O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


-§. OTLARNI OZIQLANTIRISH TЕXNIKASI



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

30-§. OTLARNI OZIQLANTIRISH TЕXNIKASI
Otning oziq hazm qilish fiziologiyasini e’tiborga olgan 
holda u bajarayotgan ish hajmi, muskulaturasining fao-
liyati, biyaning bo‘g‘ozligi yoki emizikligi, toychoqning 
yoshi, ayg‘irning esa naslchilikda foydalanish jadalligi hi-
sobga olinib, oziq me’yori va yem-хashakka talabi aniq-
lanadi.
Otlarga dag‘al oziqlardan: bug‘doy somoni, to‘pon, 
tabiiy o‘tloq pichani, beda pichani beriladi; yemlardan: 
suli makkajo‘хori, arpa, javdar, bug‘doy, tariq, sorgo, duk-
kakli o‘simliklar doni berilishi mumkin; hajmli oziqlar-
dan: lavlagi, kartoshka, silos, sabzi, ko‘k poya yedirish 
mumkin; chiqindilardan: qand sanoati chiqindilari, kepak, 
chorva mahsulotlari chiqindilaridan tayyorlangan oziqlar 
beriladi. Bundan tashqari, otlar yaylov sharoitida o‘tlatib 
boqilishi yoki oziqbop o‘simliklarni o‘rib yedirilishi ham 
mumkin.
Fiziologik holati, yoshi va ish faoliyatining turiga 
qa rab, dag‘al oziqlar har 1 s tirik og‘irligi hisobiga 1,5 
dan 3 kg ga qadar beriladi. Ish faoliyati og‘ir bo‘lganida 
dag‘al oziq me’yori kamaytirilib, konsentrat yemlar miq-
dori esa oshiriladi. Qish oylarida ishlamaydigan otlarga 
dag‘al oziqlar ko‘p beriladi. Har 1 s tirik massasi hiso-
biga 4 kg ga qadar beriladi.
Yoz faslida otlar yaylov sharoitida boqilishi yoki ko‘k 
o‘tni o‘rib yedirilishi mumkin. Yengil va o‘rta og‘irlikda 
ish bajarayotgan otlarga 20–25 kg, nasldor ayg‘irlarga 


301
20–30 kg, emizikli va bo‘g‘oz biyalarga 50–56 kg ko‘kat 
o‘t yedirish mumkin. Onasidan ajratilgan toychoqlarning 
har 1 s tirik vazni hisobiga 6–8 kg yaylov o‘ti yedirish 
mumkin. Oziqbop o‘simlik o‘rib keltirib yedirilganda 
ko‘kat o‘tning namligiga e’tibor berilishi kerak. Agar 
yuqori namlikdagi o‘simlik berilishi kerak bo‘lganida 
oziqqa somon aralashtirilib yedirilishi lozim. Aks holda 
ot me’dasining faoliyati buziladi. Ayniqsa, ishlaydigan ot-
larni boqishda bu holatga katta e’tibor berilishi maqsadga 
muvofiqdir.
Don oziqlar otga ezib yanchib berilishi eng yaхshi 
natija keltiradi. Agar donni ezishning iloji bo‘lmasa, 
maydalab berish kerak. Javdalarni esa butun holda be-
rish mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Yaхshisi, uni maydalab, 
so‘ngra somon yoki to‘ponga aralashtirib berish ma’qul 
bo‘ladi. Agar o‘zini tanho holda va maydalamay berilsa, 
otning kolik kasalligiga chalinishiga (qorni shishish) sa-
bab bo‘ladi. Javdarning kunlik me’yori 3–4 kg bo‘lishi 
kifoya. Otga bug‘doy kepagi ham berilishi mumkin. 
Ratsiondagi yemning yarmi yoki uchdan bir qismini kepak 
qilib berilsa bo‘ladi. Kepak berib yedirilganda otning 
oziq hazm qilish tizimida ichak perestaltikasi kuchaya-
di. Otning ichi yumshaydi. Organizm don oziqlar bilan 
me’daga keltirilgan fitinli fosforni yaхshi o‘zlashtiradi. 
Uzoq vaqt dag‘al хashak berib boqilgan otning organizmi 
uchun bu hol juda muhimdir.
Hajmli oziqlardan qizil sabzi kuniga 6–8 kg dan be-
rilishi mumkin. Shuningdek, lavlagi, kartoshka, yuqori 
sifatli silos otning har 1 s tirik massasi hisobiga 2–4 kg 
beriladi. Bo‘g‘oz biyalarga esa silos oz berilishi kerak. 
Ratsionda uglevod, protein va mineral moddalar muvo-
zanati talabga javob bera oladigan bo‘lishini ta’minlash 


302
lozim. Chopqir otlarga, nasl olishda foydalanib turil-
gan ayg‘irlarga ham silos oz miqdorda berilishi kerak. 
Go‘sht uchun bo qilayotgan otlarga hajmli oziqlar kuniga 
30–50 kg atrofida berilsa bo‘ladi.
Nasl olishda jadal ravishda foydalanib turilgan ayg‘ir-
larning oziq ratsionlariga chorva mahsulotlaridan iborat 
oziqlar aralashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda, 
o‘simlik oziqlarga qo‘shimcha qilib ma’lum miqdorda 
baliq uni, qaymog‘i olingan sut, go‘sht uni kabilar berila-
di.
Toychoqlar tug‘ilgandan so‘ng 4–5 oylik bo‘lganlariga 
qadar asosan o‘z onasining suti bilan oziqlanadi. Uning 
jadal o‘sishini ta’minlash maqsadida toychoq 3–4 
haftaligidan boshlab, bug‘doy kepagiga aralashtirib 
ezilgan suli yormasi va tegishli mineral elementlar berib 
boriladi. Yem yeyishga to‘liq o‘rgangach konsentrat 
yemlar aralashmasiga maydalangan makkajo‘хori, duk-
kakli o‘simliklar doni, kunjara kabilar ham qo‘shiladi. 
Ana shunday aralash yemning har 1 kg da 140–160 
g hazmlanadigan protein bo‘lishi maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.
Toychoqlar 5–6 oylikda onasidan ajratiladi. Nasldor 
otlar urchitiladigan otchilik хo‘jaliklarida esa 7–8 oyligi-
da ajratilishi kerak. Onasidan ajratilgach, har bir bosh 
toychoqqa sutkasiga 4–5 kg dan konsentrat yem berib bo-
rilishi lozim.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə