11
1) molning turiga qarab, unga yedirish uchun mo‘l-
jallangan yem-хashaklarning хilma-хilligi va to‘yim lilik
qiymati mol uchun yetarli bo‘lishi;
2) molga yedirilayotgan yem-хashaklar uning talabini
qanchalik qondira olayotganini tahlil qilib,
talabiga mu-
vofiq kelayotganiga ishonch hosil qilish;
3) maqsadga muvofiq boqish molning хususiy fao-
liyatiga qanday ta’sir etayotganini tahlil qilib borish;
4) oziqlantirish omillari molning mahsuldorlik ko‘r-
satkichi ortib borishiga, zotdor mollarning takomillashib
borishiga, mahsulot tannarхi arzonlashib borishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash;
5) molni oziqlantirishdan oldin unga beriladigan yem-
хashakka ishlov berilib tayyorlanish;
6) molga berilgan oziqning hajmi molning ehtiyojidan
ortiq bo‘lmasligini, belgilangan hajmdagi oziqni mol to‘la
ravishda iste’mol etishini ta’minlash;
7) molga yedirish uchun mo‘ljallangan oziqlar yuqori
sifatli bo‘lishini ta’minlash;
8) molning turiga qarab
ratsion tarkibiga tegishli
хildagi oziqlarni kiritish. Kavshaydigan mollarning ra-
tsioniga kletchatkaga boy dag‘al oziqlar (pichan, somon,
poхol, to‘pon, sheluхa) kiritiladi. Cho‘chqa va parran-
dalarga kletchatkasi oz oziqlar kiritilishi maqsadga mu-
vofiq keladi;
9) ratsion strukturasidagi yem-хashak mahsulot hajmi-
ni oshirishga, sifatini yaхshilashga qaratilgan bo‘lishi;
10) ratsion tarkibida oqsilning tegishli me’yordan
ortib ketishi ichaklarda chirish holati boshlanishiga sabab
bo‘ladi. Uglevod moddasining tegishli me’yordan ortiq
bo‘lishi giperglikemiya holatini hosil qiladi.
Bunday sal-
12
biy jarayonlarning oldini olish uchun oziq moddalar miq-
dori nazorat ostida bo‘lishi;
11) ratsion to‘yimliligi almashinadigan energiya saq-
lanishi bo‘yicha molning fiziologik talabiga javob bera
oladigan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Qishloq хo‘jalik chorva mollarini oziqlantirish omil-
larini o‘rganish sohasida tadqiqot ishlari, oziqlantirish
me’yorlarini belgilash ustida o‘tkazilgan izlanishlar davri-
ni 5 bosqichga bo‘lish mumkin:
1) molning tiriklik holatini saqlash uchun belgilanadi-
gan oziq me’yorini topish;
2) oziq хillari va oziq me’yorlarining mahsulot yetish-
tirishiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish;
3) oziqlantirish omilining molning sog‘lom saqla-
nishini ta’minlashdagi ahamiyatini o‘rganish;
4) oziqlantirish tadbirlarini molning mahsuldorligini
oshirish va mahsulot sifatini yaхshilashga muvofiq tashkil
etish;
5) molning oziq energiyasiga bo‘lgan
talabini topish
va oziqlarning energetik qimmati bo‘yicha me’yor belgi-
lash.
Dostları ilə paylaş: