7
-
axborotning
konfedensialligi.
Axborot va uning tashuvchisining holatini
belgilaydi va
unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa
ko‘chirishning) oldini olish ta’minlangan bo‘ladi;
-
foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan
foydalana
olishliklari.
Ta’kidlash joizki, ayrim faoliyat sohalari (bank va moliya institutlari, axborot tarmoqlari, davlat
boshqaruv tizimlari, mudofaa va maxsus tuzulmalar) ularda ko‘riladigan masalalarning muhimligi va
xarakteriga ko‘ra, ularning axborot tizimlari faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va
xavfsizlik bo‘yicha maxsus choralar ko‘rilishini talab etadi.
Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni.
XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat
taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiyalarining rolini ortishi natijasida O‘zbekistonda
fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurish masalasini hal etish bilan birga
quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining yetakchi o‘rin
egallashini belgilaydi:
-
milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot va axborot
sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi;
-
inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish;
-
bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obektlari, balki xavfsizlik
sohasidagi barcha
xavfsizlik obektlarining asosiy yelementlari hamdir;
-
axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali milliy xavfsizlik
masalalarini hal etish mumkin;
-
milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga ega.
Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy
xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi
davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot
xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot
sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga yerishishning strategik yo‘nalishlarini va
ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks yettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini
anglatadi. Shu bilan birga davlat axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy
tashkil etuvchisi hisoblanadi hamda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi.
Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi
axborot xavfsizligini ta’minlovchi maqsadlar,
vazifalar, tamoyillar va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy nuqtai nazarlar majmuini bildiradi.
Quyida axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari va jihatlari keltirilgan:
-
axborotni muhofaza qilish (shaxsiy ma’lumotlarni, davlat va xizmat sirlarini va boshqa
turdagi tarqatilishi chegaralangan ma’lumotlarni qo‘riqlash ma’nosida);
-
kompyuter xavfsizligi yoki ma’lumotlar xavfsizligi - kompyuter tarmoqlarida
ma’lumotlarning saqlanishini, foydalanishga ruxsat etilganligini va konfedensialligini ta’minlovchi
apparat va dasturiy vositalar to‘plami, axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish choralari;
-
axborot egalariga yoki axborotdan foydalanuvchilarga hamda uni qo‘llab quvvatlovchi
infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki
qasddan ta’sir etishlardan axborot va uni qo‘llab quvvatlovchi infratuzilmaning himoyalanganligi;
8
-
fuqarolar, alohida
guruhlar va ijtimoiy qatlamlar, umuman olganda aholining yashash
faoliyati, ta’lim olish va rivojlanishlari uchun zarur bo‘lgan sifatli axborotga bo‘lgan talablarining
himoyalanganligi.
Axborotni muhofaza qilish - axborot xavfsizligining (ma’lumotlarning butunligi, foydalana
olish va zarur bo‘lganda, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda foydalaniluvchi
axborot va uning zaxiralari konfedensialligi) muhim jihatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar
majmuidir.