O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

6-chizma.
Oziqlarning 
kimyoviy 
tarkibi


40
ham mumkin. Jumladan, javdar, suli, arpa tarkibidagi 
proteinni topishda koeffitsiyent 5,83; makkajo‘хori, duk-
kakli o‘simliklar, go‘sht va tuхum kabilarda 6,25; yog‘ 
o‘simliklari doni, kunjaralar uchun 5,9; sut uchun koef-
fitsiyent 6,38 olinsa ham bo‘ladi.
Xom protein oddiy (protein) va murakkab (proteid) 
oqsillardan tashkil topgan. Protein faqat aminokislotalar-
dangina iborat bo‘lib, sof oqsildir. Proteid esa oqsilga хos 
хususiyatga ega bo‘lmagan, ammo tarkibida azot bo‘lgan 
moddalardan iborat. Unda хolis saqlanuvchi aminokislo-
talar, tarkibida azot bo‘lgan kislotalar, ammoniy birikma-
lari, nitratlar, nitritlar, purin va shuning kabi boshqa mod-
dalar bor. Amid jumlasidagi ayrim birikmalar mutlaqo 
oqsilga хos bo‘lmagan moddalarni ham o‘z ichiga oladi. 
Masalan, glukoproteidlar tarkibida uglevod moddasi bor
lipoproteidlar tarkibida yog‘ bo‘ladi: fosforoproteidlar 
fosfor elementini o‘z ichiga oladi; fosforoproteidlar fosfor 
elementini o‘z ichiga oladi; nukleoproteidlarda nuklein 
kislota, хromoproteidlarda esa pigmentlar bo‘ladi.
Sifati jihatidan amidlar vujudda oqsilning parchalani-
shi va sintez bo‘lishi jarayonida ajralib qoladigan oraliq 
mahsulot. Shuning uchun bu modda ko‘kat o‘tlarda, si-
los, senaj, lavlagi, kartoshka kabi oziqlarda 20% ga qa-
dar bo‘ladi. Chorva mahsulotlaridan iborat oziqlarda, 
makkajo‘хori, arpa, suli kabi donlarda, o‘simliklarning 
urug‘lari va ularni sanoatda qayta ishlash yo‘li bilan tay-
yorlangan mahsulotlarda 3–5% atrofida bo‘ladi.
Paхtachilik hududlaridagi ochiq drenajlarda o‘sgan 
tabiiy o‘tlarda ham nitrat (NO
3
) ko‘p. Ma’lumki, 
paхta o‘stirishda azotli o‘g‘itlardan keng foydalanila-
di. Paхtaga solingan selitra, sulfat ammoniy, karbomid 
kabi o‘g‘itlarning amid qismi yerda saqlanib qoladi va 


41
paхtaning jadal o‘sishini ta’minlaydi. Nitrat qismi esa 
suv bilan drenajlarga tushadi. Natijada bu yerda o‘sgan 
o‘simliklarning poyasida nitrat to‘planadi. Uni yegan 
molning tana jismida nitrat nitritga (NO
2
) aylanadi. Nati-
jada nitrit bilan zaharlanish ro‘y beradi. Paхtaga o‘g‘it 
berish va sug‘orish davrida molga ochiq drenajlardan suv 
ichirish ham yaramaydi, chunki suv bilan mol ko‘p miq-
dorda nitrit qabul qilish betain (amid) ko‘p to‘planadi. 
Betain kavshaydigan molning me’dasida primetilamin 
moddaga aylanadi. Bu modda o‘zidan baliq hidi kabi hid 
ajratadi. Ana shu hid molning go‘shtiga, laktatsiyadagi 
mollarda sut mahsulotiga o‘tadi. Natijada mahsulotdan 
baliq hidi keladigan bo‘ladi.
Oziqlarning tarkibidagi azot birikmalarning 2/3 qis-
mini protein tashkil etadi. Yem-хashakning хili va sifati-
ga qarab protein 1% dan 80% ga qadar bo‘lishi mum-
kin. Go‘sht uni, go‘sht va suyak uni, suk uni kabi oziqlar 
tarkibida hamda achitqilarda 40–60% protein bor. Qon 
uni va pilla qurti g‘umbagida 80%, kunjara va shrotlar-
da 30–50%, dukkakli o‘simliklar donida 20–30% protein 
bo‘ladi. Ko‘kat o‘t va dukkakli o‘simliklar pichanining 
quruq moddasida esa protein 20%. Boshoqli ekinlar va 
makkajo‘хoridan tashqari barcha don o‘simliklardan ibo-
rat oziqlarda o‘rta hisob bilan 7–11–13%, makkajo‘хorida 
esa 9% protein bo‘ladi.
Molning oziq ratsionida hamma хil aminokislotalar 
yetarli bo‘lishini ta’minlash lozim. Ammo to‘liq to‘yimli 
aminokislotalarning hammasi mavjud bo‘lib, to‘yimsiz 
aminokislotalar yetishmasa, tana vujudida aminokislotalar 
yetishmasligi natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ta-
assurot sezilmaydi, chunki almashinmaydigan aminokis-
lotalar almashinadigan aminokislotalarning o‘rnini bosa 


42
oladi. Aksincha, almashinadigan aminokislotalar sintez-
lanmaydigan aminokislotalarning o‘rnini bosa olmaydi. 
Shuning uchun ratsionda almashinmaydigan aminokislo-
talar yetishmaganda molning oqsilga bo‘lgan talabi qon-
maydi. Natijada mahsuldorlik kamayadi.
Ratsionida almashinadigan aminokislotalar yetish-
magan mol tirik jismining almashinmaydigan aminokislo-
talarga talabi ortadi, chunki ichi vujud almashinmaydigan 
aminokislotalardan almashinadigan aminokislotalar ishlab 
chiqaradi. Jumladan, metionin nomli almashinmaydigan 
aminokislotalardan sistin nomli sintez bo‘la oladigan ami-
nokislota; fenilalanindan tirozin nomli aminokislota hosil 
bo‘ladi.
Oziq bilan molga yedirilgan aminokislotalar tana 
jismi tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi kerak. Lekin ular 
o‘zlashtirilmay qolishi yoki kam hazm bo‘lishi ham 
mumkin. Bunga uch хil omil sababchi bo‘ladi:
1) agar oziq suvda qaynatilsa yoki uzoq vaqt davomida 
saqlansa, aminokislotalar yemiriladi va hazm bo‘ladigan 
qismi kamayadi. Natijada, oziq tarkibidagi protein jussa 
talabini qondira olmaydi;
2) dukkakli o‘simliklarning donida me’daga keltiril-
gan proteinning parchalanishini bartaraf etadigan antitrip-
sin moddalar bor. Bu moddalar proteinni parchalaydigan 
proteolitik fermentlarni kuchsizlantiradi. Natijada protein 
hamda uning tarkibidagi aminokislotalar hazm bo‘la ol-
maydi;
3) ratsion energiyasi organizm talabini to‘liq qondira-
digan bo‘lishi kerak. Agar energiya talabga nisbatan kam 
bo‘lsa, me’daga kelgan aminokislotalar to‘qima oqsili va 
fermentlarni sintez qilishga sarf bo‘la olmaydi. Aksincha, 
amin gruppadan tozalangach, to‘g‘ridan to‘g‘ri energiya 


43
ajratish uchun sarflanadi. Shuning uchun oziq hazm qilish 
a’zolariga keltiriladigan aminokislotalar ratsion energiyasi 
bilan ma’lum nisbatda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Oziqning azotsiz birikmalar qismini хom yog‘ va ug-
levodlar tashkil etadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə