X-BOB
:
MANIAKAL-DEPRESSIV PSIXOZ
Maniakal-depressiv psixoz (siklofreniya, sirkulyar psixoz, Siklotimiya) davriy
kechadigan ruhiy kasallik bo‘lib, depressiv va maniakal bosqichlari va ularning
orasida to‘la sog‘lomlik davri — intermissiya Bilan almashinishi kuzatiladi.
Psixozning uzoq davom etishiga va Ko‘p marta takrorlanishiga qaramasdan
intermissiya davrida qandaydir ruhiy O‘zgarishlar yoki shaxsning yetishmovchilik
belgilari kuzatiladi.
Maniakal-depreseiv psixoz (MDP) yorqin ifodalangan turlarni (siklofreniya)
hamda yumshoq ifodalangan turlarni (siklotimiya) o‘z ichiga oladi.
Maniakal-depreseiv psixozning Hozirgi ko‘rinishi nemis ruhiyotchi olimi E.
Krepelin (1899, 1913 y.) tasvirlagan. Ungacha bo‘lgan davrda Gippokrat (Buqrot)
fikricha alohida maniya va melanxoliya kabi mustaqil kasallik tushunchasi hukm
surib kelardi. Fransuz olimlaridan Falre va Bayarje (1854 y.) ishlari diqqatga
sazovordir. Ular sirkulyar deb ataluvchi va psixoz bosqich bilan kechuvchi
maniakal va depressiv davrlarga bo‘linuvchi kasallikni bayon etadilar. Maniakal-
depressiv psixozni alohida nozologik birlik sifatida ta’kidlash uchun E. Krepelin
bir-biriga Klinik ko‘rinishi qarama-qarshi bo‘lgan holatlarni (depressiv va
maniakal buzilishlarning ichki birligini), ularning kelib chiqishi va xususiyatlarini
solishtirib (irsiy umumiy-ligini, oila foni o‘xshashligini), kechishini (davriy —
bosqichliligini) va pirovard-natijani (shaxsiyat uchun so‘nggida nuqson hosil
bo‘lmasligini) sinchkovlik bilan solishtirib ko‘rdi.
Dostları ilə paylaş: