O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

I b o b
CHORVA MOLLARINI
OZIQLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
1-§. MOLLARNI MЕ’YOR ASOSIDA
OZIQLANTIRISHNING QISQACHA TARIXI
Qishloq хo‘jalik chorva mollarining barcha oziq 
moddalarga bo‘lgan kunlik talabini to‘la qondirib bo-
qish 
me’yor asosida oziqlantirish
deyiladi, shu talabni 
qondirarlik darajada sarflanadigan oziq moddalar miqdori 
me’yor
deyiladi.
Chorva mollarining oziq me’yorini belgilash XIX asr-
ning o‘rtalarida dastlab nemis olimi E. Volf chorva mol-
larining holatini saqlash uchun ma’lum miqdorda oziq 
me’yorini belgilashni aniqladi. Ammo uning tavsiyasida 
mollarning fiziologik holati va mahsuldorligi hisobga 
olinmagan, oziq me’yori molning faqat tirik vazninigina 
saqlab turish uchun belgilanishi lozim edi. Shuning uchun 
ham bunday me’yorlashtirish usullari keng rivojlanmadi.
Chorvador olim A. Teer 1810-yilda birinchi marta 
oziq me’yorini tuzish tartibi ishlab chiqdi. U, molning 
talabini qondirish me’yori qilib, ma’lum bir miqdordagi 
pichanni olishni tavsiya etdi. Me’yor qilib belgilangan 
pichanni boshqa oziq bilan almashtirish mumkin ekani-
ni ham aytgan edi. Keyinchalik, pichan tarkibidagi oziq 
moddalarning miqdori hamma hududlarda ham doi mo bir 
хil miqdorda bo‘lib turmasligi aniqlanadi va shu ilmiy 
ko‘rsatkichlarga asosan pichanni oziq moddalar birligi si-
fatida olish bekor qilindi.
Oziq me’yori ustida ko‘p tajribalar o‘tkazgan fiziolog 
olim G r u v e n 1859-yilda chorva mollar tirik vujudining 


9
hayot faoliyati uchun ma’lum miqdorda oziq protein, ug-
levodlar va yog‘ talab qilinishini aniqladi. Shu davrning 
o‘zida G e n n e b e r g va S h t e m a n har хil oziqlarning 
tarkibidagi oziq moddalarning hazm bo‘lish foizi turli-
cha ekanligini isbot etdi. Bu ko‘rsatkichlarga asoslanib
E. Volf 1864-yilda mollarning oziqqa bo‘lgan talabi 
oziqning tarkibida hazm bo‘ladigan organik moddalar ning 
miqdori bilan belgilanishini asos qilib olishni tavsiya etdi. 
Keyinchalik, E. Volfning tuzgan me’yorida mineral mod-
dalar ham bo‘lishi kerakligi ko‘rsatildi.
1897-yilda L e m a n tomonidan Volfning tuzgan 
me’yoriga qisman qo‘shimcha kiritildi. Natijada mollar-
ning oziq moddalarga bo‘lgan talabini belgilashda faqat 
tirik vazninigina hisobga olmasdan, balki ulardan olinadi-
gan mahsulot ham hisobga olinadigan bo‘ldi, ya’ni mol-
larga tirik vaznini saqlab turish uchun beriladigan oziq 
me’yorga qo‘shimcha qilib mahsulot ishlab chiqarishini 
ta’minlash uchun ham oziq me’yori belgilash tavsiya 
etildi.
Hozirgi davrda fiziologiya fanining taraqqiy etishi 
bilan mollarning fiziologik holatini saqlash uchun ham 
maхsus me’yor berilishi kerak ekanligi aniqlandi. Bun-
day ilmiy kashfiyotlarning samarali natijalariga asoslanib, 
hozirgi davrda mollarning oziq me’yorlarini belgilashda 
ularning har birining tirik vazni, yoshi, mahsuldorligi, 
fiziologik holati, yil faslining iqlim sharoiti hisobga olina-
digan bo‘ldi. Odatda, yosh mollar tirik vaznini saqlab tu-
rish uchun qari molga nisbatan ko‘proq oziq me’yori ta-
lab qilinadi. Sababi yosh mol ma’lum davrga qadar o‘sadi 
va rivojlanadi. Bunday holat uning organizmi tirik vaz-
nini saqlash uchun sarflanadigan energiyaning bir qismini 
jussasini tiklab borishi uchun sarf bo‘lishini talab etadi. 


10
Yoki qish faslida mollar yozdagiga qaraganda ko‘proq 
oziq ta lab qiladi, chunki ularga berilgan oziqning bir qis-
mi tashqi muhit sharoitiga moslashish uchun maхsus gav-
da haroratini hosil qilishga sarf bo‘ladi. Bundan tashqari, 
mollar bo‘g‘ozlik davrida, sutdan chiqqandan so‘ng yoki 
emiziklik vaqtida oziq me’yorlari uning holatiga mos 
bo‘lishi talab qilinadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə