O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
pul va banklar

 
 
 
 
 
 
 
 
 



I.Bob.pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funktsiyalari 
1.1. ”Pul va banklar” fanining predmeti va vazifalari 
Pul va banklar uzoq muddatli ijtimoiy rivojlanishning natijasi bo‗lib, 
zamonaviy sivilizatsiyaning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning amal 
qilishi ijtimoiy maxsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol 
qilish jarayonlarining uzluktsizligini ta‘minlash imkonini beradi. Shu sababli, pul 
va banklarni alohida fan sifatida o‗rganish zaruriyati yuzaga keldi. Zero dunyoning 
barcha mamlakatlarida iqtisodiyotning samarali o‗sishi banklaming moliyaviy 
barqarorligini oshishi hamda tijorat banklari tomonidan moliyaviy qo‗llab-
quvvatlashga ko‗pdan bog‘liq bolgani uchun fanning oliy malakali kadrlarni 
tayyorlashda o‗rni beqiyosdir. 
Fanda pul va banklar kategoriyalarining paydo bo‗lishi va ularning 
evolyutsiyasi, pul nazariyalarining mohiyati, asoschilari va namoyondalari, pul 
aylanmasi tushunchasining mohiyati, pul muomalasi va uni tashkil qilish asoslari
pul tizimining mazmuni va uni tashkil qilish asoslari, inflyatsiya va uning yuzaga 
kelish sabablari, kredit tushunchasi va uning zarurligi, kredit munosabatlari yuzaga 
kelishining sabablari va shart-sharoitlari, banklaming dastlabki operatsiyalari, 
Markaziy banklaming yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi, 
tijorat banklari faoliyatining tashkiliy asoslari, tijorat banklari aktiv va passiv 
operatsiyalari, nobank moliya-kredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi, 
kredit tizimi va uning tarkibi, valyuta munosabatlari asoslari va xalqaro moliya 
institutlari faoliyatiga doir g‘oyalar, atama va tushunchalar, nazariy qarashlar, 
kontseptsiya va modellar, tamoyillar, yondashuv, usul, uslub, yo‗sinlar va shu kabi 
boshqa atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiy-
nazariy va metodologik asoslar uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtai nazaridan 
mantiqiy ketma-ketlikda o‗z aksini topgan. 
Pul va banklar kursi iqtisod va moliya yo‗nalishlar uchun eng asosiy tayanch 
fanlardan biri sanaladi. Kursni o‗rganish jarayonida pul munosabatlarini iqtisodiy 
asoslash, kredit va to‗lov tizimining tashkiliy va iqtisodiy asosi, bank faoliyati 
bo‗yicha qarorlarni iqtisodiy va tashkiliy o‗rganishning ilg‗or shakllari va 
usullarini ishlab chiqish, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy me‘yorlar 
hisob-kitobi, ularni baholash, tashkil qilish va takliflar ishlab chiqishda muhim rol 
o‗ynaydi.
―Pul va banklar‖ fanining predmeti bo‗lib mikro va makro darajadagi pul, 
kredit va banklar bo‗yicha munosabatlar, ularga tegishli qonuniyatlar hisoblanadi. 
Pul va banklar fanining maqsadi talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul 
nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank 
tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish bo‗yicha chuqur 
nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat. 
Pul va banklar fanining vazifasi pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning 
mohiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi, kreditning 
mohiyati va prinsiplari, kreditning shakllari va turlari, bank tizimining mohiyati, 



xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish asoslari xususidagi 
nazariy va amaliy bilimlarni o‗rgatishdan iborat. 
―Pul va banklar‖ fani fundamental, nazariy fanlarning biri bo‗lib, boshqa 
iqtisodiy va mutaxassislik fanlarni chuqur o‗rganishda asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Bu fan оrqali talabalar zamоnaviy pul, kredit nazariyasi va banklar faoliyatini, 
shuningdek, banklar tоmоnidan pul muоmalasini bоshqarishning nazariy asоslarini 
va amaliy uslublarini o‗rganadilar.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə