O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

maqsadlarda
amalga 
oshiriladi: 

mulkni qayta rasmiylashtirish;

moliyalashtirish;

daromaddan soliqqa tortish holatlari;

mulkni soliqqa tortish;

sug‗urtalash;

moliyaviy rejalashtirish;

lizingga berish;

hamkorlik tuzish va ajratish;

meros qolgan mulkni baholash;

loyiha bajarilishini tadqiq qilish;

sotib olish narxini taqsimlash (allokatsiyalash);

stavkani aniqlash;

obyektni sotish;

likvidatsiya qiymatini aniqlash;

mulkni bo‗lib olish;

xususiylashtirish;

ustav fondini aniqlash;

balans qiymatini aniqlash;

qayta tiklash qiymatini aniqlash;

chet el korxonalari va o‗zbek – xorij qo‗shma korxonalar 
mulkining ulushini baholash va h.k.



1.2. Ko„chmas mulk qiymati, narxi va qimmatini baholashning 
zamonaviy konsepsiyalari
Ko‗chmas mulklarni ma‘lum bir maqsad uchun (sotish, garovga 
qo‗yish, ijaraga berish va shu kabilar) baholashning ilmiy-uslubiy va 
amaliy asoslari chet el tadqiqotchilari ishlarida keng yoritilgan. 
Ko‗chmas mulk qiymatini baholash asosida takror ishlab chiqarish 
xarajatlari va undan foydalanishdan olinadigan daromadlarning bahosi 
yotadi. Mulk obyekti narxlarining dinamikasi talab va taklifning o‗zaro 
nisbati va shu kabi boshqa bozor iqtisodiyoti qonunlari ta‘siri ostida 
shakllanadi. Har bir mulk o‗z egasiga foydalanishidan ma‘lum daromad 
keltiradi. Turli toifadagi mulk qiymatini aniqlash baholanayotgan 
obyektning o‗ziga xos xususiyatlarining ko‗pligi, shu bilan birga mulkni 
baholashga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar bilan belgilanadigan g‗oyat 
murakkab va ko‗p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.
Baholash faoliyatida ―qiymatˮ, ―narxˮ va shu kabi tushunchalar 
asosiy hisoblanadi.
Qiymat
– bu xaridor qandaydir buyum yoki obyektga almashish 
uchun tayyor turgan pul yoxud pul ekvivalenti yoki bu gipotetik xaridor 
baholanadigan qiymatga qancha to‗lash uchun tayyor bo‗lishining 
o‗lchovi.
Qiymat narxga oid iqtisodiy tushuncha bo‗lib, unga nisbatan 
tovarlar yoki xizmatlarni xarid qilishga qodir xaridor va sotuvchilar 
kelishib olishlarining ehtimollari ko‗proq. Qiymat dalil emas, balki 
qiymatning tanlangan izohiga (sharxiga) muvofiq, muayyan bir vaqtda 
muayyan tovarlar va xizmatlar ehtimolli narxlarining hisob-kitob 
miqdori hisoblanadi. Qiymatning iqtisodiy tushunchasi bozorning 
mazkur tovarlarning egasi yoki baholash sanasida ushbu xizmatlarning 
foydalanuvchisi tomonidan olinadigan foydaga bo‗lgan nigohini aks 
ettiradi. 
Qiymat baholarini tushunish va qo‗llash uchun qiymatning turi va 
izohini yaqqol ko‗rsatish, shuningdek‚ ularning baholash topshiriqlariga 
muvofiqligini ta‘minlash lozimdir. Qiymat izohining o‗zgarishi turli 


10 
mulk obyektlariga qo‗shib qo‗yiladigan qiymat miqdorlariga sezilarli 
darajada ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 
Qiymat tushunchasi ayrim bitimlar bilan bog‗liq puldagi summani 
taqozo etadi. Shunday bo‗lishiga qaramay, baholanayotgan mol-
mulkning sotilishi bozor qiymati ta‘rifidagi shart-sharoitlarga amal 
qilishda, agar u baholash sanasida sotiladigan bo‗lsa, u holda ushbu mol-
mulk sotilishi mumkin bo‗lgan narxni belgilash uchun zaruriy shart 
hisoblanmaydi. 
Qiymatning bir nechta turi va ularga muvofiq ta‘riflari mavjud. 
Ularning ba‘zilari qiymatning standart turlari hisoblanadi hamda 
mol-mulkni baholash jarayonida keng qo‗llaniladi. Qolganlari esa 
maxsus, qat‘iy kelishilgan hollarda foydalaniladi. Baholash uslublarini 
tushunish va amaliy qo‗llash uchun foydalanilayotgan qiymatning turi 
va ta‘rifini yaqqol ochib berish juda muhimdir, shuningdek‚ tanlangan 
qiymat turining baholovchi oldida turgan muayyan masala mohiyatiga 
muvofiq kelishiga e‘tibor qaratish lozim. Tanlangan ta‘rifga bog‗liq 
holda baholanayotgan mol-mulk qiymati turlicha bo‗lishi mumkin. 
Professional baholovchilar tavsiflanmagan ―qiymatˮ atamasini 
qo‗llashdan qochishlari va uni faqat aynan qanday qiymatning nazarda 
tutilayotganligiga aniqlik kirituvchi aniqlovchiga ega bo‗lgan birikmada 
ishlatishlari lozim. Bozor qiymati – mol-mulkni baholashda eng keng 
tarqalgan qiymat turi bo‗lib, har bir shunday holatda bozor qiymati 
atamasi yaqqol va ravshan aniqlanishi ayniqsa muhimdir. 
Narx esa – bu avvalgi bitimlarda shunga o‗xshash obyektlarni 
xarid qilish uchun qancha sarflanganligini aks ettiruvchi tarixiy fakt. 
―Narxˮ atamasi, shuningdek, sotuvchi so‗raydigan narxni belgilashda 
ham ishlatiladi. Avvalgi bitimlar narxlari va sotuvchining narxlari 
baholash sanasidagi qiymatning asoslangan o‗lchamini namoyon etishi 
shart emas. Xarajatlar – baholanayotgan mulkka o‗xshash mulk 
obyektini yaratish uchun zarur bo‗lgan chiqimlar o‗lchovi hisoblanadi.
Narx – muayyan tovar yoki xizmat uchun taklif qilinadigan, 
so‗raladigan yoki to‗lanadigan pul ko‗rinishidagi summa. Sotish narxi, u 
ochiq e‘lon qilinganligi yoki sir saqlanishidan qat‘iy nazar ro‗y bergan 
dalil hisoblanadi. Moliyaviy imkoniyatlar, rag‗batlantirishlar yoki 


11 
xaridor va sotuvchilarning muayyan o‗ziga xos manfaatlari sababli 
tovarlar yoki xizmatlar uchun to‗langan narx tovarlar yoki xizmatlar 
qiymatiga muvofiq kelmasligi mumkin. Shunday bo‗lishiga 
qaramasdan, narx odatda muayyan holatlarda xaridor va/yoki sotuvchi 
tomonidan mazkur tovarlar yoki xizmatlar uchun belgilanadigan nisbiy 
qiymatning indikatori hisoblanadi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə