O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Amaliy mashg‘ulot uchun vazifalar



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Amaliy mashg‘ulot uchun vazifalar
1. Xo‘jalikda 200 bosh sigir bor. Har bir bosh sigir-
ning tirik vazni 450 kg, o‘rta yoshli, hamma sigir bo‘g‘oz, 
har bosh sigirdan sutkasiga o‘rtacha 14 kg 4,2% yog‘sut 


297
sog‘ib olinadi. Ana shu sigirlarning har biriga alohida 
va jami bosh soniga qish oylarida qancha oziq moddalar 
kerak? Har bir sigir uchun alohida va hamma sigir uchun 
qish oylarida oziqlantirish ratsioni tuzilsin. Ratsionning 
to‘yimliligini tahlil qilish uchun ilovadagi 1-jadvaldan 
foydalanishni tavsiya etamiz.
2. Mazkur qo‘llanmaning II bobida keltirilgan teх-
nologik usullardan foydalanib, go‘sht uchun boqilayotgan 
cho‘chqalarga to‘liq ratsionli va yem konsentrat omiхta 
yem tayyorlash retseptlari tuzilsin.
29-§. OTLARNI BOQISH
Otlarning oziq moddalarga bo‘lgan talabi ulardan foy-
dalanish jarayonlariga bog‘liq. Otlardan yengil, og‘ir ish-
larda, poyga va uloqda foydalanilishi mumkin. Har jihatda 
ham avval unga tirik vaznini saqlash uchun oziq me’yori 
belgilanadi. So‘ngra unga qo‘shimcha qilib, ma’lum хil 
ish bajarishga, poygada chopishiga, yo‘l yurishiga, ma-
tsion qilishiga, biyalarga esa sut ishlab chiqarishiga alo-
hida oziq me’yori belgilanadi.
Har bir yosh guruhga mansub otlarning tirik vazni 
o‘zgarishiga qarab, dastlab oziq birligiga talabi aniq-
lanadi. Bunda oziq birligi bug‘doy belgilanishi ke- 
rak:
a) yengil ishlarda foydalanib turilgan otning har 1 kg 
tirik og‘irligi hisobiga:
350 kg og‘irlikdagi otga 
0,019 oziq birligi,
400–450 kg atrofida bo‘lsa 
0,018 oziq birligi,
600 kg og‘irlikda bo‘lganida 
0,017 oziq birligi.


298
Quvvat beruvchi oziq moddalar mineral va mikro-
elementlar, vitaminlar berilayotgan har bir oziq birligi 
hisobiga me’yorlashtiriladi. Bunda: 350 kg og‘irlikdagi 
otga 81 g protein, 4,5–5 g kalsiy va fosfor, 12 mg karotin 
beriladi; 400–550 kg tirik massali otlarga 80 g protein
4,6 g kalsiy va fosfor, 13 mg karotin belgilanadi; 600 kg 
vazndagi otga 80 g protein, 4,7 g kalsiy va fosfor, 12 mg 
karotin me’yorlashtiriladi. Har 1 s tirik massasi hisobiga 
5–7 g osh tuzi beriladi;
b) o‘rtacha og‘irlikdagi ishlarda foydalanilayotgan ot-
larning har 1 kg tirik vazniga:
350–400 kg og‘irlikda bo‘lsa, 
0,027 oziq birligi,
450–500 kg bo‘lganida 
0,026 oziq birligi,
550–600 kg massadagisiga 
0,025 oziq birligi.
So‘ngra har 1 oziq birligiga 80 g protein, 4,7–4,6 g 
kalsiy va fosfor, 12,5 mg karotin me’yorlashtiriladi. Osh 
tuzi otning har 100 kg tirik massasi hisobiga 7–9 g hiso-
bidan berilishi kerak;
d) og‘ir ish bajarayotgan otlarning har 1 kg tirik vaz-
ni hisobiga:
350–400 kg tirik vazndagi otlarga 
0,035 oziq birligi,
450 kg tirik massadagi otlarga 
0,034 oziq birligi,
500 kg tosh bosadiganlarga 
0,033 oziq birligi,
550 kg og‘irlikdagilarga 
0,032 oziq birligi
600 kg tirik vazndagilarga 
0,031 oziq birligi.
Keyin har 1 oziq birligi hisobiga 81–80 g protein, 
4,5–4,6 g kalsiy va fosfor, 10 g osh tuzi, 13 mg karotin 
belgilanadi;
e) ishda foydalanilmayotgan ishchi otlarning har 1 kg 
tirik massasi hisobiga:


299
350–400 kg og‘irlikda bo‘lganida 
0,013–0,012 oziq birligi,
450–600 kg bo‘lsa 
0,011 oziq birligi.
Har bir oziq birligi hisobiga 80 g protein, 4,6–5 g kal-
siy va fosfor, 10 g osh tuzi, 15 mg karotin beriladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan me’yorlarga asoslanib, ot-
ning tiriklik holatini saqlash uchun beriladigan me’yor an-
iqlanadi. Agar ot juda oriq bo‘lsa, tirik massasini saqlash 
uchun berilayotgan me’yorning ustiga qo‘shimcha qilib, 
3–4 oziq birligi va har 1 oziq birligi hisobiga 150 g pro-
tein, shuningdek, tegishlicha mineral moddalar hamda 
karotin belgilanadi: bo‘g‘oz biyalarga bo‘g‘ozligining 
4-oyidan boshlab 1,5–2, emiziklik biyalarga esa 3–4 oziq 
birligi qo‘shib beriladi. Qo‘shimcha qilib kiritilgan har 
bir oziq birligi hisobiga 190 g protein, 7–8 g kalsiy, 5–6 g 
fosfor, 25 mg karotin beriladi.
Ayg‘irlarga naslchilikda foydalanib turilgan davr-
da va minib yurilganda har 1 kg tirik vazni hisobiga 
0,020 oziq birligi belgilanadi. Kuniga beriladigan har 
1 oziq birligiga 130 g hazmlanadigan protein, 6 g kal-
siy, 5 g fosfor, 7 g osh tuzi, 35 mg karotin beriladi. 
Nasl olishda foydalanilmagan davrda kunlik oziq birligi 
me’yori 1,5–2 oziq birligiga, hazmlanadigan protein 
450–550 g ga, kalsiy 15–20 g ga, fosfor 15–20 g ga va 
karotin 2,5–3 martaga kamaytiriladi, osh tuzi me’yori 
ayg‘irning har 1 s tirik massasi hisobiga 5–7 g atrofida 
beriladi.
Og‘ir vaznli va yuk tashuvchi otlarga me’yor bel-
gilashda otning har 1 kg tirik massasi hisobiga 0,018 
oziq birligi berilishi lozim. Bir sutkada berilishi kerak 
bo‘lgan oziq birligining har biriga 130–140 g hazm-
lanadigan protein, 6–6,5 g kalsiy, 5–5,5 g fosfor, 


300
35–40 mg karotin belgilanadi. Osh tuzi esa otning har 
100 kg tirik massasi hisobiga 5–7 g me’yor bilan be-
rilishi kerak.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə