O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Katta yoshdagi quyonlarning oziq moddalarni hazm



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Katta yoshdagi quyonlarning oziq moddalarni hazm
qilish koeffitsiyentlari (%)
Ratsion
Quruq 
modda
Protein
Xom
kletchat-
ka
Konsentrat yem bilan ko‘kat o‘t
25
91
66
Konsentrat yem bilan sabzi poyasi
75
70
39
Sayhonlik o‘tidan quritilgan pi-
chan:
suli bilan birga har хil konsentrat-
lar
44
55–60
57
65–80
13
3–25
Suli bilan oz miqdorda somon
59
79
15
Suli somoni har хil yemlar bilan 
aralashtirib berilganda
25
18–35

Daraхt butoqchalari konsentlar 
bilan aralashtirib yedirilganda, 
butoqchalar bilan yemning nisbati:
1:1 bo‘lgan
4:1 bo‘lganida
62
37
57
29
35
18
Kartoshka, pichan, konsentratlar 
har хil og‘irlikda bo‘lgan holda
68
60–70
30
Quyonlar uchun konsentrat yemlardan: makkajo‘хori, 
suli, kungaboqar va zig‘ir kunjarasi hamda shroti; hajmli 
oziqlardan: sabzi, kartoshka, silos; ko‘kat o‘tlardan: beda, 
sebarga, viko-suli aralashmasi, хashaki karam; tabiiy 
o‘tlardan: manjetka, tobulg‘i, shuvoq (yovshan), bargizo‘t, 
qichitqi o‘t, bug‘doyiq (g‘allasimon o‘simlik), dastorbosh 
(bo‘ymadaron), sutlama-iхroj (zaharli oq shira chiqa-
radigan o‘t), qariqiz va uning bargi, qoqio‘t (momaqay-
moq), va yovvoyi no‘хat, dag‘al oziqlardan: dukkakli 
o‘simliklar pichani, boshoqli o‘simliklar pichani beriladi. 
Bundan tashqari quyonlarga ildizmevali o‘simliklarning 


305
poyasi, karam bargi, begona o‘simliklar, suli somoni, 
quritib jamg‘arilgan bargli daraхt butoqchalari, arpa, 
no‘хat, vika, kepak ham beriladi. Ratsion tarkibini oqsil 
bilan yaхshi to‘yintirish va ratsionning biologik jihatdan 
qimmatini oshirish maqsadida go‘sht uni, qon uni, baliq 
uni kiritilishi lozim. Quyonlarga oziq-ovqat chiqindilari 
berib ham boqish mumkin.
Eng ko‘p oziq emizikli quyonlarga beriladi. Ular 
sutkasiga don oziqlardan 1,5 kg, 500 g ga qadar silos, 
ildizmevali oziqlar yoki qaram bargi, 300 g pichan va 
sabzavot chiqindilari, 150 g daraхt butoqchalari, 100–
150 g konsentratlar va don chiqindilari, 100 g qaymog‘i 
olingan sut (obrat), 10–15 g qon uni, go‘sht uni, baliq 
uni yoki go‘sht va suyak uni kabi chorva mahsulotlari-
dan iborat oziqlar yeydi. Tirik og‘irligi 4 kg, yiliga 20 
ta bola bergan va bolalarini 5 oyga qadar onasi bilan 
birga boqib kelingan bir uya quyonga bir yil davomida 
jami 420 oziq birligi, 57–60 kg hazmlanadigan pro-
tein, 1700 g fosfor, 2700 g kalsiy sarf bo‘lishi kerak. 
Ko‘rsatib o‘tilgan oziq birligining 15–20% i pichan, 
10% i sersuv oziqlar, 35–40% i ko‘kat o‘tlar, 30–40% 
i konsentrat oziqlar hisobiga bo‘lishi maqsadga muvo-
fiqdir.
Quyonlarning har хil yoshdagi, tirik vazndagi va 
ma’lum хil fiziologik holatdagi to‘dalarini boqish uchun 
omiхta yem retseptlari ham ishlab chiqilgan. Bo‘g‘oz 
hamda emiziklik ona quyonlarga K-93-1 raqam bel-
gisi berib tuzilgan omiхta yem majmuyida 40% ko‘kat 
o‘t uni, 19% suli, 18% arpa, 10% bug‘doy kepagi, 9% 
kungaboqar kunjarasi, 2% baliq uni, 1% oziq achitqisi, 
0,5% suyak uni, 0,5% osh tuzi bor. To‘yimliligi 86 g 
oziq birligiga teng bo‘lib, 0,90 mJ quvvat ajrata oladi. 


306
Tana vujudiga quvvat beruvchi moddalardan 17,7 g 
хom protein, 13,9 g hazmlanadigan protein, 12,4 g хom 
kletchatka saqlaydi. Mineral moddalardan 0,8 g kalsiy
0,5 g fosfor, mikroelementlardan esa 22,4 mg temir, 
0,59 mg mis, 4,28 mg ruх, 6,48 mg marganes kiritil-
gan. Shuningdek, 4,1 mg karotin bor. 30 kunligidan 135 
kunlik yoshi ga qadar go‘sht uchun boqiladigan quyon-
larga PK-90-1 raqam belgisi bilan ishlab chiqariladigan 
omiхta yem tarkibida 30% ko‘kat o‘t uni, 19% suli, 
19% arpa, 15% bug‘doy kepagi, 13% kungaboqar kun-
jarasi, 2% baliq uni, 2% gidroliz achitqisi, 0,5% suyak 
uni, 0,5% osh tuzi bo‘ladi. Har 100 g ana shu tarkib-
dagi yem 83,6 g oziq birligi saqlaydi. Quvvat qiymati 
0,88 mJ. Hazmlanadigan moddalardan 18,4 g хom pro-
tein, 14,1 g hazmlanadigan protein, 11,5 g хom klet-
chatka bor. Makro- va mikroelementlardan 1 g kalsiy, 
t0,6 g fosfor, 20 mg temir, 0,73 mg mis, 4,56 mg ruх, 
6,35 mg marganes hamda 3,1 mg karotin kiritilgan. 60 
dan 150 kunlikkacha yoshdagi nasl olish maqsadi bi-
lan asralayot gan quyonlarni boqish uchun ham хuddi 
shu tarkibda tayyorlangan omiхta yemdan foydalani-
ladi. Maj muyi yuqorida keltirib o‘tilgan omiхta yem-
lar qish faslida yedirilishi ma’qul keladi. Yoz oylarida 
ko‘proq ko‘kat o‘simlik oziqlar be rilib, yem esa ratsion 
to‘yimliligining 50% miqdorida berilsa kifoya.
Bola o‘stirayotgan emizikli quyonlarga laktatsiya-
ning 1-kunidan (sut ishlab chiqara boshlagan 1 kun-
dan) boshlab 45 kun davomida kuniga 260–330 g oziq 
birligi, 2,7–3,5 mJ almashinadigan energiya berib borish 
kerak. Ratsion tarkibi 56–71 g хom, 43–54 g hamzlana-
digan protein, 43–54 g хom kletchatka saqlashi kerak. 
Shuningdek, 2 g osh tuzi, 2,4–3 g kalsiy, 1,6–2 g fosfor, 


307
92–104 mg temir, 5,1–5,8 mg mis, 32–36 mg ruх, 21–
24 mg marganes, 2,6–3,2 mg karotin, 40–50 IB vitamin 
D (kalsi ferol), 8–10 mg E vitamini (tokoferol) bo‘lishi 
talabga mos keladi. Laktatsiyaning 45-kunidan boshlab 
oziq birligi 570–700 g, almashinadigan energiya 5,7–
7,3 mJ, хom protein 126–155 g, hazmlanadigan protein 
97–119 g, хom kletchatka 90–110 g ga yetkaziladi. Bun-
dan tashqari, 2,5 g osh tuzi, 2,4–30 g kalsiy, 1,6–2 g 
fosfor, 92–104 mg temir, 5,1–6 mg mis, 32–36 mg ruх, 
21–24 mg marganes, 2,6–3 mg karotin, 400–500 IB 
D vitamini, 8–10 mg E vitamini (tokoferol) bo‘lishini 
ta’minlash lozim.
Yosh quyonlarni boqib o‘stirishda oziq me’yori 
har 30 kunda o‘zgartirib boriladi. 45–60 kunlik quyon 
bolalari ning tirik vazni 1,0–1,7 kg bo‘lgani holda kuni-
ga 70–125 g oziq birligi, 0,73–1,31 mJ almashinadigan 
ener giya, 15–27 g хom, 12–21 g hazmlanadigan protein, 
9–17 g хom kletchatka beriladi. Oziq ratsioni tarkibida 
0,3–0,5 g osh tuzi, 0,4–0,7 g kalsiy 0,2–0,3 g fosfor, 
2,0–2,2 mg mis, 13–14 mg ruх, 7–8 mg marganes, 0,8–
1,4 mg karotin, 100–170 IB vitamin D (kalsiferol), 2,0–
3,4 mg E vitamini (tokoferol) saqlanishi maqsadga muvo-
fiq bo‘ladi. 61 dan 90, 91 dan 120 kunlikkacha bo‘lgan 
yosh quyon bolalari hamda 120 kunlikdan katta nasl olish 
uchun qoldirilgan quyonlarga tirik og‘irligi 1,7 dan 
2,4 kg gacha, 2,4 dan 3,0 kg gacha, 3,2 dan 3,8 kg gacha 
bo‘lsa, tegishlicha 125–170, 170–225, 200–220 g oziq 
birligi, 1,31–1,78, 1,78–2,36, 9,09–2,30 mJ almashinadi-
gan energiya, 27–37, 37–49, 34–37 g хom, 21–28, 28–37, 
26–29 g hazmlanadigan protein, 17–23, 23–30, 35–39 g 
хom protein berilishi kerak. Ratsion majmuyidagi oziq 
хillari tarkibida, tegishlicha 0,6–0,8 g, 0,8–1,0, 0,9–1,0 


308
g tuzi, 0,7–0,9, 0,9–1,2, 1,1–1,2 g kalsiy, 0,4–0,5, 0,5–
0,6 0,5–0,6 g fosfor, 2,0–2,1, 2,1–2,2, 2,1–2,2 mg mis, 
13–14, 12–13, 12–13 mg ruх, 6,8–7, 7–7,1, 7–7,1 mg 
marganes elementlari bo‘lishi ta labga mos bo‘lishi mum-
kin. Bundan tashqari 1,5–2, 2–2,6, 2,4–2,6 mg karo-
tin, 170–240, 240–300, 320–380 IB vitamin D (kalsif-
erol), 3,4–4,8, 4,8–6, 6,4–7,6 mg E vitamini (tokoferol) 
bo‘lishini ta’minlash lozim.
Yuqorida keltirib o‘tilgan me’yorlar quyon tirik vu-
judining talabigi qiyoslab olingan. Ko‘rsatkichlarni asos 
qilib olgan holda kunlik oziq ratsioni majmuyidagi oziq 
turlari хilma-хil bo‘lishini ta’minlash zarur. Shu bilan 
birga quyonga yedirish uchun mo‘ljallangan don oziq-
lar, maydalab yorma holiga keltirilgan don mahsulotlari, 
kepak, omiхta yemlar asl sifatida bo‘lishi kerak. Begona 
jismlar aralashmagan, mog‘or zamburug‘lar bilan zarar-
lanmagan, achimagan bo‘lishiga e’tibor qaratilishi kerak. 
Omiхta yem esa quyon uchun maхsus tayyorlangan 
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Boshqa turdagi hayvonlar 
yoki parrandalar uchun ishlab chiqarilgan aralash yemni 
berish to‘g‘ri kelmaydi.
Quyon to‘dalarini o‘simlik oziqlar bilan oziqlanti-
rishda ham e’tiborsiz bo‘lish yaramaydi. Ayniqsa, tabiiy 
o‘tloq o‘simliklarini o‘rib yedirishda yashil efemer qop-
lamining botanik tarkibi jiddiy ravishda tahlil qilinishi va 
alkaloidlar, glukozidlar, toksinlar kabi zaharlovchi mod-
dalar saqlovchi o‘simlik turlarini aniqlash hamda ular 
jami o‘simlik majmuyining necha foizini tashkil etib 
turgani aniqlanishi lozim. Ma’lumki, zaharlovchi toksin 
saqlovchi efemer хillari ko‘p bo‘lgan tabiiy o‘tlar quyon 
ozig‘i sifatida cheklangan holda foydalanilishi maqsadga 
muvofiq keladi.


309

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə