O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
 
 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
Baxtiyar Ergashev 
 
 
MANBASHUNOSLIK VA 
TARIXSHUNOSLIK
Darslik 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand – 2021 



UDK: 9:902(575.1) 
BBK: 63.2я
E-74 
 
 
Ergashev B. Manbashunoslik va tarixshunoslik. Darslik.
– 
Samarqand: SamDU nashri, 2021. – 404 bet. 
Mazkur darslik respublikamizda faoliyat ko‗rsatayotgan barcha 
oliy o‗quv yurtlari bakalavr tarixchilari tomonidan tarixshunoslik va 
manbashunoslik fanini o‗rganish uchun mo‗ljallangan. 
Samarqand 
davlat 
universiteti 
kengashining 
2021 
yil 
30.dekabrdagi 6 - sonli bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya 
etilgan. 

 
 
 
Ma‟sul muharrir:
 
 
T.f.d. F.H.Nabiyev 
 
 
Taqrizchilar:

 
 
 
T.f.d.B.S.G‟oibov 
 
Sh.A.Achilova-Samarqand 
davlat chet tillari instituti 
dotsenti, t.f.n.

 

 
 
ISBN-978-9943-7275-8-8 
 
 
© B.Ergashev, 2021 
© Samarqand davlat universiteti, 2021 



MUNDAREJA 
 
Kirish
……………………………………………………………… 

I-Bob 
Manbashunoslik fanining maqsad va vazifalari.
………………….
 

II-Bob 
Tarixiy manbalarni turkumlash, tanlash va ilmiy tahlil qilishning 
umumiy yo„l-yo„riqlari
……………………………………………... 
12
 
III-Bob 
O„rta Osiyo tarixiga oid qadimgi yozma manbalar.
…………..….. 
24
 
IV-Bob 
O„rta Osiyo tarixiga oid ilk o„rta asr yozma manbalari. 
…………. 
58
 
V-Bob 
O„rta Osiyoning IX-XII asrlar tarixiga oid yozma manbalar
……. 
71
 
VI-Bob 
O„rta Osiyoning XIII-XV asrlar tarixiga oid yozma manbalar
….. 
95
 
VII-Bob 
Temuriylar davri manbalari.
.............................................................. 
107
 
VIII-Bob 
O„rta Osiyoning XVII-XIX asrlar tarixiga oid manbalar. 
……….. 115
 
IX-Bob 
O„rta Osiyo tarixiga oid rus va yevropa tillaridagi yozma 
manbalar
…………………………………………………………….. 
124
 
X-Bob 
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri manbalari
……………… 143
 
XI-Bob 
O„zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar.
………………… 
159
 
XII-Bob 
Mustaqil O„zbekiston tarixiga oid manbalar
……………................ 166
 
XIII-Bob 
O„zbekistonning manbashunos olimlari
……………………............ 178
 
XIV-Bob 
Tarix fanining maqsad va vazifalari
………………………………...
 
181
 
XV-Bob 
Tarixshunoslikning tarix fanlari tizimidagi o„rni.
………………
184
 
XVI-Bob 
Tarixiy bilimlarning shakllanishi
……………………………….…. 
191
 
XVII-Bob 
Ilk o`rta asrlar tarixshunosligi
…………………………………… 
208
 
XVIII-Bob 
Madaniyat masalalarining nazariy jixatlari
………………………. 
215
 
XIX-Bob 
Rivojlangan o`rta asrlar tarixshunosligi
……………………………
 
231
 
XX-Bob 
Amir Temur tarixi tarixshunosligi. XX.1-bob.Temuriylar davri 
tarixshunosligi.
……………………………………………………….. 
249 
XXI-Bob 
O„rta Osiyo xonliklarida tarixshunoslik fani 
................................... 
262 
XXII-Bob 
O„zbekiston sovet davri tarixshunosligi 
............................................ 
298 
XXIII-Bob 
Mustaqil O`zbekiston tarixshunosligi 
…………………………….. 
352 
 
Glossariy
……………………………………………………………
 
388 
 
Xulosa
……………………………………………………………… 
393 
 
Manbalar va adabiyotlar
………………………………………… 
395 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Manbashunoslik va tarixshunoslik fani yurtimiz qadim tarixiy jarayonlarda
shakllangan bilimlar taraqqiyoti haqida asoslangan va batafsil tasavvurga ega 
bo‗lish, tarix sahifalari bosqichlari to‗g‗risida tushunchalar berish, hozirgi davrda 
kelajagimizni ko‗zlab, munosib bilimli yoshlarni har tomonlama kamol topishi 
muhim ijtimoiy vazifa hisoblanadi. Chunki tarixiy haqiqat hikmatlari bilan 
sug‗orilgan yosh avlod kelajakka tarixiy tajribaga asoslangan holda dadil qadam 
qo‗yadi. 
Tarixiy haqiqatning sinalgan jihatlaridan biri o‗tmish voqealarini, 
sahifalarini o‗rganmay kelajak hayotimiz quriladigan poydevorni anglash mumkin 
emasligi hisoblanadi. Mashhur Xitoy faylasufi, tarixchi Konfutsiy tarix kelajakning 
manbai degan fikri asrlar davomida o‗zining hayotiyligini isbotlab berdi. Shu bois 
tarixiy bilimlarga, ularning ichki qonuniyatlari va xususiyatlarini o‗rganishga 
dunyoning barcha xalqlari intilishi doimiy mezonga aylanib bormoqda. 
Yangi O‗zbekistonning tarix fanlari sohasidagi muhim jihatlaridan biri 
mustaqillik yillarida sovet mafkurasi ta‘siridan xalos bo‗lishga erishish uchun 
ijobiy natijalarga erishildi. Tarixchi olimlar, oliy o‗quv yurtlari mutaxassis 
o‗qituvchilari tomonidan olib borilgan ilmiy, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar o‗rtasida 
aloqalar yetarlicha bo‗lmadi. O‗zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix institutining 
tarixshunoslik-manbashunoslik bo‗limi yetakchi mutaxassislari tomonidan dunyo 
e‘tirof etgan yangi tarixshunoslik va manbashunoslik sahifalari yaratildi. 
Biroq shuni ta‘kidlash kerakki tarixchi olimlarning ilmiy natijalari oliy 
ta‘lim tizimidagi tarixshunoslik-manbashunoslik ixtisoslik fani darajasida 
mukammal darsliklar yaratilganligi ob‘ektiv haqiqatdir. Oliy ta‘lim tizimida 
tarixchi 
talabalar 
tomonidan 
tarixshunoslik 
va 
manbashunoslik 
fanini 
o‗zlashtirishdagi uslubiy qiyinchiliklarning asosiy sababi darslik va o‗quv 
qo‗llanmalarning yetishmasligi yaqqol namoyon bo‗ldi.
Tarixiy izlanishlar, erishilshgan natijalarning oliy ta‘lim tizimi darsliklarida 
o‗z aksini topish uchun uzoq vaqt o‗tishi kerak bo‗lmoqda. Buning asosiy 
sabablaridan biri tarixshunoslik va manbashunoslik sohasidagi o‗zaro bir-biri bilan 
bo‗lgan bog‗liqlik jihatlarini uzviy aloqadorligi tarixchi olim va pedagoglarda 
shijoat yetarli bo‗lmadi. Sababini aytish lozimki tarixchi olim va pedagoglar 
tomonidan darslik yozilgan bo‗lsada, ularning yaratilishidan keyingi turli 
mulohazalar, takliflar, ayniqsa tanqidiy fikrlar darsliklar yaratishga bo‗lgan 
intilishlarni bir oz susaytirdi. 
Tarixshunoslik-manbashunoslik darsligining yaratilishi yuqorida bildirilgan 
fikr va zaruratdan kelib chiqqan holda bajarilgan darslikdan biri hisoblanadi. 
Darslikda 
Samarqand 
davlat 
universiteti 
tarix 
fakulteti 
bakalavriatida 
―Tarixshunoslik-manbashunoslik‖ fanini sohasidagi manbalarning o‗rganilishi 



asosidagi tarixiy ma‘lumotlar umumlashtirishga harakat qilingan. Unda o‗quv yili 
yuklamalarida ajratilgan soatlar hajmida mavzular tanlangan. 
Darslikdagi mavzular O‗zbekiston tarixi sahifalaridagi qadim davr
tarixshunosligi va manbashunosligidan rivojlangan o‗rta asrlarda markazlashgan 
feodal davlatlari, xonliklarda tarix fani, mustabid sovetlar tarixshunosligi va 
manbashunosligi hamda o‗rganilishi jihatdan dolzarb hisoblangan mustaqillik 
davri tarixiga e‘tibor berilgan. 
Mazkur darslik Oliy ta‘lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan fanlarning 
malaka talablariga muvofiq yaratildi. 
Darslikda ta‘lim oluvchi talaba va mutaxassis o‗qituvchilarda fanga oid 
umumiy tushunchalarni jamlashga harakat qilinib, O‗zbekiston tarixining barcha 
davriga oid tarixiy ma‘lumotlarning o‗rganganlik darajasini yoritishga harakat 
qilingan. 
E‘tiborlisi shundaki tarixning davrlariga oid o‗zbek va xorij tarixchi 
olimlarining tarixiy asarlari, monografiyalardan foydalangan holda yaratilgan va 
tarixshunoslik va manbashunoslik fanining uslublarini ochib barishga erishilgan. 
Darslikda tarixiy bilimlarning shakllanishi, ularning turlari, O‗rta Osiyo
tarixnavislik maktablari, ulardagi tarixiy tadqiqot uslublari shakllanishi tarixi 
yoritilgan. 
Darslikni tayyorlashda O‗zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida 
an‘anaviy o‗tkazilib kelinayotgani Yah‘yo G‗ulomov nomidagi ―Tarixshunoslik‖ 
o‗qishlari nashr materillaridan, shuning ―O‗zbekiston tarixi‖ jurnalining 2000 
yildan ―Tarixshunoslik‖ ruknida e‘lon qilingan maqolaridan foydalangan holda 
tayyorlandi. 
Ayniqsa O‗zbekistonning sovetlar davri, Mustaqil taraqqiyot bosqichlari
tarixshunosliligi va manbashunosligiga oid materiallar nisbatan ko‗proq berilishiga
sabab, talabalarda bu davrlarning mantiqiy davomiyligi masalasi ko‗plab 
tushunmovchiliklarga sabab bo‗lganligi hisoblanadi. 
Darslikni yaratishda davriy xarakterdagi tarixshunoslik va manbashunoslik 
ma‘lumotlarni yoritish jarayonida ayrim kamchiliklar uchrashi tabiiy. Shu sababli 
muallif darslikni yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan fikr va takliflarni 
kutib qoladi (baxegashev @ mail.ru). 
Muallif ushbu darslikni yaratilishida o‗zining qimmatli ma‘lumotlarini 
tavsiya qilgan ―Tarixshunoslik‖ fani bilimdonlari D.A.Alimova, M.M.Is‘hoqov, 
I.M.Saidov 
va 
kafedra 
o‗qituvchilari J.Amirqulov, F.Mamatqulova va 
M.Asatullaevlarga o‗zining samimiy minnatdorchiligini bildiradi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə