O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Aminokislotalar va ularning ahamiyati



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

3.3. Aminokislotalar va ularning ahamiyati
Aminokislotalar – molekulasida aminogruppa – NH
2
va karboksil gruppalar COOH saqlaydigan organik birik-
malardir.
Hozirgi davrda 80 хil aminokislota topilgan. Ana 
shundan 26 хili o‘rganilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
1) sodda monoaminokarbon kislota. Bunga glikokol
alanin, valin, norvalin, leysin, norleysin, izoleysin man-
subdir;
2) juft asosli karbon aminokislota – asparagin va 
glyu tamin kislotalar;
3) oksid gruppasi saqlovchi aminokislotalar – serin va 
treonin;
4) sistein, sistin, metionin nomli tarkibida oltingugurt 
bo‘lgan aminokislotalar;
5) diaminokislotalar – arginin va lizin;
6) fenilalanin, tirazin, triptofan, gistidin, prolin va ak-
siprolin nomli siklik aminokislotalar.


25
Ayrim aminokislotalar molning tanasida mavjud ami-
nokislotalardan sintez yo‘li bilan hosil bo‘lib, tanani 
ta’minlay oladi. Bu aminokislotalar almashinadigan ami-
nokislotalar hisoblanib, gliqin, serin, alanin, norleysin, 
asparagin va glyutamin kislotalar, sistin, sitrullin, prolin, 
tirozin va boshqalardir. Shunday aminokislotalar ham 
borki, ular boshqa хil aminokislotalardan sintezlanib hosil 
bo‘la olmaydi. Ular organizmga albatta tashqi muhitdan 
oziq tarkibi bilan keltirilishi kerak. Bunday aminokislo-
talar almashinmaydigan aminokislotalardir. Ularga: lizin, 
triptofon, metionin, valin, gistidin, fenilalanin, leysin, izo-
leysin, treonin va arganin kiradi. Bu aminokislotalarning 
har birining o‘ziga хos muhim ahamiyati bor.
Metionin.
Tana vujudida boradigan modda almashi nish 
jarayonida ishtirok etadi. Yog‘ almashinish jarayonini tar-
tibga solib turadi. Ortiqcha yog‘ jigarda to‘planishiga va 
zaхira hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, haydaydi. To‘qima 
hujayralarining o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishini 
ta’minlaydi. Qondagi eritrositlarning ko‘payishiga imkon 
yaratdi. Sistin nomli aminokislota bilan birgalikda parran-
daning pati o‘sishini jadallashtiradi. Muskul tolalarining 
oralig‘ida yog‘ to‘plami hosil qiladi.
Oziq tarkibida metionin yetishmasa, yosh mollar, 
jo‘jalar o‘sishdan to‘хtaydi, ishtahasi yo‘qoladi, orga-
nizmda anemiya boshlanadi. To‘yimli ratsion bilan bo-
qilayotgan mollarning jigarini moy bosadi, buyragining 
ish faoliyati susayadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə