O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/33
tarix15.05.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#87051
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
2.8-rasm.  Siklonli  chang  tutqich: 

(о‘tkazish kо‘rsatkichi 20 mln m

3

/kun 

va ishchi bosimi 7.5 MPa ). 

1-gazni  chiqishi  uchun  quvur;  2-gaz 

kiradigan  quvur;  3-siklonlar;  4-lyuk;  5-

asboblarlarni  nazorat  qiluvchi    shtuser; 

6-drenaj shtuseri. 

2.9-rasm



“Rezina” (a) va “ulitka” (0) 



turidagi siklonlar:

 

            1-gazni  chiqishi;  2-gazni kirishi; 



3-oqimni buruvchi qurilma. 

 

 



Suv bug‘larining elastikligi va qaynash harorati  glikoldan kuchli farq qiladi, 

yutuvchini 

regeneratsiya 

bо‘lishini 

yengillashtiradi, 

yutuvchilarning 

qovushqoqligini  katta  bо‘lmasligi  sirkulyatsiya  qiluvchi  nasoslarning  ishini 

yengillashtiradi.  Suvlangan    glikollar    korroziya  munosabatida  emiruvchi  emas. 




34 

 

Ularda  tabiiy  gazlarning  erishi  kam.  15  MPa    bosimgacha  1  litr  glikolga  6 



grammdan oshmaydi. DEG atmosfera bosimida 437 K da yoyila  boshlaydi, TEG 

esa 478  K haroratda yuqoridagilarga  muvofiq ishlab chiqarish sharoitida ularning 

regeneratsiya qilish darajasi 96–99 % ga etadi. 

TEGni kо‘pik hosil bо‘lishiga moyilligi bor, bunga qarshi kurashish uchun 

monoetalomin  qо‘llaniladi.  Glikol  bilan  gazni  quritish  jarayonining  jadalligi 

bosimga,  gaz  va  sorbentni  о‘zaro  kontaktlashuv  haroratiga  va  sorbentning 

konsentratsiyasiga bog‘liq bо‘ladi. Gazda bosim kо‘tarilganda namlikning miqdori 

kamayadi,  tabiiy  holda  sorbent  aralashmasini  sirkulyatsiya  bо‘lish  miqdorini 

kamaytirishga  olib  keladi,  shuning  uchun  gazni  berilgan  shudring  nuqtasigacha 

quritish kerak bо‘ladi.  Gaz–yutuvchining kontaktlashuv harorati kuchaytirilganda 

yutuvchi  ustidagi  suv  bug‘larining  parsial  bosimini  о‘sishga  olib  keladi, 

yutuvchanlik xususiyatini pasaytiradi va qurigan gazning shudring nuqtasi oshadi. 

Gaz–yutuvchining kontakt haroratini pasaytirish unga teskari ta’sir qiladi, qurigan 

gazning  shudring  nuqtasi  pasayadi.  Gaz  suyuq    yutuvchi  bilan  quritilganda 

haroratni  303  Kdan  past  qabul  qilish  tavsiya  qilinmaydi,  chunki  yutuvchilarning 

qovushqoqligini  oshishi  uni  katta  hajmda  haydashda  qiyinchiliklarni  tug‘diradi. 

Bundan  tashqari  sovutgichning  qovushqoqligi  oshirilganda  birdaniga  uning 

yutuvchanlik xossasi pasayib ketadi. 

Yutuluvchanlik  gazga  nisbatan  suvning  bug‘lari  uning  konsentratsiyasini 

yutilish  xususiyatiga  ta’sir  kо‘rsatadi,  konsentratsiya  qanchalik  yuqori  bо‘lsa, 

quritilgan gazning shudring nuqtasi past bо‘ladi. Yutuluvchining konsentratsiyasi 

talab  qilingan  quritish  darajasiga  bog‘liq  holda  taxminan  90–100  %  oralig‘ida 

bо‘ladi. 

DEG  va  TEG  yutuvchilari  о‘zaro  taqqoslanganda    TEG  arzonroq  turadi. 

Lekin  TEG  dan  foydalanilganda  gazning  shudring  nuqtasini  yanada  kо‘proq 

pasaytirish  mumkin.    DEG  ga  nisbatan    TEG  ning  sarfi  regeneratsiya  qilishda 

bug‘larini past elastiklikka ega bо‘lganligi uchun kamroq bо‘ladi. 

Gazni  suyuq  yutuvchilar  bilan  quritish  qurilmasining  sxemasi  2.10-rasmda 

tasvirlangan  bо‘lib,  gaz  konlarida  kо‘proq  qо‘llanilmoqda.  Gaz  konida  ajratgich 



35 

 

(1) orqali о‘tadi, u yerda tomchili namlar о‘tiradi va absorberning pastki qismiga 



(2)  tо‘planadi.  Boshlanishda  gaz  pastki  buralma  seksiyaga  (3)  yо‘naltiriladi, 

qо‘shimcha  ravishda  nasadkalar  bilan  katta  yuzada  kontaktda  bо‘lganligi  uchun 

muallaq tomchilardan yaxshi tozalanadi. 

Undan  keyin  gaz  yuqoriga  harakatlanadi,  ketma  –  ket  likopchalardan  (4) 

о‘tadi,  yuqoriga  kо‘tariladi.  Absorberdagi  qolpoqchali  likopchalarni  soni  4–12  ta 

bо‘ladi.  Gazning  oqimiga  qarshi  95–97  %  ni  DEG  eritmasi  oqadi,  u  nasos  (10) 

yordamida  kiritiladi.  Erishi  bilan  kontaktdagi  gaz  quritilgandan  keyin  yuqoriga 

buralma seksiya (5) orqali о‘tadi, u yerda qamrab olgan eritmaning tomchilaridan 

ozod  bо‘ladi  va  gaz  uzatmasiga  yо‘naltiriladi.  Tarkibida  6–8  %  namlik  bо‘lgan 

tо‘yingan  eritma  absorberning  pastdagi  kar  ikki  tomoni  yopiq  yig‘ish 

likopchasidan  issiqlik  almashtirgichga  (7)  kirib  keladi,  regeneratsiyalangan 

eritmaning qarshi uchrashuvchi oqimi bilan isiydi, undan keyin esa shamollatgich 

(8)  orqali  о‘tadi,    u  yerda  undan  erigan  gaz  ajralib  chiqadi  va  undan  maqsadli 

foydalaniladi. Shamollatgichda tо‘yingan DEG nasos yordamida (9) bug‘lantirgich 

kolonnasiga (desorberga) (12) haydaydi va u yerda suyuqlikni regeneratsiya qilish 

amalga  oshiriladi.  Bug‘lantirish  kolonnasi  ikki  qismdan  tashkil  topgan:  likopcha 

turidagi  kolonka,  tо‘yingan  eritmali  DEG  pastga  oqadi,  namlik  qarshi  kelayotgan 

suv  bug‘larining  va  DEG  bug‘larining  ta’sirida  bug‘lanadi.  Qaynatgich  – 

bug‘lantirgichda  (11)  glikol  eritmasini  qizdirish  va  suvni  bug‘lantirish  sodir 

bо‘ladi. Qaynatgichda glikol aralashmasining harorati 423 – 433 K ushlab turiladi, 

yuqori qismidagi bug‘lantirish kolonnnasida 378 – 380 K bо‘ladi. 

Bunga  erishish  uchun  kolonnaning  yuqori  qismidan  303  K  haroratdagi  suv 

bilan sug‘oriladi, DEGning bug‘larini kondensatsiya qiladi va uning yо‘qotilishini 

kamaytiradi.  Suv  bug‘dagi  desorberdan  (15)  kondensatorga  (10)  tо‘planadi,  u 

yerda  bug‘ning  asosiy  qismi  kondensatsiyalanadi  va  vakuumli  nasos  bilan  (14) 

yig‘iladi va yoqishga yо‘naltiriladi. DEG tarkibli olingan suvning bir qismi nasos 

(13) yordamida kolonnaning yuqori qismiga sug‘orish uchun beriladi va haroratni 

105-107 


o

S da ushlab turiladi. DEG regeneratsiya qilingan aralashmasi nasos (10) 




36 

 

bilan issiqlik almashtirgich (7) orqali sovutgichga (6) haydaladi va u yerda harorat 



tushiriladi va yana qaytadan absorberning yuqoridagi likopchasiga tо‘planadi. 

Absorbsiya  qurilmasining  ishlarini  samaradorligi  katta  kо‘rsatgichda 

sorbentlarning  yо‘qotilishiga  bog‘liq.  Bunday  yо‘qotilishlarni  oldini  olish  uchun 

birinchi navbatda desorberning haroratini rejimiga qattiq rioya qilish, gazni va suv 

bug‘larini  о‘ta  gazsizlantirish,  absorbentlar  bilan  kontaktlashganda  kо‘pik 

shakllanishini oldini olish uchun maxsus qо‘shimchalar qо‘shiladi. 

 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə