243
ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli
borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‗z qiziqishlari va
ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‗zgartirish imkoniga ham egadir.
5.
Shaxs jamiyatda o‗z mehnati tufayli ma‘lum bir o‗rin egallagan,
jamiyatdagi qonuniyatlar asosida rivojlanuvchi, til yordamida boshqalar bilan
normal muloqot va munosabatga kirishuvchi odam shaxsdir.
Shaxsning
asosiy tavsifi uning ijtimoiy mohiyatida ifodalanadi.
6.
Individuallik – har qanday insonning betakror, o‗ziga xos
xususiyatlarga ega bo‗lishidir. Shaxsning o‗ziga xos qirralarining mujassam-
lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual,
emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo‗ladi.
Rus psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir ham bir qancha izlanishlar
olib borilgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo‗yicha shaxs tuzilishi quyidagi
ko‗rinishga ega:
4.
Yo‗nalganlik –
ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e‘tiqodlar faoliyat va
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
5.
Bilimlar, ko‗nikmalar, malakalar – hayot
va faoliyat jarayonida
egallanadi.
6.
Individual tipologik xususiyatlar – temperament, xarakter, qobiliyat-
larda aks etadi.
K.K.Platonov ta‘limotiga ko‗ra shaxs tuzilishi
quyidagicha shaklga
ega:
1. Yo‗nalganlik osttuzilishi – shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabat-
larini birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko‗lami (hajmi)
darajalarini farqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: