O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand Davlat Universiteti Psixologiya va ijtimoiy mubosabatlar fakulteti



Yüklə 23,54 Kb.
tarix26.01.2022
ölçüsü23,54 Kb.
#83158
Ms Excelda diagrammalar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Samarqand Davlat Universiteti

Psixologiya va ijtimoiy mubosabatlar fakulteti

Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Mustaqil ish

Mavzu: Excelda diagrammalar

Bajardi: Quvondiqov Zayniddin

Tekshirdi: Suyarov Akrom



SAMARQAND - 2022

Mavzu:Excelda diagrammalar

Reja:

  1. Diagrammalar yaratish

  2. Diagrammani o`zgartirishning usullari

  3. Excel da saralash

Diagrammalar yaratish. Excel dasturida jadval ma`lumotlarga qarab har xil diagrammalar yaratish imkoniyati bor. Diagrammalar bizga ma`lumotlar bilan ishlashni osonlashtiradi.

Diagramma — bu Excel hosil qiladigan ob`ektlardan biri hisoblanadi. Bu ob`ekt bitta yoki bir nechta ma`lumotlar to`plamining grafik tasviridan iboratdir (ma`lumotlarning qaysi ko`rinishda tasvirlanishi diagramma turiga bog’liq).

Diagrammani yaratishdan oldin jadvalni tayyorlashimiz, belgilangan sohaga kerakli qiymatlarni kiritishimiz kerak. Jadval tayyor bo`lgandan keyin, jadval ma`lumotlari sohasini sichqoncha bilan belgilab olamiz, aks holda diagramma yoki grafikni yasay olmaymiz. So`ngra “Вставка” lentasining “Диаграммы” guruhidan kerakli diogrammalardan birini tanlaymiz.

Masalan, “Рекомендуемые диаграммы” ni tanladik. Natijada diagrammalar turlari tasvirlangan “Вставка диаграммы” oynasi ochiladi. Oynada gistogrammala, grafiklar hamda aylana, chiziqli, sohaviy, nuqtali, birja, yuzadagi, yaproqli diagrammalar singari guruhlari mavjud. Har bir guruhda diagrammalarning turli ko’rinishlari tavsiya qilinadi. Oynadan ma`lumotlarni qulay shaklda tasvirlovchi digrammani tanlaymiz.

Hosil bo`lgan diagrammani tahrirlash uchun sichqoncha ko`rsatkichini diagramma ustiga olib kelib, uni kerakli joyga joylashtirishimiz, nomini o`zgartirishimiz mumkin.

Diagrammani belgilab, bir joydan ikkinchi joyga surish, o`lchamini o`zgartirish yoki asboblar panelidagi “Вырезить”, “Копировать”, “Вставить” tugmalari yordamida diagrammalarni boshqa fayl va sahifalarga o`tkazish mumkin.

Eng avvalo yaratgan diagrammamiz nomini qo’yishimiz lozim. Buning uchun “Название диaграммы” so’zi ustida sichqoncha tugmasi ikki marta bosilsa, so’zni tahrirlash rejimiga o’tamiz. Kerakli so’z kiritilgach, uning shriftini, o’lchamini va rangini o’zgartirishimiz mumkin.

Shuningdek, diagramma sohasi rangi, chiziqlari va diagramma ob’ektlari rangini ham o’zgartirish mumkin.

Excel diagrammasi ishchi jadval sahifasining ma`lumotlari bilan bevosita bog’liq. Ishchi jadval sahifasidagi ma`lumotlar o`zgartirilsa, tezda ularga bog’liq bo`lgan diagramma chiziqlari o`zgaradi. Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud:


  • chiziqli;

  • doiraviy;

  • grafikli;

  • halqasimon;

  • dumaloq va boshqalar.

Excelda diagrammalarning ixtiyoriy turini tuzish mumkin. Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni aks ettiradi. Masalan, konusli, silindrli piramidali va h-zo.

Diagrammalar hosil qilingandan keyin u o`zgarmas holatda bo`lmaydi, balki har doim uning shaklini o`zgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini qo`shish, yangi ma`lumotlar to`plami bilan to`ldirish, mavjud ma`lumotlar to`plamini boshqa soha kataklardan foydalaniladigan qilib ma`lumotlarni o`zgartirish mumkin. Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. Agar bir necha diagramma tuzmoqchi bo`lsangiz, unda har birini alohida sahifalarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning “ko`rinarlilik darajasi” saqlanadi. Buning uchun diogramma kontekst menyusi chaqiriladi.Diagramma sahifalari. Alohida sahifada joylashgan diagramma sahifani to`lig’icha egallaydi. Agar siz diagrammaning o`zini alohida sahifada chop etmoqchi bo`lsangiz, uni alohida sahifaga joylashtirgan ma`qul. Agar siz ko`p diagramma yasamoqchi bo`lsangiz, ularning har birini alohida sahifada joylashtirgan ma`qul. Bu holda diagrammalar bir-biriga kirishib ketmaydi.

Bundan tashqari sahifa yorliqlariga diagramma nomlarini bersangiz, ularni qidirish ham osonlashadi. Har bir diagrammaning muhim tomonlaridan biri, unda foydalaniladigan o`qlar sonidir. Oddiy diagrammalar: gistogramma, grafiklar va boshqalarda ikkita o`q, mavjud bo`lib, ulardan biri kategoriya, ikkinchisi esa qiymatlar o`qi deb ataladi. Odatda kategoriya o`qi gorizontal, qiymatlar o`qi esa vertikal yo`nalgan bo`ladi.Ixtiyoriy vaqtda diagramma o`lchamini, sarlavhasini, o`qlar nomini hamda izohni tahrirlash mumkin. So`zlar shrifti o`lchami, turi va rangini ham o`zgartirish mumkin. Buning uchun kerakli ob`ektga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib, chap tugma bir marta bosilsa, tahrirlash rejimi o`rnatiladi.

Doiraviy va halqali diagrammalarda o`qlar bo`lmaydi. Yaproqli diagrammalar alohida xususiyatga ega bo`lib, ma`lumotlar to`plamining har bir nuqtasi uchun alohida o`q mavjud. Bu o`qlar diagrammaning markazidan chiqqan bo`ladi.

Uch o`lchovli (fazoviy) diagrammalarda uchta o`q bo`lib, ular: kategoriya o`qi, qiymatlar o`qi va ma`lumotlar to`plami o`qi deb ataladi.

Boshqa grafik ob`ektlardek (matnli oyna, to`g’ri to`rtburchak) diagrammalarni siljitish, o`lchamlari va proportsiyalarini o`zgartirish, chegaralarini surish va bir qator boshqa o`zgarishlar kiritish mumkin. Boshqa grafik ob`ektlar kabi diagrammalarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish ham mumkin. Uning o`lchamlarini, nisbatlarini o`zgartirish, chegaralarini to`g’rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish ham mumkin. Joriy qilingan diagrammaga o`zgartirishlar kiritish uchun sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish kerak bo`ladi. Bunda diagrammalar faollashib, diogramma kontekst menyusi diagrammalar bilan ishlash uchun kerakli buyruqlarni ko`rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma`lumotlar yoniga joylashtirish mumkin.

Diagramma ko`rinishini o`zgartirishning asosiy turlari. Diagramma yasalgandan so`ng, xohlagan paytingizda siz uning ko`rinishini o`zgartirishingiz mumkin. Buning uchun u faollashgan bo`lishi shart. Tatbiq etilgan diagrammani faollashtirish uchun unda sichqoncha tugmasini bosing. Diagramma sahifasini faollashtirish uchun esa sahifasi yorlig’ini bosing.

Diagrammani o`zgartirishning usullari ko`p. Bu erda ulardan eng ko`p tarqalganlarini keltiramiz:



  • Diagramma turini o`zgartirish.

  • Diagramma elementlarini almashtirish.

  • Diagramma elementlarini yo`qotish.

Bu ishlar mos elementlarni tanlash yo`li bilan amalga oshiriladi, sichqoncha o`ng tugmasini bosib, hosil bo`lgan kontekst menyudan kerakli bo`lim tanlanadi.

Diagrammalarda matn. Diagrammalar tuzishda ikki turdagi, bog’liq va erkin matnlar tavsiya etiladi. Bog’liq matn - bu diagramma elementlarining sarlavhasi, erkin matnlarni biz o`z xohishimiz bilan kiritishimiz mumkin.

Biz butun diagrammaga yoki uning o`qlariga sarlavha qo`yishni ko`rib o`tdik. Bu matnlar bog’liq matnlarni chaqiradi. Ularni tahrirlash mumkin.

Erkin matnni siz qayta ishlash qatoriga kiritishingiz mumkin. Lekin bunda diagrammada bitta ob`ekt belgilanmagan bo`lishi kerak, bo`lmasa bu matn sarlavha bo`lishi mumkin. Matn kiritilgach Enter tugmasi bosilsa, so`z diagramma o`rtasida paydo bo`ladi. Matn maydonidagi ramka o`lchamini hamda shrift o`lchamini, uning qalin yoki kursiv ko`rinishlarini tanlash va rangini o`zgartirish mumkin. Funksiyalarning grafiklarini qurish va tabulyatsiyalash. Grafiklarni yasash ham diagramma yasashdek. Faqat “Вставка диaграммы” oynasidan grafika soha tanlanishi lozim.Grafikni yanada ko`rkamliroq qilish uchun tur ishlatish mumkin. Turlarning vertical va gorizontal chiziqlarini faollashtirish hamda o`chirish mumkin. Diagrammani ixtiyoriy vaqtda parametrlari o`zgartirgandek, grafik parametrlarini u yasalgandan so`ng, xohlagan paytda o`zgartirish mumkin. Excel electron jadvali sohasi jadval chiziqlari qogozda tasvirlanmaydi. Ularni tasvirlash uchun soha belgilanadi va “Главная” lentadan “Границы” tugma bosiladi va ochilgan oynadan “Все границы” buyrug’i ishga tushiriladi. Jadval ma`lumotlarini guruhlash, tartiblash, saralash va filtrlash. Ma`lumotlarni saralash. Excel da kiritilgan ma`lumotlarni saralash mumkin. Saralashda sonlar o`sib borish yoki kamayib borish tartibida, matnlar esa alfavit harflarining boshlanishidan yoki oxiridan boshlab saralanadi. Buning uchun ustunlar belgilanadi va “Данные” lentasining Сортировка и фильтр” guruhi tugmalaridan foydalaniladi.

Excel da saralash quyidagicha amalga oshiriladi:


  • Agar saralash bir ustun bo`yicha qilinayotgan bo`lsa, bu ustunning bir xil ma`nodagi qatorlarining avvalgi tartibi saqlanadi.

  • Ustundagi tartiblashtirishda hosil bo`layotgan qatorning bo`sh kataklari

ro`yxatning oxirida joylashadi.

Saralash guruhidan “Сортировка” tugma bosilsa saralash parametrlarini o’rnatish oynasi ochiladi va unda kerakli tanlovlar amalga oshiriladi.

So'ngra, saralab bo'lingan ma'lumotlar diagramma ko'rinishiga keltirish uchun tayyor hisoblanadi.

Test

1) Excelning asosiy ish soxasi nima deb ataladi?

A. Ish daftari

B. Yozuv satri

D. Ish kitobi

2) Excelda diagrammalar tuzishda necha turdagi matin tavsiya etiladi ?

A. 8

B. 5


D. 2

3)Diogrammani qanday buyruqlar orqali boshqa fayl va sahifalarga oʻtkazish mumkin ?

1. Вырезать. 2. Копировать

3. Вставить. 4. Рекомендуемые диаграмма

A. 1.2.4 B. 2 . 3. 4

D. 2. 1. 3

4) Excelning barcha lestlar soni qancha ?

A. 300


B. 255

D. 205


5) Soʻzni tahrirlash rejimiga qaysi buyruq orqali oʻtamiz ?

A. Вставить

B. Название диаграммы

D. Вырезать

6) Diagrammalarning qanday turlari mavjud?

A. Chiziqli, grafik, halqasimon

B. Doiraviy, dumaloq , chiziqli. D. Barcha javob toʻgʻri

7) Ikki oʻqli diogrammada oʻqlari qanday nomlanadi ?

A. Kategoriya, qiymatlar

B. Gorizantal , vertikal

D. Gorizantal , qiymatlar

8) Gistogramma diogrammaga qaysi ta' rif mos emas ?

A. Oddiy diogramma

B. Murakkab diogramma

D. Ikki oʻqli diogramma

9) Uch oʻqli diogrammada uchunchi oʻq qanday nomlanadi ?

A. Oʻrta chiziq

B. Ma' lumotlar toʻplami oʻqi

D. Qiymatlar oʻqi

10) ........ - bu Excel hosil qilgan obektlardan biri hisoblanadi. Obʼekt bitta yoki bir nechta maʼlumotlar toʻplamining grafik tasviridan iborat .



Nuqtalar oʻrniga mos sizni qoʻying.

1) Oddiy diogramma nomini toping?

2) Diagrammada tavsiya etiladigan matn nomi ?

3) Vertikal yoʻnalgan oʻq qanday nomlanadi ?

4) Gorizantal yoʻnalgan oʻq qanday nomlanadi ?

5) Diagrammani boshqa sahifaga koʻchiradigan buyruq nomi ?

6) Diagrammada uchta oʻq boʻlsa qanday diagramma diyiladi ?

7) Diagrammada ikkita oʻq boʻlsa qanday diagramma diyiladi ?

8) Oʻqlari boʻlmaydigan diagramma nomi ?

9) Saralash guruhidan qaysi tugma bosilsa saralash parametrlarini oʻrnatish oynas ochiladi ?

10) Juda murakkab shaklini aks ettiradign diagramma nomi ?

Javoblar:

1) Gistogramma

2) Erkin matin

3) Qiymatlar oʻqi

4) Kategoriya

5) Копировать

6) Murrakab

7) Oddiy

8) Doiraviy

9) Сортировка

10) Konusli A. Gistogramma

B. Kategoriya oʻqi

D. Diogramma

Javoblar:

1-. D 6- D

2-. D 7- A

3-. D 8- B



4-. B 9- B

5-. B 10- D
Yüklə 23,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə