O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

baholash
– bu umumqabul qilingan tartiblarga mos keladigan va 
baholashning umumqabul qilingan tamoyillarining qo‗llanilishi bilan
bajariladigan, tegishli tadqiqot yo‗li bilan qiymatni belgilash 
san‘atidir;

baho
– bu obyektni batafsil o‗rganishga asoslangan qiymat 
haqidagi fikrdir
1
.
Baholash faoliyati iqtisodiyotni isloh qilish va huquqiy davlat 
qurishning ajralmas qismiga aylandi. Mulk qiymatini baholashning 
maqsad va vazifalarini, usullarini mulk turlarini baholashning o‗ziga xos 
xususiyatlarini batafsil o‗rganish baholash faoliyatini nafaqat bozor 
infratuzilmasining amaliy tarmog‗i sifatida, balki amaliy iqtisod fanining 
ilmiy-uslubiy yo‗nalishi sifatida tushunish imkonini beradi.
Mulk ikki xil ma‘noda tushuniladi. O‗zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining birinchi qismida mulkchilik munosabatlarini 
huquqiy tartibga solishga keng e‘tibor berilgan. Unda mulk huquqiga 
tushuncha berilib, ―Mulk huquqi shaxsning o‗ziga qarashli mol-mulkka 
o‗z xohishi bilan va o‗z manfaatlarini ko‗zlab egalik qilish, undan 
foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, o‗zining mulk huquqini, 
kim tomondan bo‗lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab 
qilish huquqidan iboratdir‖ (Fuqarolik kodeksining 164-moddasi), - deb 
belgilandi. Bu mulkning yuridik ma‘nodagi tushunchasidir. Mulk huquqi 
mutlaq huquq bo‗lib, muddatsiz amalga oshiriladi.
Mulkning iqtisodiy ma‘nodagi tushunchasi u mol-mulkka nisbatan 
shaxslar o‗rtasida bo‗ladigan munosabatlardan iborat.
O‗zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi 
qonunida baholash faoliyati tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berilgan: 
―Baholash faoliyati baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini 
aniqlashga qaratilgan faoliyatdir‖. Bir so‗z bilan aytganda baholash 
faoliyati baholash sertifikatiga hamda malakasiga ega bo‗lgan 
1
Оценка рыночной стоимости машин и оборудования: Учебно-практическое пособие/Академия народного 
хозяйства при Правительстве Российской Федереция.-М.:Дело, 2003. С.12-13 


14 
baholovchi tomonidan baholanayotgan mulkning eng ehtimolga yaqin 
qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyatdir.
Dastlab baholash faoliyati Buyuk Britaniyada XIX asrning 
o‗rtalarida, 1861-yilda Buyuk Britaniya qiroli tomonidan syurveyrlarga 
(ingl. surveyor - yer o‗lchovchi) kasbni o‗zini-o‗zi tartibga solish huquqi 
bilan berilgan vaqtda ularning kasbi doirasida paydo bo‗ldi va Qirollik 
charter syurveyrlar instituti tashkil etildi
1
.
Ko‗chmas mulkni baholash – bu ma‘lum bir qiymatga ega bo‗lgan 
va vaqtinchalik qiymatiga ega bo‗lmagan obyektni (bino, inshoot, yer, 
yerosti va yerusti boyliklari va h.k.lar) haqiqiy bahosini belgilash va 
qayta belgilab berishni ta‘minlash.
Shuningdek, ko‗chmas mulkni baholash – bu uning bozor 
narxidagi ifodasini aks ettirishdir.
Ko‗chmas mulkni baholashda bir qator ko‗rsatkichlarga ahamiyat 
berilishi kerak, uni baholayotgan paytda mulkni tasnifiga, daromadliligi 
va xarajatliligiga qarab va eng asosiysi mulkni haqiqatdagi qiymatini 
narxdagi ifodasini aks ettirib berilishida baholovchi muassasalar asosiy 
o‗rin tutadi.
Bozordagi istalgan tovarlar o‗z narxi va qiymatiga ega (1.2.1-
rasm).
 
1.2.1-rasm.

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə