O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
pul va banklar

Qiymatning pul shakli. 
Maxsulot ishlab chiqarish va ayirboshlash 
jarayonining tobora rivojlanib borishi hududlar, mamlakatlar o‗rtasida savdo-
sotiqni, tovar ayirboshlashning zaruriyatini yuzaga keltiradi. Turli mamlakatlarda 
turli tovarlar umumiy ekvivalent hisoblanganligi bu jaryonning taraqqiy etishiga 
to‗sqinlik qiladi. 
Natijada butun tovarlar dunyosidan shunday tovarlar ajralib chiqadiki, u 
barcha hudud va mamlakatlarda umumiy ekvavalent sifatida qo‗llanila boshladi. 
Bu vazifani dastlab qimmatbaho metallar mis va kumush, keyinchalik oltin 
bajaradigan bo‗ldi. 
Oxir oqibatda oddiy tovar ko‗rinishidagi umumiy ekvavalent o‗rniga pul 
shaklidagi umumiy ekvavalent, ya‘ni pul maydonga chiqdi. 
Masalan: 


11 
1 qop bug‘doy 
10ta qo‗y 
10 kg choy 
2 unksiya (35.6 gramm) oltin 
40 kg qaxva 
0.5 tonna ko‗mir 
Bunda oltin oddiy tovar emas, balki pul ko‗rinishini oladi. 
Umuman pul o‗z taraqqiyyotida 4 bosqich va 4 shaklga ega bo‗lgan: 
1.
Tovar shaklida - ―quyma‖ asrimizdan oldingi VII – asrgacha. 
2.
Tanga pullar – ―tanga‖ asrimizdan oldingi VII-XIX - asrlar. 
3.
Qog‘oz pullar – ―banknot‖ XIX-XX asrlar. 
4.
Elektron pullar – ―kartochka‖ XX – asr o‗rtalaridan. 
Shuni ta‘kidlash lozimki uzoq yillar davomida qimmatli metallar pul vazifasini 
bajargan va uning asosiy sabablari bo‗lib: 
1.
Ularning qiymati yuqori, hajmi kichik. 
2.
Ular bo‗linuvchan, ular bo‗linganda sifatini yo‗qotmaydi. 
3.
Ularning yaxshi saqlanishi (masalan, ko‗mganda ham). 
4.
Ularni olib yurish qulay 
5.
Bir og‘irlikdagi oltin bir-biridan deyarli farq qilmaydi (bir turdagi 
mo‗yna bir-biridan nimasi bilandir farq qilinadi) va boshqalar. 
Ayrim manbalarga ko‗ra (―ekonomicheskaya teoriya‖ pod.red.V.I.Vilyapina, 
Dobryanina A.I. Moskva. 2001 y str.141-166) dastlabki qog‘oz pullar XII-asrda 
Xitoyda, 1571 yilda Frantsiyada, 1690 yilda AQSh da, XVIII- asrda Yekaterini II-
davrida Rossiyada paydo bo‗lgan. 
Qog‘oz pullar muomilasini tashkil etishda 
Djon Lo (Fransiya 1710-1720 yillar), DubasovI.I (1897-1987 yillar Rossiya) kabi 
ayrim shaxslar faoliyatini qayd etish lozim.
Djon Lo duelda qatnashgani uchun London turmasidan qochib 
Gollandiyada, keyin Italiyada yashab ancha boylik ortirgan va 1710 yilda Fransiya 
davlat byudjeti daromadini oshirish bo‗yicha hukumatga qog‘oz pullar chiqarish 
bo‗yicha taklif bilan chiqqan. O‗sha paytda Fransiya Moliya Vaziri bo‗lgan Djon 
Lo 1720 yilda pulni qadrsizlangani tufayli Fransiyani tark etadi. 1716-1720 
yillardagi qog‘oz pullar bo‗yicha Djon Loni ―Mashinnik i proroka‖ deyilsada, u 
Yevropa xalqiga qog‘oz pullarni ajoyib imkoniyatlaridan voqif etdi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə