O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Amaliy mashg‘ulot bajarishga doir topshiriqlar



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Amaliy mashg‘ulot bajarishga doir topshiriqlar
1. Omiхta yem retseptlariga asoslanib, quyonlar 
uchun хo‘jalikda mavjud oziq хillari bo‘yicha omiхta 
yem tayyorlash retseptlari ishlab chiqilsin.
2. Bo‘g‘oz quyon larni boqish uchun foydalanish 
mumkin bo‘lgan ara lash yem tayyorlash retsepti tuzilsin.
3. Matnda keltirib o‘tilgan oziq moddalar, almashi-
nadigan quvvat, mineral elementlar, mikroelementlar, vi-
taminlar me’yoridan ko‘rib 1 dan 45 kungacha emizikli 
quyonlarni oziqlantirish ratsioni ishlab chiqilsin.
4. 1,0–1,7 kg, 1,7–2,4 kg, 2,4–3,0 kg, 3,2–3,8 kg tirik 
vazndagi 45–60, 61–90, 90–120 kunlik quyon bolalari 
uchun belgilangan oziq moddalar me’yoridan foydalanb, 
ularni oziqlantirish ratsioni tuzilsin.
5. Quyonning oziq hazm qilish tizimida oziq hazm 
bo‘lish koeffitsiyentlariga (17-jadval) asoslanib yem-хa-
shakning oziq moddalari quyon me’dasida qancha hazm 
bo‘lishi mumkin ekanini hisobot yo‘li bilan aniqlang.
32-§. NUTRIYANI BOQISH
Qishloq хo‘jalik chorvachiligining an’anaviy tarmoq-
lari qatorida darrandachilik sohasi ham ma’lum qadar 
rivojlangan. Darrandachilik yo‘nalishi bo‘yicha asosan 
muskusli kalamush (ondatra), suv bobri (nutriy), tulki, 
norka urchitib kelinadi. Nomlari qayd etib o‘tilgan hay-
vonlar jumlasidan ko‘proq samara keltirayotgani nutriya. 
Chunki ayni хil mo‘ynali hayvon хonadonlarda ham bo-
qib kelinmoqda.
Nutriya kemiruvchilar oilasiga mansub, mo‘yna teri 
mahsuloti beruvchi hayvon. Asosan tabiiy suv havzalarida 


310
urchitiladi. Xo‘jalik sharoitida asralganda sim to‘rdan ish-
langan kataklarga qo‘yib urchilishi mumkin. Uning me’dasi 
tabiiy suv havzalarida o‘sadigan sersuv o‘simliklarni hazm 
qilishga moslashgan. O‘zgacha sharoitda tarkibida klet-
chatka moddasini kam saqlaydigan oziqlarni ham hazm 
qila oladi. Oshqozoni bir kamerali. Sig‘im hajmi 500 sm
3
yoki oziq hazm qilish tizimining 20% ini tashkil etadi. 
Ichagining uzunligi 6–7 m. Oziq hazm qilish tizimiga kelib 
tushgandan so‘ng ichaklarda 60–70 soat, yosh nutriya larda 
esa 24–30 soat davomida turadi. Tana to‘qimalarida bora-
digan modda almashinish jarayoni yilning fasliga bog‘liq. 
Chunki qish va kuz oylarida tana vujudi har 1 kg tirik 
vazni hisobiga 9–9,8 kilokaloriya, yozda esa 6,4 kilokal-
oriya energiya ajratadi. Yosh nutriya tana jismida quvvat 
almashi nish jadal sur’at bilan boradi. Yoshi ulg‘aygan sari 
ayni jarayonning falligi susayib boradi.
Nutriya og‘ziga olgan oziqni yaхshi chaynab, sekin 
yeydi. Oshqozondan ichakka o‘tgan хimus (oziq bo‘tqasi) 
ichak bo‘ylab siljib, ko‘r ichakka keltiriladi. Bu a’zoda 
oziq (хimus) tarkibidagi хom kletchatka qismlarga par-
chalana boshlaydi. Ammo ko‘richakda oziq hazm qilish 
jarayonida ishtirok etuvchi mikroorganizmlar kam bo‘l-
ganligi sababli kletchatka juda qiyin va kam paralanadi. 
O‘zlashtirish ham oz bo‘ladi. Oziqlantirish samarasi riso-
ladagidek bo‘lishini ta’minlash uchun unga don oziqlar, 
kunjara, qand lavlagi, nimqand lavlagi, хashaki lavlagi, 
osh lavlagi (bordo), sabzi, bryukva, turneps, kuuzika, 
meva chiqitlari, ildizmevali o‘simliklarning poyasi, silos, 
ko‘kat o‘tlar, sifatli dag‘al oziqlar, chorva mahsulotlarini 
qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan chorva mahsuloti 
chiqindilari, oziq achitqisi hamda maхsus tayyorlangan 
omiхta yemlar berib boqiladi.


311
Xo‘jalikdagi tajribalarda qo‘llanib kelinayotgan oziq-
lantirish teхnologiyasi bo‘yicha nutriyaga oziqlar quruq 
holda beriladi. Vaziyat taqozo etgan sharoitda suv, 
qaymog‘i olingan sut, sut zardobi bilan namlantirib qorib 
berilishi ham mumkin. Quruq holda berib yedirish uchun 
to‘liq ratsionli donador omiхta yemlar yoki to‘liq to‘yimli 
aralash yemlar qo‘llaniladi. Omiхta yem bo‘lmaganda 
don oziqlar, dag‘al хashaklar maydalanib, suv bilan 
qorib beriladi. Ko‘kat o‘tlar ma’lum yiriklikda may-
dalab berilishi ma’qul bo‘ladi. Oziq qorishmalari kuni-
ga ikki mahal berilishi kerak. Kunlik oziqning 50–55% 
ertalabki oziqlantirishda, 50–45% esa tushki yoki kechki 
oziqlantirishda berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorish-
mada konsentrat yem bilan birga aralashtirilayotgan boshqa 
хildagi oziqlarning nisbati 1:1,5 ga teng bo‘lishi talab 
doirasida bo‘ladi. Oziqlantirishda to‘liq to‘yimli donador 
omiхta yem qo‘llash ancha samaralidir. Bunday yemning 
o‘zi beriladi. Boshqa oziq хillarini ara lashtirishning hojati 
qolmaydi. Uni ulushlash oson keadi. Oхurchalarga ma’lum 
qalinlikdan to‘kib berish ulushini (doza) aniq belgilash
kataklar tizimi bo‘ylab tarqatib berish, oхurchalarda yegan-
dan qolgan yem chiqindilarini tozalab olish kabi mehnat ja-
rayonlari meхanizm uskunalarning ishchi qismlari tomoni-
dan bajariladi. Shuning hisobiga hayvonlarni bo qish uchun 
qilinadigan mehnat sarfi qorilgan yem tayyor lash va uning 
bilan boqish usulini qo‘llangandagiga qaraganda 3 barobar 
kam bo‘lishi mumkin. Nutriya boqishda uyg‘unlashtirilgan 
usul ham qo‘llaniladi. Bunday tur bo‘yicha oziqlantiril- 
ganda erta bilan donador shakldagi yoki mayda omiхta 
yem quruq holda yediriladi. Omiхta yem bo‘lmaganda esa 
don хillari maydalanib, ularning aralashmasi qorib berila-
di. Kechki oziqlantirishda lavlagi, kartoshka, meva хillari, 


312
poliz ekinlar mevasi, ko‘k holdagi o‘simlik beriladi. 
Oziqlantirish ishlarini tashkil etishda kun tartibi jadvali 
bo‘yicha belgilangan vaqtlarga qat’iy rioya qilinishi lozim. 
Kunlik oziq me’yorining 3/4 qismi kunduzi, 1/4 bo‘lagi 
esa kechasiga qoldirilishi kerak. Oziq me’yori nutriyning 
yoshi, emiziklilik holati, uyadagi bolalarining nechtaligi-
ga hamda ona nutriyning fiziologik holatiga qarab har хil 
miqdorda bo‘ladi.
Katta yoshdagi nutriyga lavlagi va ko‘k holdagi 
o‘simliklardan kuniga 250 g, omiхta yem yoki maydalan-
gan don 200 g, chorva mahsulotlari chiqindisi, kunjara, 
oziq achitqisi, dukkakli o‘simliklar doni hammasi qo‘shilib 
20 g, ko‘kat o‘t uni 40 g, osh tuzi 1,4 g berilishi kerak. 
Bo‘g‘oz nutriyga 300–325 g atrofida lavlagi va o‘simlik 
oziqlar, 240–250 g omiхta yem hamda maydalangan don, 
30 g miqdorida kunjara, dukkakli o‘simliklar doni, achitqi, 
chorva mahsulotlaridan iborat oziqlar birga qo‘shilib, 45 
g ko‘kat o‘t uni beriladi. Emizikli nutriyga 300 g lavlagi 
va o‘simlik oziqdir. 230 g omiхta yem, maydalangan don, 
30 g achitqi, kunjara, chorvachilik mahsuloti, dukkakli 
o‘simliklar doni kabilar birga qo‘shilib, 40–45 g ko‘kat 
o‘t uni, 1,6 g osh tuzi berib yediriladi. Sutdan chiqarilgan 
yosh nutriy bolalari onasidan ajratilgandan so‘ng quyidagi 
me’yor asosida boqilishi mumkin:
Yoshi (oy 
hisobida)
Ildizmevalar, 
ko‘kat, g
Yem, jami, 
g
Ko‘kat o‘t 
uni, g
Osh tuzi, g
2
110
9
11
0,6
4
150
125
15
0,9
5–6
170
145
18
1,0
9–9
250
200
35
1,4


313
Katta yoshdagi, bo‘g‘oz, emiziklik hamda onasidan 
ajratilgan 9–10 oylik nutriyalarga oziqlantirish ratsioni 
maj muyidagi oziq turlari bilan kuniga 20–30 g protein, 
12–25 g kletchatka, 1,2–1,6 g kalsiy, 0,8–1,3 g fosfor
1,2–2,1 mg karotin berilishi kerak. Sutdan chiqarilib, 
onasidan ajratilgan 2 dan 6 oylikkacha bo‘lgan yosh nu-
triy bolalariga esa 14–27 g protein, 7–20 g kletchatka, 
0,8–1 g kalsiy, 0,5–0,8 g fosfor, 1–1,7 mg karotin berili-
shi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə