O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Sanoat 4.0 ning qisqacha tarixi 
 
Chet  elda  Sanoat  4.0  nomi  bilan  tanilgan  To‘rtinchi  sanoat 
inqilobi  dastlab  G‘arb  mamlakatlarida  paydo  bo‘ldi. 2011-yilda 
Gannoverdagi (Germaniya ) sanoat  ko‘rgazmalaridan  birida Ger-
maniya  hukumati  ishlab  chiqarishda  axborot  texnologiyalaridan 
kengroq  foydalanish  zarurligi  to‘g‘risida  gapirdi. Mahsus  tashkil 
etilgan mansabdor shaxslar va mutaxassislar guruhi mamlakatdagi 
ishlab  chiqarish  korxonalarini “
aqlli” 
korxonalarga  aylantirish 
strategiyasini  ishlab  chiqdilar . Yangi  texnologiyalarni  faol  rivoj-
lantirayotgan boshqa davlatlar ham ushbu  fikrga ergashdilar.  Sa-
noat  4.0  atamasining  sinonimi  sifatida 
to‘rtinchi  sanoat 
inqilobi 
qo‘llana boshlandi. 
 
Ishlab  chiqarishdagi  to‘rtinchi  sanoat  inqilobi 
iqtisodiy 
o‘sishning  yangi  omilidir,  bu  ilgari  bo‘lmagan  o‘qitish  imkoni-


47 
yatlari  va  qadriyatlarni  qabul  qilish  bilan  bog‘liq. Atrofdagi  dun-
yoni  yaxshilashga  yo‘naltirilgan  keng  qamrovli  g‘oyaga  muvofiq 
texnologiyalarni joriy etish global iqtisodiyotni mustahkamlashga 
va sayyoramizning ekologik holatini yaxshilashga yordam beradi . 
Ishlab  chiqarishni  o‘zgartirishning  asosiy  yo‘nalishlari 
uchta  global  texnologik  tendentsiyalar  bilan  belgilanadi:  tarmoq 
integratsiyasi,  intellektualizatsiya  va  moslashuvchan  avtomat-
lashtirish (1.4.1-rasm  
Mutaxassislar 
kiberfizik tizimlar
  deganini  yoki  internetga 
ulangan  avtomatlashtirilgan   mashinalari  va  ishlov  beradigan 
markazlari  sanoat  jarayonlarga    integratsiya  qilishni  taklif 
qilgan (moddiy  dunyoni    virtual  dunyo  bilan    birlashtiradigan 
tizimlar,  CPS). Ishlab  chiqarish  qoliplarni  mustaqil  ravishda 
zaruriyat  bo‘lganda    mashinalarni    o‘zgartira  oladigan  tizimlarni 
yaratish maqsadi quyilgan. 
 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə