O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Qarshi Davlat universiteti Zoologiya kafedrasi



Yüklə 168,48 Kb.
səhifə3/3
tarix15.04.2018
ölçüsü168,48 Kb.
#38653
1   2   3

9-rasm.Brakon.

1.Brakonning umumiy ko’rinishi, 2- ko’sakdagi ko’sak qurti,

Ushbu ektoparazit ko’sak qurtidan tashqari juda ko’p boshqa kapalaklarning ham qurtlarini zararlaydi. Brakon tashqi parazit bo’lib, ko’sak qurtining o’rta va katta yoshdagi qurtlarini falajlab, so’ng ustiga 4-5 tadan 16 tagacha tuxum qo’yadi. O’lja ko’p bo’lsa, barcha falajlangan qurtga tuxum qo’yavermaydi. Tuxumlari bitta-bitta yoki bir nechtalab joylashgan bo’lishi mumkin. Har bir urg’ochi zot 400 tagacha va undan ortiq tuxum qo’yishi mumkin.

Brakon yetuk zot shaklida daraxt po’stloqlari, o’simlik qoldiqlari hamda kesaklar ostida qishlaydi. Bu entomofag tabiatda uchrashi bilan bir qatorda uni laboratoriya sharoitida mum kuyasi qurtlarida ko’paytiriladi. Bu entomofagni laboratoriya sharoitida maxsus mexanizatsiyalashtirilgan moslamalarda ko’paytirish usullari yaratilgan. O’simliklarda g’o’za tunlamining qurtlari paydo bo’lishi bilan biologik kurash dasturlarida har gektarga zararkunandaning soniga qarab (10-14/1 nisbatda) 500 dan 2000 tagacha tarqatiladi.

Oltinko’zlar to’rqanotlilar (Neuroptera) turkumiga, oltinko’z (Shrysopidae) oilasiga mansub hasharotlardir. Bu oilaga mansub hasharotlar Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikada keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda o’rta Osiyoda uning 24, Ozarbayjonda 33, Qozog’istonda 15 turi aniqlangan. O’zbekiston sharoitlarida oltinko’zlarning tur tarkibi hamda eng ko’p tarqalgan va istiqbolli turlarining ba‘zi bioekologik xususiyatlarini A.K.Mansurov, F.M.Uspenskiy, O.SH.Yuzbashyan va boshqalar o’rganishgan. Ular oltinko’zlarning qariyb 11 turini aniqlashgan. Bu oltinko’zlar tabiiy biotsenozlardagina emas, balki har xil ekinlarda va daraxtlarda ham uchraydi.

Oltinko’zlar tillasimon och yashil tusli juda nozik hasharotlar hisoblanadi. Ularning ancha keng, sadafsimon yoki kamalaksimon tovlanadigan qanotlari yoyilganda 19 dan 55 mm gacha yetadi. Mo’ylovlari tuksimon, peshonasi yassi bo’ladi. Yorug’lik tomon yaxshi uchadi. Endigina qo’yilgan tuxumlari och yashil tusli, keyin esa asta-sekin qorayadi. Urg’ochisi tuxumlarini g’o’zaning shoxiga, barglariga yoki shona tugunchalariga bittadan yoki to’p-to’p qilib, nozik ipaksimon asosga qo’yadi.


10-rasm. Oltinko’z.

Kapalak, 2- tuxumi, 3- lichinka, 4- shirani to’dasidagi lichinka, 5- g’umbagi

Oltinko’z qurtining tanasi old va orqa tomonidan ixcham bo’lib, tez yugurishga rivojlangan oyoqlari yordam beradi. Tusi och yashildan och sariqgacha. Panjalaridagi tirnoqlari o’rtasida empodiyalari bor. Ko’krak va qorin segmentlarida tananing yonlarida uchi ilmoqli yirik tuklar bilan qoplangan juft bo’rtiqlari rivojlangan. Lichinkaning katta yalpoq boshidagi uzunchoq, o’roqsimon egilgan yuqori jag’lari o’ljani tutib olishga moslashgan. Pastki jag’lari yuqorisiga zichlashib, yopiq nay hosil qiladi.

Bu naycha orqali yuborilgan maxsus hazm qilish shirasi vositasida oldindan eritilgan o’lja ichki a‘zolari va to’qimalari mazkur nay orqali so’riladi. Lichinkaning og’iz bo’shlig’iga parda tortilgan. Oziqlanib bo’lgan uchinchi yoshdagi qurt malpigi naychalari mahsuli bo’lmish ipaksimon iplardan yumaloq oq pilla o’raydi.

Bir necha kun o’tgach, qurt oxirgi marta po’st tashlab g’umbakka aylanadi. Ochiq tipda tuzilgan g’umbak yashil tusli bo’ladi. Rivojlanish oxirida harakatchan bo’lib qoladi, pillaning yuqori qismini kemiradi va shu qismi qopqoq singari ochiladi. Hosil bo’lgan teshikdan g’umbak tashqariga chiqadi va qulay joyni tanlab, substratga mahkam yopishib oladi va tullaydi, pirovardida yetuk zot uchib chiqadi. Oltinko’zning qurtlarigina yirtqichlik qilib hayot kechirishadi, ular nihoyatda xo’ran bo’ladi, joydan-joyga tez ko’chish va a‘lo darajada izlash xususiyatlariga ega. Juda hammaxo’r bo’lib, bo’g’imoyoqlilarning 70 dan ziyod turlari bilan, jumladan, kanalarning 11 turi bilan oziqlanadi.

Oltinko’zning hayot kechirish davri quyidagicha kechadi. U yetuk zot shaklida va qisman pilla ichidagi g’umbak holida tuproq kesaklarda, o’simlik qoldiqlari ostida, daraxt va bino yoriqlari kavaklarida qishlaydi.O.Yu.Yuzbashyanning ma‘lumotlariga boshqa imoratlar ichida faqat yetuk zot shaklida qishlab chiqadi. Qishlab chiqqan oltinko’zlar tabiiy sharoitlarda erta bahorda, mart oxiri –aprel boshlarida, o’rtacha bir kecha-kunduzlik harorat 10-110 ga yetganda faollashadi.

Qishlovdan chiqqan hasharotlar bu vaqtda gulli o’simliklarning gul changi bilan oziqlanishadi, juftlashadi, so’ngra esa tuxum qo’yishga kirishadi. Tuxumlarni o’simlik barglarining yuzasi va ost tomonlariga va boshqa joylarga bittadan yoki bir nechtadan to’p-to’p qilib qo’yadi, ular ingichka poyacha holida substratga ilashadi.

Ko’pincha oltinko’z tuxumlarini shira juda ko’paygan joylarda, lichinkalari uchun ozuqa oson topiladigan yerlarga qo’yadi. Tuxum qo’yish tekis kechadi. Bitta urg’ochi kun davomida 65 tagacha, butun umri davomida esa 500-750 tagacha tuxum qo’ya oladi. Embrionlik rivojlanish davomiyligi ob-havo sharoitlariga qarab 4 kundan 15 kungacha davom etadi. Lichinkaning tuxumni yorib chiqishi bir necha minutga cho’ziladi, shundan keyin ular birmuncha vaqt qimirlamay qoladi. Terisi qurib qotgandan keyin lichinka tuxum bandi bo’ylab pastga tushadi va zo’r berib ozuqa qidira boshlaydi.

Lichinkalar (ayniqsa kichik yoshdagilari) juda serharakat bo’ladi. Oziqlanish vaqtida ular ikki marta tullaydi. So’nggi tullash pilla ichida kechadi. Lichinkalik davrining rivojlanish davomiyligi atrof-muhit haroratiga va ozuqa mavjudligiga qarab 7 kundan 21 kungacha davom etadi. Birinchi yoshdagi lichinkalar asosan hasharotlarning tuxumlari, shiralar va kanalar bilan oziqlanadi. Ikkinchi va uchinchi yoshdagilari kam harakat bo’ladi hamda yirikroq o’ljalari afzal ko’radi rivojlanish davri davomida lichinka 300 tagacha shira, o’rgimchakkana va zararli tunlamlarning tuxumlarini yeydi.

Katta yoshdagi lichinkalari oziqlanishni poyoniga yetkazib pilla o’raydi va bevosita o’simliklarda, uning turli pana joylarida g’umbaklanadi. G’umbaklanishga kirish davri 2 kundan 7 kungacha g’umbak davri esa 5 kundan 16 kungacha davom etadi. G’umbakdan ochib chiqqan yetuk hasharot 5-7 kun oziqlanadi va qidirib topib tuxum qo’ya boshlaydi.

Ular kunning kechki va ertalabki soatlarida juda faol bo’ladi. Urg’ochilari butun hayoti davomida (birmuncha vaqt oralatib) tuxum qo’yadi. Oltinko’zning yetuk zoti tabiiy sharoitda giyoh shiralari, gulli o’simliklarning gulchanglari hamda barg, meva va boshqalarning suyuqliklari bilan oziqlanadi.

O’zbekiston sharoitida oltinko’zlarning asosiy turlari 4-5 bo’g’in berib ko’payadi. Tabiatda oltinko’zning bo’g’in berish miqdori iqlim sharoitlariga hamda atrofdagi o’simliklarda bo’g’imoyoqli jonivorlarning zichligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, oltinko’z bir bo’g’inining rivojlanish haroratga (19-210 dan 35-370 gacha) va havo namligiga qarab 25 kundan 55 kungacha davom etishi mumkin. Harorat 37-40 0 S va havoning nisbiy namligi 30-40 % bo’lganda bir bo’g’inning rivojlanishi 15-19 kunda tugallanadi.

Oddiy oltinko’z lichinkasi va xonqizi shiralarning har xil turlari o’rgimchakkana, sikada, komstok qurti, tokka tushadigan un qurti, fitonomus, beda qandalasi lichinkalari, g’o’za va boshqa tunlamlarda hamda turli xil mevali daraxtlar kuyalarining tuxum va qurtlari bilan oziqlanishi mumkin. Yetuk oltinko’zlar o’z bo’g’inlarini ozuqa bilan ta‘minlash uchun mavsum davomida turli ekinlarga ko’chib yurishadi.

Qurti uchun yetarli miqdorda ozuqa manbai topilishi bilanoq urg’ochisi darhol tuxum qo’yishga kirishadi. Erta bahorda bedazorlarga, arpa, bug’doy ekinlarida, begona o’tlarda, tut, meva daraxtlarida ko’plab oltinko’zlarni topish mumkin. G’o’za nihollarida shira paydo bo’layotgan davrda ular shunday paykallarga o’tib obdon rivojlanadi. Keyinchalik ular boshqa ekin maydonlariga tusha boshlaydi.

Biroq, ularning nufuzi turli makonlarda turlicha bo’lishi mumkin. Ular mavsum davomida beda,g’o’za ekinlariga va mevali daraxtlarga eng ko’p tushadi. Masalan,g’o’za maydonida may o’rtalarida har 100 tup o’simlikda 8-15 ta yetuk zot, 20-25 ta tuxum, 2-5 ta lichinka, 1-2 ta g’umbak uchratish mumkin.

Oltinko’zlar agrobiotsenozda muayyan o’rin egallashiga qaramay yuqori harorat, havo nisbiy namligining pastligi, tabiiy kushandalar, g’o’zani har hil zararkunandalardan himoya qilishga qaratilgan zaharli kimyoviy vositalar ta‘sirida ularning nufuzi va foydali faoliyati ancha pasayadi. Shu bois shira, o’rgimchakkana va boshqalar tushgan maydonlarga oltinko’zlarni mavsumiy chiqarish usuli katta qiziqish uyg’otadi.

Hozirgi vaqtda oltinko’zlarni laboratoriyalarda tabiiy ozuqalarda hamda sun‘iy ozuqali muhitlarda ommaviy tusda ko’paytirish usuli tuzib chiqilgan. Tabiiy ozuqalarda ko’paytirish uchun don kuyasi kapalagining endigina qo’ygan yoki qizargan tuxumlaridan muvaffaqiyatli foydalaniladi. Oltinko’zlar ommaviy tusda ko’paytirilganda uning har bir rivojlantirish davri uchun turli o’rtacha bir kecha-kunduzlik harorat va havo namligi talab etilishini hisobga olish lozim.

Birinchi yoshdagi lichinkalar uchun 80% havo namligi bilan uyg’unlashtirilgan 250 harorat maqbul hisoblanadi. G’umbaklar birmuncha kam talabchan, biroq ular o’sha sharoitlarda eng ko’p yashab qolishi qayd etilgan, biroq ular o’sha sharoitlarda eng ko’p yashab qolishi qayd etilgan. Tuxumlar, ikkinchi va uchinchi yoshdagi qurtlar hamda g’umbakoldi holati haroratlarning keng diapazonida (20-300 harorat) va namlikda (50-80%) muvaffaqiyatli rivojlanaveradi.

Yetuk zot rivojlanishi uchun yuqori namlik (80%) va mo’‘tadil harorat (200 atrofida) maqbul hisoblanadi. Ana shunday sharoit mavjud bo’lganda hasharotning yashovchanligi eng yuqori darajada bo’ladi, uzoq (80-82 kun) umr kechiradi va eng ko’p miqdorda (750 tagacha) tuxum qo’yadi.

B.P.Adashkevichning ma‘lumotlariga ko’ra, oltinko’z tuxumlarining rivojlanish davomiyligi haroratga qarab, 3 kundan 7 kungacha boradi. Lichinka 15-28 kun, g’umbak esa 8-17 kun rivojlanadi. Yetuk zot bir oygacha yashaydi. Bir bo’g’inning o’rtacha rivojlanish davomiyligi 52 kunni tashkil etadi.

Tabiatda oltinko’z ancha nufuzli bo’ladi. Uning yetuk zoti har xil ekinlarga ko’chib yuradi. Ozuqaning mo’l-ko’lligiga qarab goh u goh bu dalada to’planadi. Muayyan daladagi shiralar yoki kanlar sonini kamaytirish uchun oldindan laboratoriyada ko’paytirilgan oltinko’zlarning qurtlarini sun‘iy ravishda tarqatish kerak.

Oltinko’zlarning ommaviy tusda urchitish usuli ko’pchilik davlatlar kabi bizning mamlakatimizda ham tuzib chiqilgan. U hozircha qo’lda ko’paytirilayapti. Lekin amalda yaratilgan usulni ishlatishga mo’ljallangan. Ishlatishga mo’ljallangan biofabrikaning loyihasi hozirdayoq tuzib chiqilgan. Oltinko’z urchitish texnologiyasi quyidagi tuxumlarni inkubatsiya qilish, lichinka va yetuk zotni tarbiyalash, tuxum olish va ularni yig’ishtirsh, biomaterialni saqlash. Substratdan ajratilgan oltinko’z tuxumlarini 250 harorat va 80 % nisbiy havo namligida ikki-uch kun tutiladi.

Bunday sharoitlarda lichinkalar 4-5 kunda ochib chiqadi. Qurt chiqishidan bir kun oldin (yakkalatib o’stirish uchun) tuxumlar katakli sadkalarga joylashtiriladi yoki yarim litrli shisha bankalarda guruhlab o’stiriladi. Oltinko’z qurtlariga kannibalizm (bir-birini yeb qo’yish) xosdir. Shuning uchun bu hasharotni ko’paytirishda yakka-yakka qilib maxsus uyali sadkalarda o’stirish yoki ma‘lum qurbonlar bilan guruhli o’stirish usuli ishlatilishi qimmat bo’lganligi sababli guruhli o’stirishni ta‘riflab o’tamiz.

Oltinko’z qurtlarini guruhli usulda o’stirish uchun muayyan qoidalarga rioya etish talab qilinadi. Ozuqani mo’l-ko’l qilib berish kerak. Laboratoriyadagi sharoit qurtlar uchun hamisha optimal bo’lishi lozim. Harorat 20-270, havo namligi 50-70 % . Qurtlarni guruhlab parvarishlash kannibalizmdan to’liq holi qila olmaydi.

Shuning uchun ularni yarim litrli shisha bankaga 50 tadan oshirmay joylash shart. Har bir bankaga 100-200 tagacha hasharot joylashtirilsa, zichlik oshishi oqibatida qurt chiqishi 18-20% kamayadi. Oltinko’zlarni qurtlik davrida tarqatish ko’zda tutilganda uni guruhlab boqish yaxshi samara beradi.

Biolaboratoriya va biofabrikalarda oltinko’zni ommaviy tusda urchitish borasidagi muammolardan biri - qurtlarni ozuqa bilan ta‘minlash masalasidir. Oltinko’zlar hozirgacha don kuyasi kapalagi tuxumlarida o’stirilmoqda. Lekin nisbatan qimmat bo’lsa ham qurtlarni oziqlantirish uchun sun‘iy ozuqa muhitlarining bir nechta retseptlarga yaratilgan. Bir hafta boqilgandan keyin uch-besh kun o’tgach lichinkalar oziqlanishdan to’xtab, katakchalarda pilla o’rashga kirishadi. Pilla hosil bo’lgandan keyin olti-etti kun o’tgach ulg’aygan hasharotlarni parvarishlash uchun ularni sadkalarga ko’chiriladi. Buning uchun diametri 30 sm va devorlarining balandligi 10 sm keladigan ichi bo’sh tsilindrdan iborat sadkalarlardan foydalaniladi.

Sadkaning tubi mayda to’rdan iborat bo’ladi. Sadkaning tepasi qalin mato yoki qora qog’oz bilan yopiladi. Mato yoki qog’oz, shuningdek kapron to’r ham vint bilan qisib qo’yiladigan maxsus xalqalar yordamida silindrga mahkamlanadi.

Ulg’aygan hasharotlarni oziqlantirish uchun asal va pivo achitqilarining 40 % li avtolizatsiya foydalaniladi. Hayotining dastlabki besh kunida hasharotlar faqat asal, so’ngra esa avtolizat bilan boqiladi, ular sadka devorlariga navbat bilan tomiziladi. Porolonning kichik bo’lakchalariga avtolizat shimdirish ham yaxshi. Avtolizat tayyorlash uchun yangi pivo achitqilarini emal kyuvetkalarga qo’yib, termostatda 500 haroratda ikki kun tutiladi. Tayyor bo’lgan avtolizat sovutgichlarda 5-8 haroratda ko’pi bilan 15 kun saqlanadi.

Oltinko’zning urg’ochilari qora mato yoki qog’ozga tuxum qo’yadi. O’tkir yupqa pichoq vositasida poyachalarni kesib, tuxumlar yig’ishtiriladi. 50 harorat va havoning 60-80% nisbiy namligi oltinko’z tuxumlarini saqlashning maqbul sharoiti hisoblanadi. Ana shunday sharoit yaratilsa, bir-ikki kunlik tuxumlar 30-35 kungacha saqlanadi, shu bilan birga hayotiy xususiyatlari pasaymagan qurtlar 70-80% chiqadi.

Yirtqichning birinchi yoshdagi qurtlarini 30-40 kun, ikkinchi va uchinchi yoshdagilarini ko’p bilan 20 kun saqlash mumkin. G’umbaklarni bir oygacha saqlash mumkin, lekin ulardan ochib chiqqan hasharotlarnnig pushtdorligi yaxshi bo’lmaydi. Oltinko’zlarning ulg’aygan diapauzaga kiradigan zotlarini saqlash juda samaralidir. Faol urg’ochilari diapauzaga kiritish uchun yorug’lik kuni 10 soatgacha qisqartiriladi. Qanotlarining rangi yashil yoki salat rangidan och pushti rangga o’zgarishi hasharot diapauzaga kirishidan dalolat beradi.

Mamlakatimizda issiqxonalardagi sabzavot, ko’kat va manzarali ekinlarga tushadigan shira, o’rgimchakkana va boshqalarga qarshi kurash olib borishda oltinko’zlarni mavsumiy chiqarish usulini muvaffaqiyatli qo’lashga doir yechimlar mavjud. Ochiq maydondagi tajribalarda bu usulning muqarrar ijobiy natijalar berishi tasdiqlangan.

Hozirgi vaqtda g’o’zanning eng asosiy zararkunandalariga qarshi kurashda oltinko’zlarning samaradorligini sinash borasida olib borilayotgan tadqiqotlar poyoniga yetkazilgan. Biroq bu yirtqichni ko’plab urchitish ishlari sermehnat va qimmat bo’lganligi tufayli uni katta maydonlarda qo’llash imkoni bo’lmay turibdi. Dala sharoitida o’tkazilgan tajribalarnnig ko’rsatishicha, shiralar va o’rgimchakkana majmuiga qarshi oltinko’z qo’llashdan yuksak samara olish uchun entomofagning xo’jayiniga nisbati 1:10 bo’lganda 2-yoshdagi lichinkalarini gektariga kamida 150-200 mingta chiqarish zarur.

Shunda biologik samaradorlik 84,2 % ga yetadi. Ko’rinib turibdiki, hozirda amaliyotda ishlatilayotgan usul dalaga oltinko’zning tuxum yoki yetuk zotini hamda oz miqdorda (500-1000 dona/ga) tarqatish, kutilgan samarani bermaydi.

Asosiy sabablari: birinchidan tuxum hali qurt (lichinka emas). Dalaga tarqatilgan tuxumning ko’p qismi chumolilar tomonidan tashib ketiladi. (kuzatishimizga qaraganda, may oyida g’o’za ekilgan maydonning har m2 da 12 tadan 224 tagacha turli xil chumolilar izg’ib yurganini ko’rish mumkin).

Ikkinchidan yetarli samara beradigan sarflash meyori yuqori bo’lganligi sababli, oltinko’zni “tirik insektitsid” sifatida ishlatish juda qimmatga tushadi (100 mingdan 1 mln.so’mgacha).

Koksinellidlar – qattiq qanotlilar (Soleoptera) turkumining xonqizi (Sossinellidae) oilasiga mansub hasharotlar. Koktsinellidlar oilasiga mansub vakillar keng tarqalgan bo’lib, ular ekinlarga tushadigan xavfli zararkunandalarni yo’qotishda katta ahamiyatga ega. Shiralar, kanalar, qurtlar, qalqondorlar, fitonomus qurtlari ana shunday xavfli zararkunandalar qatoriga kiradi.

Qo’ng’izning tanasi yumaloq, tepasi qubbali, osti yelkasi va qanot ustligi ravon qubbali holda ko’zga tashlanadi. Tuxumlari sariq rangli birmuncha yirik, uzunchoq shaklda bo’ladi.

Koksinella oilasiga mansub qo’ng’izlar tuxumlarini shiralar koloniyalari yonidagi o’simliklarning har xil qismlariga to’p-to’p qilib qo’yadi. Yirtqich tuxumdan ochib chiqqan lichinkalari shiralar bilan oziqlanadi. Endigina ochib chiqqan lichinkalar birmuncha vaqt tuxum po’stloqlarida (bir-biriga qattiq qisilib) o’tiradi va shirani topishi bilanoq uni yeyishga kirishadi.

Kichik yoshdagi qurtlar u qadar harakatchan bo’lmaydi. Yoshi oshgan sayin juda harakatchan bo’lib, shiralarning to’pidan to’piga o’taveradi. Lichinkalar to’rt yoshni o’taydi. G’umbaklanish payti kelganda lichinkalar tanasining keyingi tomoni bilan biror narsaga ilinib oladi.

G’umbaklar kam harakat bo’ladi, lekin bezovtalanganda tanasining old qismini qo’qqisdan ko’tarib, perpendikulyar holatda turib oladi. G’umbaklanadigan joylar har xil bo’lishi mumkin. G’umbaklar ko’pincha lichinkalar oziqlangan o’simliklarning barglarida yoki shoxchalarida joylashadi. G’umbaklardan chiqqan qo’ng’iz shiralarni zo’r berib qiradi va 10-12 kun o’tgach juftlashishga kirishadi, bir-ikki kun o’tishi bilan tuxum qo’ya boshlaydi. Urg’ochilari tuxumlarini ravon qo’ymaydi.

Tuxum qo’yishga kirishgandan keyin 10-15 kun o’tgachgina eng ko’p (kuniga 38-42 ta) tuxum qo’yiladi. Urg’ochilarning tuxum qo’yish davri 45 kungacha cho’ziladi. Bitta urg’ochi zot 250 dan 2900 tagacha tuxum qo’yishi mumkin. Koktsinellid qo’ng’izlari turli balandlikdagi tog’larda qishlaydi. Bahorda qishlov joylaridan ancha barvaqt uchib chiqadi. Qishlov joylaridagi havoning harorati va namligi qo’ng’izlar faol holatga o’tishiga olib keladigan asosiy shartlardandir.

Qishlovdan chiqqan qo’ng’izlar aprel boshida yoki o’rtalarida ya‘ni o’rtacha bir kecha-kunduzlik harorat 12-150 ga yetganda bedazorda, shaftolizor bog’larda va yovvoyi o’simliklarda paydo bo’ladi. Ozuqaning miqdori va sifatiga hamda ob-havo sharoitlariga qarab ularning qo’shimcha oziqlanishi 10-22 kunga cho’ziladi. So’ngra ular juftlashish va tuxum qo’yishga kirishadi

Yirtqich xonqizilar orasida eng hammaxo’ri 7 nuqtali qo’ng’izlar hisoblanadi. Har bir qo’ng’iz bir kecha-kunduz davomida 50 dan 100 tagacha shira yeydi, lichinkalari ayniqsa badnafs bo’ladi. Barcha makonlarda shiralar nufuzi keskin kamayishi natijasida iyul oxiri avgust boshlarida qo’ng’izlarning ko’pi yozgi uyquga ketish uchun tog’li tumanlarga uchib ketadi.

Yetti nuqtali va o’zgaruvchan xonqizi qo’ng’izlari Toshkent viloyatidagi Oqtosh, Xo’jakent, Xumson, Suvko’kda, ya‘ni dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikda to’planadi. Ular ko’pincha yakka holda, ba‘zan esa 15-20 tadan bo’lib, o’tlar va butalar tagida, hazon va ezilgan barglar ostida joylashib qoladi. Kuzgi sovuqlar tushishi bilan qo’ng’izlar to’plangan joylaridan to’g’onlar yonidagi eng bahavo joylarga va tog’larga uchib borib, u yerlarda minglab yig’ilishadi. Qishlovga to’plangan ayrim to’plari bir-birlariga yaqin joylashadi. Ular odatda har yili bir xil joylarga qishlaydi, bu esa qishlaydigan to’plarning joylanishini kartaga olish imkonini beradi. O’zbekistonda koktsinellidlarning eng samarali turlariga quyidagilar kiradi: 7 nuqtali xonqizi, o’zgaruvchan besh nuqtali, 2 nuqtali semiadaliya hamda brumus. Boshqa xil turlari kam uchraydi.

O’simliklarni biologik himoya qilish keng ma‘nodagi tushuncha bo’lib uning halqaro biologik himoya qilish tashkiloti tomonidan takidlashicha «Biologik himoya qilish tirik organizmlar yoki ular hayot faoliyatida ishlab chiqqan maxsulotlar zararli organizmlar yo’q qilishda yoki ularni zararini kamaytirish uchun qo’llanishga aytiladi.

O’simliklarni biologik himoya qilish qadimdan qadrlanib kelingan jumladan o’simlik bitlarining qushandasi xonqizi, beshiktebrat, oltinko’z kabi zararkunandalarning kushandalari shular qatoriga kiradi. Hasharotlardan foydalanish hatto sanoat asosida yo’lga qo’yilgan turlari ham mavjud bo’lib minglab yillik tarixga ega. Lekin ularni biologik himoyada zararkunandalarga qarshi yo’lga qo’yilishi XVIII-asrga to’g’ri kelib, quyidagi olimlar I. I. Mechnikov, N. F. Gamaleya, L. Paster tomonidan kemiruvchilarni kasallik qo’zgatuvchilariga qarshi qo’llash bo’yicha ilmiy ishlar olib borildi. Keyinchalik I. Ya. Sheverov. N. V.Kuruyumov, I. A. Porchinskiylar zararkunandalarga qarshi entomofaglarni tavsiya qildi. Natijada entomofaglarni bir xududdan boshqa xududlarga ko’chirish mumkinligi ma‘lum bo’ldi. Keyingi izlanishlar natijasida ko’plab entomofaglarni introduktsiya qilish ishlari bo’lib ular borib chet ellardan ko’chirilib kelindi.

Bular jumlasiga o’simlik bitlariga, komstok qurtlariga samarasi yuqori bo’lgan afelinus, lodiliya, giptolemus, trixogramma ko’plab turdagi tunlamlarning tuxumiga qarshi, ko’plab kasallik qo’zg’atuvchilarga qarshi mikrobiologik preparatlar olib kelindi. Biologik himoya qilishda chet ellik olimlar bilan bir qatorda O’zbekistonlik mutaxassislar ham o’z hissasini qo’shdilar, jumladan fanlar akademiyasining muxbir a‘zolari R. A Alimjonov, V. V. Yaxontov, akademik N. N. Maxmudxodjaev va M. I. Rashidov, Z. K. Adilov, S. N. Alimuxammedov, A. G. Davletshina, A. Sh. Xamraev, X. R. Mirzalieva va boshqalar o’z hissasini qo’shdilar.

O’simliklarni biologik himoya qilish bo’yicha halqaro biologik himoya qilish tashkiloti mavjud bo’lib, bu sohadagi ilmiy tekshirish ishlari, biologik himoyani ishlab chiqishga keng joriy etish masalalari bilan shug’ullanib kelmoqda. Biologik himoya qilish bo’yicha bir nechta ilmiy tekshirish institutlari shug’ullanib bular jumlasiga O’zbekiston o’simliklarini himoya qilish instituti, fanlar akademiyasi qoshida Zoologiya va parazitologiya instituti, Sabzavot va kartoshkachilik instituti, Jaxon banki qoshida o’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilish sohasidagi ishlari diqqatga sazovordir.

Qishloq xo’jalik ekinlarining zararkunandalarini juda tez rivojlanishini, ko’payishini oldini olishda bu zararkunandalarni tabiiy dushmanlari, yirtqichlar, parazitlar va kasallik qo’zgatuvchi organizmlardan foydalanishdan iboratdir. Hozir bizning davlatimizda bu usul juda katta maydonlarda juda ko’p o’simliklarni zararkunandalariga qarshi qo’llanilib kelmoqda. Hozir davlatimizdan 500 dan ortiq biolaboratoriya va biofabrikalar mavjud bo’lib ular bir necha xildagi entomofaglarni ko’paytirib ishlab chiqarishda qo’llanilmoqda.


3.4. Zararkunandalarga qarshi kurashda biologik faol moddalardan foydalanish.
Hasharotlar gormonlari va ularning analoglari. Endokrin bezlar, yoki ichki sekrtsiya bezlari bevosita gemolimfaga hasharotlar modda almashuvi va rivojlanishini boshqaradigan sekretlarni ajratadi. Bunday sekretlar umurtqalilar sekreti analogiyasi o’xshash gormonlar nomini oldi.

Ayrim gormonlardan lichinkalik yoki yuvenil va lichinkalik ekdizon endilikda toza holda ajratilib, ularning kimyoviy strukturasi va funksiyasi aniqlandi; boshqalari – faollashtiruvchi gormon, taxminiy diapauza gormonlari ular ko’rsatadigan samara xususiyatiga binoan ma‘lum; uchinchi diuretik sust metabolizmini boshqaradigan gormon, jinsiy qo’shilish takroriyligini boshqaradigan gormon va boshqalarning mavjudligi faqat taxmin qiladi.

Ko’pchilik tadqiqotchilar e‘tiborni ekdizonga nisbatan kimyoviy tarkibi oddiyroq bo’lgan va sintezlash sxemasi murakkab emasligi bilan farqlanadigan yuvenil gormonal o’ziga jalb qiladi.

Yog’larda yaxshi erishi yuvenil gormon va uning sintetik analoglaridan kontakt ta‘sirga ega bo’lgan preparatlar tayyorlashda foydalanish imkoniyatini beradi. Yuvenil gormon bu tanaga taalluqli sekret barcha hasharotlarning ma‘lum bir rivojlanish fazalaridan kuzatiladi. Umumiy qonuniylikka ko’ra gormonning yuqori dinamik titri hasharotlar preimaginal rivojlanish fazalarida, u sonining pasayishi metamorfoz o’tish davrida yangidan ko’payishi esa reproduktiv rivojlanish davrida kuzatiladi, shunga ko’ra uning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:

To’qimalar va metamorfoz hamda reproduktiv rivojlanish (metamorfozdan keyin) jarayonlar kechikish davrini kuchaytirish ayniqsa urg’ochilar jinsiy bezlar va erkak hasharotlar qo’shimcha bezlari rivojlanishi diffensia (tabaqalanish)si oldini oladi.

Yuvenil gormonlar va unga yaqin birikmalarni o’simliklar himoyasida qo’llash g’oyasi K. Vilyams va K. Slamenga (1965) tegishlidir. Ular YuG faolligiga xos moddalar ayrim ninabargli daraxtlar turlarida ham aniqlaganlar. Bu birikmalar tarkibi bilan YuG dan farqlanadigan, ammo ular fiziologik faolligi bilan YuG o’xshash bo’lganligi tufayli YuG analogi yoki yuveniodlar nomini oldilar. Hozirda bunday birikmalarning 1000 dan ortig’i ma‘lum.

Yuvenoidlarni o’simlik himoyasiga qo’llash bir qancha qiyinchiliklar bilan bog’liq. Hasharotlarga YuG jiddiy ta‘siri 2-3 kun davom etsa, ayrimlariga esa 12-24 sotagina xolos. Bundan tashqari hasharotlarning tabiiy sharoitda sinxron rivojlanishi kamdan-kam holda uchraydi.

O’simliklarda hasharot lichinkalarning turli yoshdagilari, hattoki turli rivojlanish fazalari kuzatiladi, vaholanki yuvenoidlarning faol ta‘siri 3-4 sutkadan oshmaydi. Bundan tashqari ultrabinafsha nurlar ta‘sirida 16 soatdan keyin ko’pchilik birikmalar yarim samaradorlik xususiyatini yo’qotadi.

Yuvenoidlar tez ta‘sir qilish xususiyatiga ega emaslar. Natijada zararkunanda ekinga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ayrim yuvenoidlar organizmga to’planmaydi. Issiqqonli hayvonlarga kam zaharli, shu munosabat bilan ular ustida tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. AQSHda chivinlarga va boshqa qonxo’r hasharotlarga qarshi altazit preparatini qo’llash tavsiya etilgan.

Bu preparat zararli hasharotlarga qarshi kurashda ham yuqori samara berdi. Gidropren, kinopren, tripren, epofenonan singari preparatlar sinovdan o’tkazilib oxirgisi ultrabinfsha va boshqa omillar ta‘siriga chidamliligi qayd qilindi.

Karbamidlar hosilasiga oid gormonga o’xshash, hasharot xitini sintezini sekinlashtiruvchi moddalar guruhi ham ma‘lum qiziqish uyg’otadi. Bu moddalar kutikula tarkibidagi xitin hosil bo’lishi uchun zarur atsetilglyukozamin ulanish jarayonini qirqadi. Natijada kutikulaning shakllanishi buziladi, jumladan endokutikula, hasharot, lichinka va g’umbaklari tullashi va metamorfozi davrida ular nobud bo’ladi. Hasharotlar voyaga yetganlariga bu moddalar ma‘lum kontsentratsiyalarida ta‘sir ettirilganda, ularning reproduktiv funksiyalari o’zgarishi tufayli sterillanadi, qo’yilgan tuxumlarda embrion nobud bo’ladi.

Dimilin tuproq mikrorganizmlarni baliq, qush va issiqqonli hayvonlar uchun kam zaharli bo’lib, biotsenoz ozuqa zanjirida sezilarli darajada to’planmaydi. O’simlik barglarida 3 hafta va tuproqda 4 hafta, suvda esa 3-10 kun davomida saqlanadi. Dimilin ichidan ta‘sir etuvchi vosita bo’lib, ko’pchilik zararkunandalar: kolorado qo’ng’izi, olma kuyasi, olma qurti, amerika oq kapalagi va boshqalar lichinka va qurtlarga qarshi qo’llanilganda yuqori samara beradi. Bir vaqtning o’zida u entomofaglar va changlatuvchilarga, jumladan asalariga ham ta‘sir etadi.

Feromonlar. Hasharotlarning xarakterli xususiyatlaridan biri bo’lib, hayron qolarli nozik hid bilishidir. Bu xususiyat hasharotlar o’zaro informatsiya aloqasi, ya‘ni hasharotlarning o’ziga xos tilidir.

Hozirda turli vazifalarni bajaruvchi ko’pgina feromonlar ma‘lum. Bularga agregatsion feromonlar yoki to’plovchi feromonlar, hasharotlar ozuqa manbalaridan foydalanish yoki jinsiy chatishish joyini izlash xususiyatlari qandalalar, to’g’ri qanotlilar va ayrim qo’ng’izlar (po’stloqxo’rlar)ning qobiliyatini aniqlanishi; xavotirlik yoki himoya qismini qo’zg’atadigan feromonlar (chaquvchi pardasimonqanotlilar, termitlar, o’simlik bitlari); ovqat izlash maqsadida chumolilar va termitlar ishlab chiqaradigan izferomonlari; jamoa bo’lib yashaydigan hasharotlar uyasida tabaqalarga nisbatini tartibga solib turuvchi feromonlar (arilar va boshqa pardasimonqanotlilar); jinsiy feromonlardir.

O’simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda, ayniqsa hasharotlarning jinsiy feromonlari yoki jinsiy attaraktantlari muhim amaliy ahamiyatga ega.

Feromonlar to’g’risidagi fanning rivoji keyingi 40 yilga mansubdir. 1960 yili jinsiy feromonlar kimyoviy xususiyati faqat 2 tur hasharotlar tut va tengsiz ipak qurtlarida ma‘lum bo’lgan bo’lsayu, 1980 yilga kelib 700 turdagi hasharotlar feromonlari qayd qilinib, shulardan 220 tur hasharotlar feromonlarining kimyoviy tuzilishi o’rganildi.

Urg’ochilar hosil qilgan feromonlar asosan erkaklarini jalb qiladi. Dastlab izlanishlarda har bir tur hosil qilgan feromon faqat shu tur ikkinchi jinsigina jalb qiladi, deb tasavvur qilingan bo’lsa, keyinchalik ajratilib va foydalanilgan.

Ko’pincha ixtisoslashgan feromonning ozroq qismini (10% gacha asosiy komponent) qolganlarini esa ikkilamchi tur asosiy komponent faolligini oshiruvchi (sinergizm) yoki boshqa turlar jalb qilinishini kamaytiruvchi (ingibitorlar)moddalar tashkil qiladi. Bunda ikkilamchi va asosiy yoki birlamchi moddalar nisbati aniq saqlangan holda feromonning ixtisosligi ta‘minlanadi. Ikkilamchi moddalar asosiy komponentlar izomerlari ular izomerlari joylashgan o’rni, ular o’tmishdoshlari biosintezi yoki qarindoshlik strukturasi, funktsional guruhlari bilan farqlanadigan to’yingan strukturalar darajasida bo’lishi mumkin.

Turlarni ikkilamchi komponentlar yordamida izolyatsiya qilish ekologik nuqtai nazardan o’zini oqlab va nafaqat bir-biridan taksonomik uzoq turlar orasida, balki shu turning turli iqlimli mintaqalarda yashovchilari orasida ham amalga oshirsa bo’ladi.

Tungi kapalaklar va arrakashlar ajratgan feromonlar uzoqdan, ya‘ni erkak hasharotlarni talaygina masofadan jalb eta oladigan attraktantlardir.

Ko’pchilik kapalaklar erkaklari ham feromonlar ajratib, bu modda urg’ochilar jinsiy qo’shilish xususiyatini afrodiziaklar qo’zg’atadi. Ayrim qo’ng’izlar, jumladan, katta un mitasi erkak qo’ng’izi attraktant va bir yo’la urg’ochilar hidi reaktsiyasiga javoban boshqa erkaklarning faolligini susaytiruvchi antiafrodiziak chiqaradi.

Hozirda hasharotlar feromonlari o’simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda keng qo’llanilib kelinmoqda. Ularni qo’llashning ikki yo’li belgilangan bo’lib, signalizatsiya va populyatsiyasi holati ustidan nazorat o’rnatish hamda zararkunandalarga qarshi kurash vositasi sifatida foydalanish.

Signalizatsiya va hasharot populyatsiya holati ustidan nazorat o’rnatish. Jinsiy feromon tuzoqlar o’simliklar karantini xizmatida keng foydalanib kelinmoqda. Ayniqsa sharq mevaxo’ri,kartoshka kuyasi, amerika oq kapalagi, o’rta yer dengizi meva pashshasi, kaliforniya qalqondori singari muhim karantin zararkunandalarini o’z vaqtida aniqlashda juda zarur vosita hisoblanadi.

Feromonlarni zararkunandalarga qarshi kurash vositasi sifatida qo’llash. Jinsiy attraktantlarini zararkunandalarga qarshi qirib yo’qotish vositasi sifatida qo’llash bo’yicha muvaffaqiyatli tajribalar ma‘lum.

Bunga erishish uchun erkak hasharotlar ommaviy tutilib, tabiatda “erkak vakuum” hosil qilinadi. Erkaklarni chalg’itish usuli yoki feromonlar insektitsidli tuzoqlar sifatida qo’llaniladi.

“Erkak vakuum” hosil qilish printsipi jinsiy feromon tuzoqlarga erkak hasharotlarni jalb qilishga asoslangan. Buning natijasida urg’ochisining tabiiy populyatsiyasi jinsiy chatisha olmasligi tufayli zararkunanda tabiiy populyatsiyasi sonining kamayishiga olib keladi.

Buning uchun ma‘lum bir hududni to’liq egallash maqsadida birdaniga ko’p miqdordagi feromon tuzoqlar ta‘siridan foydalaniladi.

X U L O S A
Qulupnay o’simligiga zarar keltiruvchi zararkunandalarning morfo-anatomik tuzilishidagi muhim belgilari shu soxaga oid adabiyotlar asosida o’rganildi.

- Qulupnay o’simligiga zarar keltiruvchi zararkunandalarning tur tarkibi G.Vanek ma‘lumotlari asosda aniqlandi. Aniqlangan turlardan qulupnay bargxo’ri Galereculla tenella, qulupnay uzunburuni Anthonomus terreus, qulupnay kanasi Tarsonemus pallidus, ildiz shirasi Eriosoma ulmi, to’rli shilliq qurt A. reticulatus bioekologik xususiyatlari Koson tumani sharoitida ilk marotaba o’rganildi.

- Zararkunandalarga qarshi kurashning agrotexnik tadbiri qo’llanildi. Unga ko’ra qulupnay ekilgan maydonlarni almashlab ekish, kuzda chuqur shudgor qilish qish oyida yaxob suvi berish va bahor oylarida qulupnay ko’chatlarini ekishdan oldin tabiiy go’ng solib tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari qo’llanildi va ijobiy natija olindi.

- Qulupnay ekilgan maydonlarda ko’p uchragan to’rli shilliq qurtning tuxumiga qarshi biolabaratoriyadan keltirilgan trixogramma qo’llanildi. Lichinkalariga qarshi esa gabrobrakon qo’yildi va ijobiy natija olindi.




Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. O’zbekiston -1997 y.

2. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. 1998 y.

3. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. 2006.

4. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch. 2008 y.

5. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. 2011.

6. Алимухаммедов С.Н. Хўжаев Ш.Т. Ғўза зараркунандалари ва уларга

қарши кураш.- Тошкент – “Меҳнат”, 1991.

7. Алимуҳаммедов С.Н. Адашкевич Б, Одилов З.К. Хўжаев Ш.Т.

Ғўзани биологик усулда ҳимоя қилиш.

8. Дала тажрибаларини ўтказиш услублари. – Тошкент: ЎзПИТИ, 2007-147.

9. Ванек Г. Корчагин Б.Н. Тер-Симонян К.Г. Атлаc болезней и

вредителей плодових, ягодних, овошних культур и

винограда. М. Агромиздат.1989.

9. Муродов С.А. Умумий энтомология курси. Т.Меҳнат. 1986.

10. Олимжонов Р.А. Энтомология – Тошкент “Ўқитувчи”, 1977.

11. Яхонтов В.В. Ўрта Осиё Қишлоқ хўжалиги зараркунандалари – Тошкент, Ўрта ва олий мактаб. 1962- 693.

12. Ҳасанов Б.О. Ҳамроев А.Ш. Эшматов О.Т. ва б. Ғўзани

зараркунанда, касалликлар ва бегона ўтлардан ҳимоя

қилиш. Тошкент “Университет”, 2002-379 б.

13. Ш.Т.Хўжаев, Э.А.Холмурадов. Энтомология, қишлоқ хўжалик

экинларини ҳимоя қилиш ва агротоксикология аослари.

Тошкент “Фан” нашриёти-2009 й.

14. Яхонтов В.В. Ўрта Осиё қишлоқ хўжалиги ўсимликлари ҳамда

маҳсулотларининг зараркунандалари ва уларга қарши

кураш – Тошкент: “Ўрта ва олий мактаб”, 1962, 693 б

15. Ўзбекистон Республикаси қишлоқ хўжалигида ишлатиш учун рухсат этилган пеститсидлар ва агрохимикатлар рўйхати.

16. Инсектитсид, акаритсид, биологик фаол моддалар ва фунгитсидларни синаш бўйича услубий кўрсатмалар. Тошкент , Давлат кимё комиссияси.

17.Хамроев А.Ш. Ўсимликларни биологик ҳимоялаш. Тошкент-2003.

18. Хамроев А.Ш, Азимов Ж. А. Ниёзов Т.Б. Соттибоев Қ.С. ва бошқ.

Боғ токзорларнинг зараркунандалари, касалликлари

ва уларга қарши кураш тизими. Т. «Фан». 1995 й.

19. Хамроев А.Ш. Бронштейн С.Г. Матчонов Н.М., Шарафутдинов Ш.А. ва бошқ. Ғўза ва бошқа қишлоқ хўжалик экинлари зараркунандалари ҳамда касалликларини кузатиш ва

уларга қарши курашга оид тавсиялар. Самарқанд-1988й.

20. Хамроев А.Ш, Ҳасанов Б.О., Очилов Р.О., Азимов Ж.А., ва бошқ.

Ғалла ва шолини зараркунанда, касалликлар ва бегона



ўтлардан ҳимоя қилиш. Тошкент. 1999 й.
Yüklə 168,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə