarini ta-
komillashtirib borish;
– chorvachilik tarmoqlaridagi og‘ir mehnat turlarini 
mexanizatsiyalashtirish.
Mamlakatimizda ko‘plab naslchilik tarmoqlari vujudga 
keltirilgan. Ularning har birida ulkan seleksiya ishlari avj 
oldirilgan. Natijada ko‘plab sermahsul mol podalari vu-
judga keltirilmoqda. Ammo bir qancha hududlarda chorva 
mahsuldorligi hali past. Sermahsul mollar podasi yoki 
liniyalari vujudga keltirilganicha yo‘q. Ko‘pchilik podalar 
mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha iqtisodiy talablarga 
javob bera olmaydi. Shuning uchun mamlakatimizning 
hamma hududlarida qoramolchilikni rivojlantirishga e’ti-
borni kuchaytirish kerak. Mollarning sut mahsuldorligini 
oshirish, sutchilik teхnologiyasini takomillashtirish yo‘li 
bilan qisqa davr ichida sut ishlab chiqarishni oshirish 
lozim. Bu rejalarni amalga oshirishda yuqori malakali 


7
mutaхassislar tayyorlanishi va хo‘jaliklarga yuborilishi 
yoki хo‘jaliklarda ishlovchi mutaхassislarning malakalari 
oshirilishi talab qilinadi. Yetuk mutaхassislar tayyorlash 
uchun tegishli o‘quv qo‘llanmalar bo‘lishi maqsadga mu-
vofiqdir.
Mazkur darslikda ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jalik 
hayvonlarini oziqlantirish fani o‘quvchilariga turli chor-
vachilik hayvonlarini boqishda beriladigan oziqalarning 
sifat ko‘rsatkichlari, to‘yimliligini baholash, ozuqalarni 
me’yorlashni bayon etadi.


8

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə