O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 Qiymat, narx va xarajatlar.
1
R.X.Alimov, B.B.Berkinov va boshqalar. Ko‗chmas mulkni baholash. -Toshkent:―Fan‖. 2005 y. - 27 bet. 
XARIDOR 
MULK 
OBYЕКТИ 
Narx – bu mulk obyеkti uchun 
to„langan mablag„ 
Qiymat – mulkning pul 
ekvivalеnti 
Xarajatlar – mulkni takror 
ishlab chiqarish uchun mablag„ 
(masalan, yеrni yaxshilash
madaniylashtirish) 


15 
Biroq, ma‘lumki, haqiqiy sotish narxi va bozor qiymati 
tushunchalari orasida tafovutlar mavjud.
Ko‗chmas mulk obyektining narxi – bu aniq amalga oshgan oldi-
sotdi bitimining haqiqiy pul miqdori. Istalgan real yoki ko‗zda 
tutilayotgan bitimdagi narx mulk obyekti qiymati bilan bog‗liq 
bo‗lganligi sababli, ko‗pincha, bu atamalardan sinonimlar sifatida 
foydalaniladi.
Bitimning narxi bozor qiymatidan sezilarli darajada farq qilishi 
mumkin. Bitimga tuzatish kiritish deb nomlanuvchi, bu tafovut bir qator 
sabablarga bog‗liq (masalan, analoglar soni, bozor muvozanati va h.k).
Qiymat – bu mulkning pul ekvivalenti.
Ko‗chmas mulk obyektining bozor qiymati – bu raqobatchilik 
sharoitida, ochiq bozorda obyekt sotilishi mumkin bo‗lgan eng ehtimoli 
yuqori pul miqdori. Bunda, nazarda tutilishicha:

bitim tomonlaridan biri mulk obyektini sotishga, ikkinchisi sotib 
olishga majbur emas;

tomonlar bitim predmeti haqida aniq ma‘lumotlarga ega va o‗z 
manfaatlari yo‗lida harakat qiladilar;

baholash obyekti ochiq bozorga ommaviy oferta shaklida taqdim 
etilgan; 

bitim narxi baholash obyekti uchun ma‘qul mukofotni ifodalaydi 
va bitimni tuzishga hech qaysi tomon majbur qilinmagan;

mulk obyekti uchun to‗lov-pul shaklida amalga oshiriladi.
Shu tariqa aniqlangan bozor qiymati savdo predmeti bo‗lib 
hisoblanadi va u ko‗tirilishi ham, tushishi ham mumkin.
Narxlar sotuvchi narxi, iste‘molchi narxi va realizatsiya narxlariga 
bo‗linadi.
Sotuvchi narxi
– bu sotuvchining, bitimni amalga oshirish orqali 
oladigan pul mablag‗i.
Iste‟molchi narxi
– bu iste‘molchining uyni sotib olishga qilgan 
barcha xarajatlarining umumiy yig‗indisi.
Realizatsiya narxi
– bu iste‘molchining sotuvchiga uy uchun 
to‗lagan pul miqdori.


16 
Bu narxlar vositachilar xizmati uchun to‗lovlar va bitimni 
rasmiylashtirish xarajatlari miqdoriga farqlanadi. Vositachi mulkni 
sotuvchisida va iste‘molchisida bir xilda bo‗lishi ham, bo‗lmasligi ham 
mumkin. 
Bitim 
sug‗urtalanishi yoki sug‗urtalanmasligi, uni 
rasmiylashtirish xarajatlari bitim ishtirokchilari o‗rtasida turlicha 
taqsimlanishi va bu xarajatlar bitimlarda bir-biridan sezilarli darajada 
farqlanishi mumkin. Shuning uchun realizatsiya narxi uyni o‗zicha 
tavsiflaydi, iste‘molchi va sotuvchi narxlari esa bitim shartlariga bog‗liq 
bo‗ladi. Odatda, agar sotuvchining vositachisi bo‗lsa, uning xizmat haqi 
realizatsiya narxidan olinadi va sotuvchining narxini kamaytiradi. Va 
aksincha, iste‘molchi tomonidan o‗z vositachisi (agar u bo‗lsa) 
xizmatlariga haq to‗lashi iste‘molchining narxini realizatsiya narxiga 
nisbatan oshiradi. Analogik tarzda bitimni rasmiylashtirish to‗lovlari bu 
narxlarga ta‘sir qiladi. Shunday qilib, sotuvchining narxi va 
iste‘molchining narxi sezilarli darajada (15% gacha va undan yuqori) 
farq qilishi mumkin. Ammo realizatsiya narxi oldi-sotdi mexanizmining 
aniq xususiyatlari va bitimni rasmiylashtirishga minimal darajada 
bog‗liq bo‗ladi va uyning o‗ziga xos xususiyatlariga muvofiq 
belgilanadi.
Yuqoridagi narxlarning har biriga minimal, maksimal yoki 
o‗rtacha narx sifatida qarash mumkin. So‗zsiz, baholash uchun bozor 
holatining eng muhim jihatlarini, hamda talab va taklif muvozanatini aks 
ettiruvchi narx sifatida o‗rtacha narx qulay.

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə