O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Differensiasiya strategiyasining o’ziga xos jihatlari



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

11.3.1-rasm. Differensiasiya strategiyasining o’ziga xos jihatlari 
Differensiallash strategiyasini ishlab chiqish jarayoni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish korxonadan quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi: 

mahsulot va xizmat turlari bo‘yicha kengaytirilgan marketing 
tadqiqotlarini o‘tkazish; 

yuqori sifatli xomashyo va materiallardan foydalanish; 

mahsulot va xizmatlarni xarid qilishda zamonaviy shart-sharoitlarni 
belgilash; 

mijozlarning yuqori sifat va yuqori narx uyg‘unligi haqidagi tasavvurlarini 
to‘g‘ri his qilish; 

iste‘molchilar uchun mahsulot va xizmatlarning qadrli ekanligini aniqlash; 

mahsulot va xizmatlarning o‘ziga xos jihatlari va iste‘mol qiymatining 
raqiblar tomonidan o‘zlashtirilishni himoya qilish. 
 
• raqiblardan o'zib ketish maqsadida mahsulotning 
iste'mol qiymatini muntazam ravishda yaxshilab 
borish, korxona nufuzini oshirish va mahsulotning 
o'ziga xos jihatlarini ko'paytirib borish 
Strategiyaning muvaffaqiyat 
sabablari 
• bozorni keng qamrab olish 
Strategik maqsad 
• iste'molchilar uchun qadrli bo'lgan iste'mol qiymati 
yoki nufuz yaratish 
Ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko'rsatish xususiyatlari 
• mahsulotning 
iste'mol 
xususiyatini 
oshirish 
jarayonida narxni ham oshirish 
Marketing xususiyati 
• raqiblarga nisbatan yuqori iste'mol qiymatiga ega 
mahsulot taklif qilish 
Raqobatbardoshlikning 
xususiyati 
• mahsulot 
assortimentining 
kengligi, 
tanlov 
imkoniyatining kengligi va o'ziga xos iste'mol 
xususiyatining mavjudligi 
Mahsulot xususiyati 


180 
11.3.2-rasm. Differensiallash strategiyasini ishlab chiqish jarayoni 
Differensiallashning amalga oshirilishi yo‘nalishlari quyidagilar: 
Korxona joylashgan hudud bo’yicha differensiallashuv
mahsulotlarni ishlab 
chiqarilgan yoki korxona tashkil qilingan joyga bog‘liq bo‘lib, mijozlarni jalb 
qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. 
Mahsulotning qadrliligiga bog’liq holda differensiallashuv 
iste‘molchilar 
uchun azaliy odat tusiga kirgan, doimiy iste‘mol qilinadigan yoki tovar iste‘moli 
ma‘lum urf-odatlarga bog‘liqligi bilan izohlanadi. 
Qo’shimcha xizmat ko’rsatishga bog’liq holda.
Differensiallash asosida 
raqobat 
ustunligiga 
erishishning 
muhim 
shartlaridan 
biri 
mahsulot 
assortimentining 
kengligi 
va 
qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligidir. 
Qo‘shimcha xizmatlar nafaqat iste‘molchilarni jalb qiladi, balki ularning 
―qo‘shimcha foyda‖ olishlarini ham ta‘minlaydi. Masalan, xariddan keyingi servis 
xizmati iste‘molchilarning mahsulotni ekspluatasiya qilish bilan bog‘liq 
qo‘shimcha xarajatlarini tejaydi, assortimentning kengligi esa mahsulotdan 
individual darajada foydalanishga imkon beradi. 
Tovar dizayni yoki mavqyeiga bog’liq holda.
Korxonaning ijobiy imiji 
ko‘pchilik hollarda iste‘molchilar tanlovini belgilab beradi. Ijobiy imij shuningdek 
korxonaning strategik maqsadlarni amalga oshirishi uchun ham samarali vositadir. 
Korxona imiji reklama, tovar belgisi, brend, PR, bettakror servis, xodimlarning 
xulq-atvori orqali shakllanadi. 
Xodimlarga bog’liq holda
differensiallashuv
malakali mutaxassislarning 
mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z kasbining mohir ustalari, noyob qobiliyatli 
xodimlar, ayrim turdagi xodimlar mehnatining ustunligi (masalan, faqat ayollar 
(erkaklar), qo‘l mehnati, mashhur kishilar tomonidan yaratilishi) bilan izohlanadi. 
Sifati bo’yicha differensiallashuv
mahsulotlarning yuqori sifati yoki sifat 
menejmenti tizimi talablari asosida ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi
.
Mahsulotlarning iste‘molchi nuqtai nazaridan sifatli deb topilishi raqobat 
ustunligini belgilovchi omillardan biridir. 
Differensiallashuv strategiyasidan unumli foydalanish korxonaning foydasi 
va sotish hajmining oshishiga olib keladi. Differensiallash strategiyasini qo‘llash 
imkoniyat-
larni 
aniqlash 
maqsad-
larni 
belgilash 
g'oyani 
ishlab 
chiqish 
yangi 
iste'mol 
xususiyati-
ni ishlab 
chiqish 
marketing 
rejasini 
ishlab 
chiqish 
sinovdan 
o'tkazish 
natijani 
tahlil qilish 


181 
boshqa korxonalarning raqobatlashuv salohiyatini pasaytiradi, mahsulot va 
xizmatlarning iste‘molchilar tomonidan o‘zaro taqqoslanishiga imkon bermaydi 
hamda korxonaning o‘z segmentida barcha xarajatlarni qoplash imkonini beruvchi 
monopollashuvga olib keladi. Monopollashuv o‘z navbatida korxonaning uzoq 
muddat davomida rentabellikni ta‘minlash va xarajatlarning pasayishiga olib 
keladi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə