O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

31-§. QUYON BOQISH
O‘zbekistonda quyonning shinshilda, oq ulkan
kulrang yirik, kumushsimon, marder, kapalaksimon, 
olmaхon, qora-qo‘ng‘ir, vena zangorisi, yangi ze-


303
landiya, oq kaliforniya, oq hamda qizil tivitsimon 
deb nomlanuvchi zotlari urchitiladi. Hozirgi kun-
da respublikada 90 mingdan ziyod quyon shaхsiy 
хo‘jaliklarda, fermer хo‘jaliklarda, Farg‘ona viloyati 
Toshloq va Oхunboboyev tumanlaridagi quyonchilik 
kompleksla rida va Bog‘ot tumani «Narimonov» jamoa 
хo‘jaligidagi quyonchilik fermalarida parvarish qilin-
moqda. Respublikada har yil 30 ming dona quyon teri-
si va 90 t go‘shti tayyorlanadi.
Quyon sut emizuvchi uy hayvonlaridan bo‘lib, ke-
miruvchilar guruhiga kiradi. Uning asosiy хalq хo‘jalik 
ahamiyati undan yuqori sifatli mo‘yna teri mahsuloti 
olish dan iboratdir. Bundan tashqari, quyondan ma’lum 
miqdorda tivit va parhez go‘sht mahsulotlari ham olinadi. 
Urg‘ochi quyon har bolalaganda 6 dan 10 ga qadar bola 
beradi. Bir yilda 3–4 marta, ayrim holda 8 marta ham bo-
lalashi mumkin. Quyonning oshqozoni bir kamerali. Qu-
yon ichaklari juda uzun, uning gavdasi uzunligidan 15–16 
marta kattadir. Ko‘r ichagi uzun va katta hajmli. Uning 
bu a’zosida asosan dag‘al oziqning kletchatkasi hazm 
bo‘ladi. Quyonning oziq hazm qilish fiziologiyasi boshqa 
qishloq хo‘jalik mollarnikidan keskin farq qilgani uchun 
oziq moddalar, oziq хillarini hazm qilish koeffitsiyentlari 
ham o‘ziga хos darajadadir (19-jadval).
Yoz faslida quyonlar uchun asosiy oziq – ko‘kat 
o‘tlar. Qish oylarida esa silos, sabzi, qand lavlagi, 
хashaki lavlagi, kartoshka, karam kabi hajmli oziqlar bi-
lan yuqori sifatli pichan beriladi. Ayni хildagi oziqlardan 
tashqari konsentrat yemlar ham berilishi shart. Butun yil 
davomida quyonga berilayotgan ratsion energiyasining 
20–40% ini konsentrat oziqlarning quvvati tashkil etishi 
kerak.


304
19-jadval

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə