1.5.2 .
Bulutli texnologiyalar va bulutli hisoblash
Bulutli provayder tomonida kompyuter tarmog‘i tugunlarin-
ing kelishilgan holda ishlashini ta’minlash uchun uskunalar va
dasturlarning holatini kuzatish, yuklarni muvozanatlash va muam-
moni hal qilish uchun manbalar bilan ta’minlash uchun ixtisos-
lashgan bog‘lovchi dasturlardan foydalaniladi .
Bulutli xizmatlar – bu maksimal avtomatizmni ta’minlash va
kompleksda odamlarning ishtirokini minimallashtirish uchun
o‘zaro birlashtirilgan mavjud texnologik echimlar to‘plamidir. Siz
"bulut" xizmatini klassik xizmatdan ajratib turadigan asosiy
bloklarni ajratib ko‘rishingiz mumkin :
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish portali – bu foydalanuvchi
konfiguratsiya tafsilotlarini aniqlashtirish bilan o‘zi uchun
oldindan belgilangan xizmatga buyurtma beradigan, oldindan
buyurtma qilingan xizmat parametrlarini o‘zgartirigan yoki rad
etadigan vositadir (masalan, IaaS holatida, virtual mashina, kerakli
operativ xotira miqdorini, protsessor yadrolarining sonini, disk
bo‘shlig‘ini va boshqalarni ko‘rsatishi mumkin).
Xizmat katalogi – foydalanuvchiga taqdim etiladi-
gan
xizmatlarning ro‘yxati va ularni har bir xizmat bilan bog‘liq
shakllari, ya’ni avtomatlashtirish vositalari ushbu xizmatni
haqiqiy apparat va dasturiy ta’minotda sozlaydigan qoidalar.
62
Tariflash tizimi va hisob-kitob qilish ( billing )
tizimi foy-
dalanuvchi tomonidan iste’mol qilingan resurslar miqdorini va
foydalanuvchi bilan tegishli moliyaviy xarajatlarning o‘zaro
bog‘liqligini aniqlaydigan mexanizmdir.