O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Raqamli platforma infratuzilmasi
 
Raqamli infratuzilma platformaning ekotizim texnologik ele-
mentlariga  quyidagila  kiradi:  axborot  manbalari,  axborotni  yet-
kazib berish vositalari, ma’lumotlarni saqlash, yig‘ish va boyitish 
vositalari, instrumental raqamli platforma(yoki bunday platforma-
lar majmuasi) va uni ochish infratuzilmasi, IT – xizmatlar (instru-
mental raqamli platforma asosida dasturiy echimlarni), platformali 
IT-xizmatlarni ishlab chiqish va integratsiya qilish vositalari. 
Raqamli  platformaning  infratuzilmasini  aniqlash  nuqtai 
nazaridan,  IT-servis  (sohaviy  IT-xizmati)  deganda  infratuzilman-
ing  raqamli  platformasi  zahirasida  saqlanadigan  raqamli 
ma’lumotlarga  asoslanib,  tadbirkorlik  subyektining  o‘ziga  xos 
bo‘lgan  vazifalarini  hal  qiladigan,  infratuzilma  raqamli  platfor-
masi ekotizimi doirasida yaratilgan va ishlaydigan ixtisoslashtiril-
gan dasturiy yechim tushuniladi.   
IT  -  xizmati  ma’lumotni  qayta  ishlash  uchun  funksiya  va 
interfeyslardan  foydalanadi,  shu  jumladan,  raqamli  platformada 
infratuzilmaning  texnologik  asosining  tarkibiy  qismi  bo‘lgan 
instrumental  raqamli  platformada  amalga  oshiriladigan  raqamli 
ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridan foydalanadi. 
Infratuzilmaliraqamli  platformasi  bilan  bog‘liq  aloqalarning 
asosiy  ishtirokchilari
:  platforma  operatori,  axborot  ta’minot-
chilari,  platforma  xizmatlari  va  axborot  manbalariga  asoslangan 
amaliy  IT  xizmatlarini  ishlab  chiquvchilar,  turli  xil  iqtisodiyot 
tarmoqlarida yechimlar iste’molchilari. 
Platforma  operatori  quyidagi  vazifalarni  bajaradi:  axborot 
manbalari  egalari  bilan  munosabatlarni  boshqarish,  platforma 
ma’lumotlar zahira va tegishli ma’lumotlar modelini ishlatish, IT-
xizmatlarni  ishlab  chiquvchilar  uchun  platforma  biznes  jarayon-
larini  qo‘llab-quvvatlash  (maslahat  berish,  tuzatish,  tarqatish  va 


29 
h.k.),  instrumental  raqamli  platformani  ishlab  chiquvchi  bilan 
aloqalarni boshqarish. 
Raqamli platformaning infratuzilmasi asosida amalga oshiri-
ladigan 
faoliyatning asosiy turi
 sohaviy iste’molchilariga ma’lum 
turdagi  ma’lumotlarga  kirish  va  amaliy  yechimlarning  bir  qismi 
sifatida  ularni  qayta  ishlash  natijalariga  asoslangan  holda  o‘z 
faoliyatlarini  avtomatlashtirish  bo‘yicha  amaliy  yechimlarni  (IT- 
xizmatlari) taqdim etishdir. 
Faoliyatning  asosiy  foyda  oluvchisi
  (benefislar)  IT 
xizmatlarining  buyurtmachisi  bo‘lib,  u  xizmatga  tegishli  vazifali 
talablarni  aniqlaydi,  bu  esa  o‘z  navbatida  platforma  va  unga 
ulangan axborot manbalari asosida ishlab chiquvchilar tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Ayrim  hollarda  infratuzilmali  raqamli  platformasi  raqamli 
ilovalar  platformalarini  yaratish  uchunasos  bo‘lib  xizmat  qilishi 
mumkin,  ularning  asosiy  faoliyati  iste’molchilarga  ekotizim  doi-
rasida  ishlab  chiqilgan  AT  xizmatlaridan  foydalanishni  ta’min-
lashdir.  Bunday  amaliy  raqamli  platformalar  "ilovalar  do‘koni" 
(appstore)  hisoblanib,  bir  joyda  infratuzilmali  raqamliplatforma 
yordamida  ma’lumotni  qayta  ishlashga  ixtisoslashgan  raqamli 
xizmatlarning talab va takliflarini birlashtirishga imkon beradi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə