12
3.
Axborotni ishlab chiqishning tashqi vositalarini o‘z
ichiga olgan model
Axborot iqtisodiyoti rivojlanishining tashqi ko‘rinishlarini
o‘z ichiga olgan
uchinchi model,
ta’limning juda past darajasi va
umuman, aholining turmush darajasi pastligi, raqamli infratuzil-
maning yo‘qligi yoki ahamiyatsiz rivojlanishi bilan tavsifla-
nadi. Bundan tashqari, ushbu model qaysidir ma’noda firma
darajasida ham, davlat darajasida ham biznes jarayonlarini bosh-
qarishning nochorligi bilan tavsiflanadi.
Ushbu mamlakatlar qatoriga Afrika mamlakatlari va ba’zi
Osiyo mamlakatlari kiradi. Ularning ixtisoslashuvi xalqaro bozor-
larga xom ashyo yetkazib berishdir. Ushbu mamlakatlarda iqti-
sodiy rivojlanishni tubdan isloh qilish, aholining ta’lim darajasi va
turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan ulkan investitsiyalarni
kiritish zarur.
Dostları ilə paylaş: