27
2.4. Gazni past haroratli ajratish qurilmasi
Past haroratli ajratish qurilmalarida gaz kondensat konlaridan kondensatni
ajratib olishda, gazni quritishda sovutish keng qо‘llanilib gazning tarkibidagi
alohida komponentlar, tabiiy gaz tarkibidagi kam miqdordagi gazlarni ajratish,
suyultirilgan gazlarni olishda va h.k. qо‘llaniladi.
Gazlarni past haroratli ajratish usuli chuqur sovutishga bog‘liq holda 80
%dan 100 %gacha og‘ir uglevodorodlarni olish va tashishga tayyorlashda bir fazali
gazni shudring nuqtasigacha va uglevodorodlarni ham quritishga mо‘ljallangan.
Past haroratli ajratish (PHA) qatlam bosimidan va sun’iy sovutishdan
foydalanish hisobiga amaliyotda qо‘llaniladi. Detander yordamida (porshenli yoki
turbinli) gazni juda chuqur sovutish hamda PHAQsini xizmat qilish muddati
uzaytiriladi. PHAQ–sida sun’iy sovutishni (sovutish mashinasini) qо‘llanilishi
konni ishlatishni eng sо‘nggi bosqichigacha ishlov berish imkoniyatini beradi,
lekin konning jihozlarini qurish uchun sarflanadigan kapital xarajatlarni 1.5-2.5
martaga oshiradi.
PHAQ–sining prinsial sxemasi 2.5-rasmda keltirilgan. Quduqlardan xom gaz
gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga (GKTQ) kiradi, u yerda drossellangandan
keyin birinchi pog‘onali ajratishga (3) yо‘naltiriladi va u yerda suyuqlik
tomchilardan ajratiladi. Past haroratli ajratgichning (7) oraliq fazasiga tо‘plangan
gaz va undan keyin esa sovutish uchun issiqlik almashtirgichga (5) yо‘naltiriladi.
Issiqlik almashgichdan gaz ejektor orqali (6) yoki PHAQ sining (7) shtuseri
orqali haroratni pasaytirish uchun issiqlik almashgichda va shtuserda suyuqlikdan
ajratiladi.
Quritilgan gaz issiqlik almashtirgichga (6) kiradi, quduqning mahsulotini
sovutadi va konning yig‘ish kollektoriga yо‘naltiriladi.
Gidratlarni paydo bо‘lishini oldini oluvchi nobarqaror kondensat va
ingibitorning suv aralashmasi (dietilenglikol DEG) ajratgichdan kondagi
yig‘gichning (4) birinchi pog‘onasiga (3) kiradi va uning sig‘im idishiga (10)
о‘tadi. Bu yerda kondensat va DEGning suvli aralashmasining ajralishi sodir
bо‘ladi.
28
Undan keyin esa issiqlik almashtirgich orqali (9) kondensat past haroratli
ajratgichning oldidan gazni oqimiga beriladi. DEG ning suvli aralashmasi sig‘im
idish (11) orqali filtrga (12) yо‘naltiriladi va regeneratsiya qilish qurilmasida (13)
mexanik aralashmalardan ajratiladi. Undan keyin esa regeneratsiya qilingan glikol
gidratlarni paydo bо‘lishini oldini olish uchun qurilmadan nasos yordamida (19)
shleyflarga uzatiladi. Nobarqaror uglevodorod kondensat oqimi va DEGning suvli
eritmasi issiqlik almashtirgichning quvurlar oralig‘i orqali ajratuvchi sig‘imga (15)
yо‘naltiriladi va u yerda sovutilgan nobarqaror kondensat gaz oqimiga purkash
uchun sig‘im idishiga (10) tо‘planadi.
Dostları ilə paylaş: