O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Sh.Islomov SamDU Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi 5-sonli qarori bilan nashrga



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
pul va banklar

Sh.Islomov
SamDU Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi 5-sonli qarori bilan nashrga 
ruxsat berilgan. 
 
 
© Samarqand davlat universiteti , 2021 yil 



Kirish 
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlarni 
yanada chuqurlashtirish jarayonlari iqtisodiyotda bozor munosabatlarini qaror 
toptirish, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti darajasi 
qatoriga chiqarish dolzarb omillardan bo`lgan pul, kredit va banklar tizimida ham 
chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Shuningdek, 
bank-moliya tizimining ahamiyati ham tubdan o`zgarmoqda. Chunki, bozor 
munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha 
ishlarning og‘irlik markazi ana shu tizimlarga ko`chdi.Shu sababli, bank tizimini 
takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun 
javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so`mning 
barqarorligi va yuksak nufuzini ta`minlash sohasidagi muammolarni o`rganish o`ta 
dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan ―2017-2021 
yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi 
bo‗yicha Harakatlar strategiysi‖ ning ‖Iqtisodiyotni rivojlantirish va 
liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlari‖ deb nomlanuvchi III yo‗nalishida ham

 
-
ilg‘or xalqaro tajribada qo‗llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda 
pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga 
solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy 
valyutaning barqarorligini ta‘minlash; 
-
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta‘minlash, 
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy 
barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari 
hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada 
kengaytirish masalalari alohida ko‗rsatib o‗tilgan. 
Har bir jamiyatda bank tizimi iqtisodiyotning muhim va ajralmas tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining 
rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o‗zaro bogliq xolda taraqqiy qilib 
borgan. Banklar xo‗jaliklarga kredit berish, korxona, tashkilotlar o‗rtasida xisob-
kitoblarni o‗tkazish jarayoni, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga 
chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o‗zgarishlar
yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar hamda ularga 
yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o‗zgarib bormoqda. Bozor 
munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tatbiq qilishni, 
mijozlarning qizi-qishlarini hisobga olishni, ularga xizmat ko‗rsatishning yangi 
usullarini joriy qilishni, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo‗llashni, turli 
xil kredit institutlarining barpo qilinishni taqozo qilmoqda.Bozor iqtisodiyoti 
banklarning o‗rni hamda faoliyatining muhimligi, pul, pul muomalasi va bank 
tizimining takomillashib borishini, shu sohada malakali kadrlar tayyorlashni va 
mavjud muammolar yechimini topishni taqozo qiladi. 
Ushbu o‗quv qo‗llanma ―Pul va banklar‖ kursining o‗quv dasturi asosida 
yaratilgan bo‗lib, ushbu yo‗nalish sohalariga taalluqli bo‗lgan mavzularni o‗z 
ichiga oladi. Bu qo‗llanmada bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan iqtisodiy 



kategoriyalar va ularga taalluqli bo‗lgan masalalar ko‗rib chiqildi. Bu kurs 
iqtisodiy fanlarni aniq mustaqil yo‗nalishlaridan bo‗lib, ishlab chiqarish 
munosabatlarining maxsus bo‗limi – pul, kredit, banklar bilan bog'liq sohalardagi 
iqtisodiy munosabatlarning ifodasini o‗zida aks ettiradi.
Ushbu o‗quv qo‗llanma Davlat Oliy ta‘lim standarti talablariga muvofiq 
Toshkent Moliya institutida ―Pul va banklar‖ fani bo‗yicha ishlab chiqilgan va
O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan 2018 yil 
14 iyunda tasdiqlangan va 2018 yil 26 mayda № BD 5230700-3.08 bilan ro‗yxatga 
olingan O‗quv fan dasturiga muvofiq tayyorlangan.‖Iqtisod‖ ta‘lim yo‗nalishlari 
o‗quv rejasiga muvofiq ―Pul va banklar‖ fani shu yo‗nalaishdagi 3-kurs talabalari 
uchun Y semestrida 34 soat ma‘ruza va 34 soat amaliy mashg‘ulotlar shaklida 
o‗tiladi. 
Qo‗llanmaда bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi va kreditning 
rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari, banklar va bank operatsiyalarining 
olib borilishi kabi masalalar o‗z ifodasini topgan.
O‗quv qo‗llanmadan iqtisodiyot yo‗nalishi talabalari, o‗qituvchilari, 
aspirantlar, magistrlantlar, bank, moliya tizimi xodimlari hamda pul – kredit tizimi 
va banklar faoliyatini o‗rganishni hohlovchilar ham foydalanishi mumkin. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə