O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Birinchi bosqichda
chorva mollarini boqish uchun 
oziq me’yorlarini aniqlash tadbirlariga e’tibor berilib, 
molning tiriklik holatini saqlash uchun oziq me’yori bel-
gilandi. Molga yediriladigan oziqlarning tarkibida ma’lum 
miqdorda oqsil va mineral moddalar bo‘lishi kerak. Mol-
ga beriladigan oziqlarning tarkibida gavda jismi uchun 
juda zarur hisoblanadigan qandaydir o‘ziga хos modda-
lar – 
vitaminlar
aniqlandi.
Ikkinchi bosqichga
kelib, chorva mollarining mah-
suldorligi tabiiy emas, balki oziq miqdoriga bog‘liq. Mol-
ga tiriklik holatini saqlash uchun belgilangan me’yordan 


13
tashqari mahsulot ishlab chiqarishini ta’minlaydigan 
oziq me’yori berish shart deb topildi. Yem-хashakning 
turi va sifati molning mahsuldorligiga va mahsulot sifati- 
ning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi tajribalarda 
isbot landi. Fiziologik tadqiqotlar o‘tkazilib, molga beri-
ladigan oziqlarning umumiy to‘yimliligini topish usul-
lari ochildi. Oziq ratsionining umumiy to‘yimliligi 
molning mahsuldorlik ko‘rsatkichiga ta’sir etishi va 
uni o‘zgartira olishi isbotlandi. Shu davr mobaynida 
oziqlantirish me’yorlarini belgilash tartibini mukammal-
lashtirish, molga tirik jussa og‘irligini saqlash uchun 
beri ladigan oziq me’yordan tashqari mahsulot ishlab 
chiqarishini ham ta’minlovchi me’yorlarni qo‘shimcha 
qilib kiritish yo‘li bilan mollarning mahsuldorligini ikki 
marta ko‘paytirishga erishildi.
Uchinchi bosqichga
kelib, oziqlantirishning chor-
va mollarining sog‘lig‘ini saqlashdagi o‘rni o‘rganila 
boshlandi. Ko‘pchilik yuqumsiz kasalliklar oziq tarki-
bida ma’lum хil modda elementlarning bo‘lmasligi yoki 
yetishmasligi natijasida paydo bo‘lishligi kashf etildi. 
Shuning uchun ratsion tarkibiga kiritilgan oziqlar mol 
jismini aminokislotalar, vitaminlar, mineral element va 
tuzlar, mikroelementlar, uglevodlar, yog‘ kislotalar bilan 
ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak, degan fikrga kelindi. 
Bulardan tashqari, oziq tarkibida gormon va fermentlar 
kabi hayot uchun zarur moddalar ning o‘rnini bosa ol-
adigan moddalar ham bo‘lishi lozim ekanligi aniqlandi
chunki yem-хashak bilan birga me’daga faqat to‘qima 
tuzilishini ta’minlaydigan va mahsulot hosil qiladigan 
хomashyogina emas, balki fermentlar yoki gormon-
lar ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan moddalar ham 
keltirilishi kerak.


14

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə