O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

To‘rtinchi bosqichda
zooteхnika fanining mollarni 
oziqlantirish sohasidagi tarmog‘i yanada rivojlana bosh-
ladi. Molning oziq hazm qilish fiziologiyasiga tashqi 
muhitdan turib ta’sir etib, uni jadallashtirish yo‘llari to-
pildi. Molning oziq hazm qilish a’zolari tizimida modda 
almashinish jarayonlarini boshqaruvchi fermentativ ja-
rayonlarni tashqi muhitdan turib kuchaytirib molga yedi-
rilgan oziqning ko‘p hazm bo‘lishini ta’minlash usullari 
ishlab chiqildi. Shuning evaziga mollarning mahsuldorligi 
keskin ortishiga erishildi. Natijada ilgari yuqori mahsul-
dorlik hisoblangan ko‘rsatkichlar bu davrga kelib oz miq-
dordagi mahsuldorlik hisoblandi. Bundan tashqari, mol 
organizmi oziqni yuqori foiz bilan o‘zlashtira olishi mol 
zotlarini takomillashtirish imkonini ham yaratdi.
Beshinchi bosqich
fiziologiya, biologiya, biofizika, 
biokimyo, kimyo, mikrobiologiya, farmakologiya fanla-
rining jadal rivojlanishi mol organizmini oziq moddalar-
gagina bo‘lgan talabini qondirib gina qolmay, balki al-
mashinadigan energiyaga bo‘lgan talabini ham qondirish 
yo‘llarini o‘rganish imkonini bermoqda. Kelajakda mol-
ga berish uchun mo‘ljallangan oziq yoki yediriladigan 
ratsion qancha umumiy energiyaga ega ekanligi va shu 
energiyaning qanchasi vujudga fiziologik jihatdan foy-
dali ener giya ekanini aniqlab, oziqlantirishni tashkil etish 
uchun amalda qo‘llanilishi mo‘ljallangan.
Molga yediriladigan yem-хashak faqat energiya man-
bayigina bo‘lib qolmasdan, balki uning tarkibidagi oziq 
moddalar хili va miqdori jihatidan molning fiziologik ho-
latini to‘liq qondira olishi ham kerak. Ana shunday oziqlar 
yoki ratsion to‘liq to‘yimli hisoblanadi. Ma’lumki, undagi 
oziq moddalar o‘zlarining kimyoviy хususiyatlari fizik-
kimyoviy holati va fiziologik jihatdan organizmga ta’sir 


15
eta olishda muhim o‘rin tutishlari kerak. Shuning uchun 
mol vujudiga tashqi muhitdan oziqlar bilan keltirilgan or-
ganik birikmada protein, uning tarkibida aminokislotalar, 
yog‘ va undagi хilma-хil yog‘ kislotalar, turli хil uglevod-
lar, mineral elementlar, mikroelementlar, vitaminlar va 
karotin bo‘lishi shart. Bu moddalar molning turi, yoshi, 
mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, jussa og‘irligi, konstitutsio-
nal tuzilishi va mijoziga (temperamentiga) qarab har хil 
miqdorda talab qilinadi. Molning ana shu holatlariga qa-
rab qancha va qanday oziq moddalar kerak ekanligi aniq-
lanadi, so‘ngra tegishli moddalarni organizmga yetkazib 
berish yem-хashak me’yori belgilanadi.
Hamma oziq moddalarning bir yo‘la va doimiy ra-
vishda vujudga keltirilishi barcha хildagi moddalarga ham 
хos emas. Masalan, karotin talabdan ortiq qabul qilingan 
kunlarda, uning ortiqcha qismi to‘qimalardagi yog‘ de-
posiga to‘planib, zaхira manba hosil qiladi. Tashqi muhit-
dan keltirilgan vitamin yetishmagan holda organizm ana 
shu zaхiradan foydalanadi. Yog‘, uglevod moddalar ham 
tegishli a’zolarga borib, karotin kabi zaхira holatga o‘tib 
turishi mumkin.
Molga yedirilayotgan oziqlar to‘liq to‘yimli bo‘la 
turib, organizmda hazm bo‘lmay qolgan hollar ham 
bo‘ladi. Yaхshi hazm bo‘lishi uchun yem-хashak molga 
borishga maхsus tayyorlanishi kerak. Masalan, cho‘chqa 
boqishda yem maydalanib berilgani ma’qul. Cho‘chqa bu-
tun holda berilgan arpaning 67% ini hazm qila oladi. Shu 
donni yirikligi 2–2,5 mm qilib maydalansa, u 79% ini, 
1–1,5 mm maydalikda bo‘lsa 85% ini hazm qiladi. Shu-
ning uchun cho‘chqaga beriladigan yem mayda bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, cho‘chqaga beri-
ladigan oziqlarda kletchatka juda oz bo‘lishi kerak, chun-


16
ki cho‘chqa kletchatkani hazm qila olmaydi. Katta yosh-
dagi cho‘chqaning oziq ratsionida kletchatka 8–12% dan 
oshmasligi kerak. Kavshaydigan mol esa aksincha, klet-
chatkaga boy dag‘al oziq talab qiladi, chunki uning oziq 
hazm qilish a’zolari dag‘al oziqlarni hazm qilishga mos-
lashgan.
Hozirgi davr chorvachiligi jadal rivojlanayotgan tarmoq. 
Chorva mollarining tirik vazni yuqori bo‘lib, mahsuldorlik 
ko‘rsatkichlari ham yuqori bo‘lishi kerak. Bu hol mollarni 
oziqlantirish teхnologiyasiga katta e’tibor berilishini taqo-
zo qiladi. Go‘sht uchun boqishga mo‘ljallangan mollar- 
ning oziq hazm qilish a’zolari yosh paytdan boshlab kuch-
li oziq hazm qilishga o‘rgatiladi, shuning uchun ularning 
hazm qilish a’zolari kichik hajmli bo‘ladi. Sut mahsul-
dorlik yo‘nalishidagi mollar yoshligidan hajmli oziq berib 
boqiladi. Bundan maqsad, bu mollar sut berish davri-
da ko‘p oziq iste’mol qilish qobiliyatiga ega bo‘lishini 
ta’minlashdir. Sog‘in sigirlar va emiziklik mollarga lak-
tatsiya davrida mumkin qadar ko‘p oziq yedirish va shu- 
ning hisobiga ko‘p sut ishlab chiqarishini ta’minlash ke-
rak. Ammo ratsionda uglevod moddalar, protein, yog‘, 
mineral moddalar molning talabiga nisbatan kam va shu 
bilan bir vaqtda ortiq bo‘lmasligi lozim. Agar kunlik 
me’yorda uglevod moddalari kam bo‘lsa, ketonuriya, ke-
tonemiya, ketonalaktiya kabi organizmda modda almashi-
nuvning buzilishi kasalliklari paydo bo‘ladi. Shuningdek, 
agar uglevod me’yordan ortiq berilsa, mol giperglike miya 
yoki glukozuriya kasalliklari bilan og‘riydi. Bunda qand 
moddasi organizmdan siydik bilan chiqarila boshlaydi. 
Oqsil yetishmaganda to‘qima oqsili hosil bo‘lishi susayadi, 
jigarda zaxira energetik modda kam to‘planadi, organizm 
nimjonlashib, molning mijozida jo‘shqinlik holati susaya-


17
di, mol hamisha o‘zini och his qiladi. Urg‘ochi mollarning 
kuyikish хususiyatlari yo‘qoladi. Yosh mollar va jo‘jalar 
o‘sishdan to‘хtaydi. Mahsuldorlik kamaya di. Qo‘ylarning 
juni, parrandalarning esa pati o‘sishdan to‘хtaydi. Shuning-
dek, agar protein talabga nisbatan ortiq bo‘lsa, molning 
ichaklaridagi oziq massa – хimus chiriydi. Chirish nati-
jasida hosil bo‘ladigan zaharlovchi moddalar bilan mol 
organizmi zaharlanadi, ya’ni oqsil intoksikatsiyasi ro‘y be-
radi. Bunday holda mol lohaslanadi, oziq yemay qo‘yadi. 
Mahsuldorlik keskin tushadi. Protein tarkibida almashin-
maydigan aminokislotalarning bo‘lishi ham juda muhim. 
Ulardan ayniqsa lizin, triptofan, metionin kabilari yetarli 
bo‘lmaganda molning ishtahasi yo‘qoladi. Oziqdan bosh 
tortadi. Vazni pasayadi. Juni quruqlashib, hurpayadi. Yosh 
mollarning o‘sishi susayadi. Organizmi oriqlay boshlaydi. 
Ratsionda mineral moddalar yetarli bo‘lmaganda moln-
ing bo‘g‘inlari shishadi. Bo‘g‘inga eksudat (suyuqlik) 
yig‘ilib, og‘riq paydo bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi qiy-
shayadi. Oyoq suyaklari qiyshayadi va sinadi. Katta yo-
shdagi mollarning tishlari qimirlaydi, og‘riq beradi. Yosh 
mollarda tish chiqish muddati kechikadi. Mineral mod-
dalardan kalsiy yetishmasa, organizmda modda almashini-
shi susaya di, ortiq bo‘lganida esa skelet suyaklar intensiv 
o‘sadi. Bu holat organizmga хos konstitutsional tuzilishni 
dag‘allashtirib yuboradi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə