Maktabga kelish arafasida bolaning so’z boyligi o’z fikrini bayon eta oladigan
darajada ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o’z nutqida 500-
600 so’zni ishlatsa, olti yoshli bola 3000-7000 so’zni ishlatadi. Boshlang’ich sinf
yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog`lovchilardan iborat
bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’z nutqlarida qaysi so’zlarni ishlatgani afzal-u,
44
qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o’z
jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida
nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o’zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga
aylana boradi. 7-9 yoshli bolalarning o`ziga xos yana bir xususiyati bola nutqida
o’z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o’z suhbatdoshining diqqatini o’ziga jalb
qilish uchun ham gapiradilar.
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni
makonda joylashishini bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda
muvaffaqiyatli o’qigani uchun bolada sensor rivojlanganlik darajasini yuqori
bo’lishi juda muhim. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm va
suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun
ham
surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga
harakat qiladilar. Bolalar rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib
tasvirlanganligini anglay biladilar.
10 yoshdagi o’quvchilar idroki, uning xatti-harakati, o’qish va mehnat
faoliyati bilan bevosita bogliqdir. O’quvchi o`zining ehtiyoji, mayli, qiziqishi va
intilishi turmush sharoitiga mos, shuningdek o’qituvchi tavsiya etgan narsalarni
idrok qiladi.
Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni
to’gri tuzish va so’zlarni to’gri yozishga ma’lum talablar qo’yilganligi bilan
xarakterlanadi.
Bola
so’zlarni
qanday
eshitgan
bo’lsa,
shundayligicha
yozilmasligini bilishi, ularni to’gri talaffuz etishga va yozishga o’rganishi zarur.
Yozma nutqni egallashi asosida bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar
yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois,
bolada hali o’zi yozgan fikrlarni, so’z va harflarni nazorat etish malakasi hali
rivojlanmagan bo`ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil
ijodiy ish maktab yoshidagi o’quvchilarga berilgan mavzuni anglash, uning
mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to`plash, muhim
jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, reja tuzish
malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to’gri tuzish, aynan shu mazmunga mos
45
so’zlarni o`qish va ularni to’gri yozish, tinish belgilarini to’gri qo’yish, o’z
holatlarini topa olish va to’grilash aqliy rivojlanishning ko’rsatkichlaridan
hisoblanadi. O’qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o`quvchining aql-idroki,
sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining
rivojlanishi uchup muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini
shakllantiradi. Ta’lim jarayonida ularning bilimlar ko`lami kengayadi, qiziqishlari
ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi,
mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshda
bolalar o`z idroklarining aniqligi, ravonligi, o’tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi
insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o’ta sinchkovlik bilan
qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega
bo’ladilar.
Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki bola shu
rasmlar orqali olam go’zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi,
ajratadi va o’z munosabatini bildira oladi.
Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining
sog`lomligida, uning bilish faolligida ko’rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi,
asosan, atrof-olamni bilish, o’rganishga qaratilgan bo’ladi. Bola o’ynab turib, olam
sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bogliqlaridan xabardor bo’lishga intiladi.
Masalan, bola o’zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho’kishi, qaysilari
esa so`ziishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo’lsa, u
shunchalik ko’p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma
Dostları ilə paylaş: