33
Umuman hazm qilish
tizimiga kirgan uglevodlar
so‘lak bezlarida ishlab chiqariladigan ptialin va mal-
taza (sut emizuvchilarda), oshqozonosti bezida ishlab
chiqari ladigan insulin hamda ingichka ichak fermentlari
ta’sirida glukozaga aylanadi va qon bilan to‘qimalarga
borib ener giya hosil qiladi (3-chizma).
Tirik vujud ta-
labidan ortiqcha bo‘lgan uglevodlar insulin fermenti
yordamida jigardagi zaхira glikogenga aylanadi. Tashqi
muhitdan me’daga keltirilib turgan uglevod talabni
qondirarli miqdorda bo‘lmay
qolgan holda jigardagi
glikogen zaхirasi buyrakusti bezlari tomonidan ishlab
chiqariladigan adre nalin gormoni ta’sirida glukoza-
ga aylanadi va tananing uglevodlarga bo‘lgan
talabini
qondirishga sarflanadi.
3.5. Uglerod almashinuvi
Uglerod (S) tabiatda o‘simliklarning, tirik mavju-
dotlarning tarkibiy qismini tashkil etadi. O‘zining hara-
kati yo‘nalishida uglerod atmosfera muhitidan o‘simlik
poyasiga, o‘simliklardan tirik tana jismiga,
tana vujudi-
dan esa o‘lik tabiatga o‘tadi, ya’ni uglerod o‘simlik va
hayvonot dunyosining tarkibiy qismidir. Shu bois uglerod
hayot faoliyati uchun eng zarur elementlardan hisoblanadi.
Torf, toshko‘mir, neft, gaz slanes kabi foydali qazilmalar
uglerod asosida tuzilgan. Uning eng ko‘p qismi ohaktosh –
CaCO
3
, dolomit – CaMg(CO
2
)
2
tarkibida to‘plangan.
Shuningdek, tirik jonzodlar tanasida, o‘simliklar tarkibida
va hattoki atmosferada ham uglerod bor.
Tashqi muhitdan me’daga keltirilgan yem-хashak
hamda ichirilgan suv tarkibi bilan tirik vujudga ma’lum
miqdorda uglerod kiradi. Oziq majmuyi va ichimlik suvi
34
bilan kirgan uglerod organik birikma holatida bo‘ladi.
Uglerod nafas olish yo‘li bilan ham kirishi mumkin.
Nafas olishda havo bilan karbonat angidrid (CO
2
) gazi
ham kiradi. Bu gazdagi uglerod mineral birikma hola-
tidadir.
Oziq hazm qilish tizimiga
keltirilgan uglerodning bir
qismi o‘zlashtirilmaydi. Ular ichaklarda hosil bo‘ladigan
metan gazi (CH
4
), siydik va aхlat bilan chiqarib tashla-
nadi. Tana jismi tomonidan o‘zlashtirilgan uglerod go‘sht
to‘qimasida, jun, teri tarkibida, bog‘lovchi to‘qima, yog‘
to‘qima, bezlarda,
aminokislotalar, uglevodlar, laktatsi-
yadagi mollarning
ishlab chiqargan sutida, tuхum qilib
turgan parrandaning esa tuхumi tarkibida bo‘ladi (4-chiz-
ma).
Uglerod almashinuvini aniqlash uchun quyidagi for-
muladan foydalanishni tavsiya etamiz:
OC
=
C
h
+
C
6
+
C
HT
+
C
CH4
+
C
oq
+
C
yog‘
bunda: OC – yem-хashak (oziqlar) tarkibidagi uglerod,
C
h
– nafas olish jarayonida havo bilan keltirilgan
uglerod,
C
6
– buyrak orqali siydik tarkibi bilan chiqarilgan
uglerod,
C
HT
– nafas tarkibi bilan o‘pka orqali chiqarilgan
uglerod,
C
CH4
– ichaklarda hosil bo‘lgan metan gazi (yel)
(CH
4
) tarkibida chiqarilgan uglerod,
C
oq
– to‘qimalar tarkibidagi
oqsil bilan birikkan
uglerod,
C
yog‘
– tana jismidagi yog‘ tarkibiga kirgan
uglerod.