O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165
pul va banklar

Pulning rivojlanish tarixi
.
Pul xozirgi kundagi ko‗rinishi, holati va 
darajasiga yetgunga qadar juda uzoq tarixiy davrni boshidan kechirdi. Yer yuzida 
puldan ayirboshlash sifatida foydalanib kelinayotganiga yetti ming yildan ortiq 
vaqt bo‗ldi. Bu davr ichida dastlabki pullar tovar, buyum, oddiy metall va 
qimmatbaho metallar ko‗rinishidan xozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan 
qog‘oz va electron pullar ko‗rinishigacha yetib keldi. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar takomillashib va rivojlanib borgani sari pulning shakli, pul ishlari va pul 


12 
ishtirokidagi hisob-kitoblar ham doimiy ravishda takomillasib va rivojlanib 
kelmoqda. Pulning rivojlanishiga turtki bo‗lgan asosiy omillar quyidagilar 
hisoblanadi: 
-
tovar ishlab chiqarishning kengayishi va mehnat taqsimotining 
chuqurlashuvi; 
-
barcha turdagi mulk qiymatlarining o‗sishi; 
-
tovarlar oldi-sotdisi bo‗yicha aylanmalar hajmining ortishi.
Tanga pullarning rivojlanish tarixi.
Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki 
tanga pullar Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida miloddan 
oldingi YII asrda paydo bo‗lganligini ta‘kidlaydi. Manbalarga ko‗ra, birinchi oltin 
pullar bizning eramizgacha bo‗lgan YII asrda Lidiya shohi Gigesning buyrug‘I 
bilan zarb etilgan. Oltinga o‗zining tasvirini tushurib zarb ettirgan birinchi shox 
Aleksandr Makedonskiy hisoblanadi. O‗sha davrda oltinning qiymati uning 
probasi va og‘irligi bilan o‗lchanar edi. AQShda monetalar 1793 yilda zarb etilgan, 
shu davrga qadar va undan keyin uzoq muddat davomida mamlakatda xorijiy 
mamlakatlarning tangalari to‗lov vositasi sifatida amal qilgan. Mamlakatda ayrim 
xorijiy tangalar 1857 yilgacha to‗lov vositasi sifatida muomalada ishtirok etgan. 
Muomalada oltin tangalar to‗lov vositasini bajarganda ular haqiqiy pul sifatida 
o‗zining sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi va avtomatik ravishda boshqarilib 
turish xususiyatiga ega bo‗lgan. Ya‘ni, ularni xozirgi paytdagi kabi qog‘oz pullarni 
emissiya orqali tartibga solib turishga ehtiyoj bo‗lmagan. Agar oltin tangalarning 
hajmi ehtiyojdan ortib ketadigan bo‗lsa, ular boylik sifatida avtomatik tarzda 
jamg‘armaga o‗tadi, aksincha bo‗lganda esa to‗lov vositasi sifatida muomalaga 
chiqadi. Shu bois ham oltin tangalar to‗lov vositasini bajargan paytda pul tizimini 
tartibga solish apparati va pul kredit siyosatini amalga oshirishga ehtiyoj 
bo‗lmagan. 
Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‗lib, 
bularning ichida kishilar o‗rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‗lishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə