222
aniqlashni o‗z ichiga oladi.
Tugatish qiymati usuli.
Tugatish qiymati korxona tugatilganidan, aktivlar sotilganidan va
qarzlar to‗langanidan keyin qancha mablag‗ qolishini ko‗rsatadi.
Ma‘lumki, tugatish qiymati tuzatilgan balans
qiymatidan tugatishga
ketgan chiqimlar miqdoriga qaraganda kamdir. Bu komission olib
sotishlarni, tovar zaxiralarini sotishga, debitorlik qarzini yig‗ishga,
xodimlarni bo‗shatishga ketadigan xarajatlarni o‗z ichiga oladi. Bundan
tashqari, tezkor sotuvlarda sotilish narxi
odatda bozordagi normal
narxdan kamroq bo‗ladi.
Tugatish qiymati usuli joylashgan o‗rni, ixtisoslashganlik,
likvidlik darajasi singari o‗ziga xos omillarni hisobga olgan holda
korxona mulkini ro‗yxatga olishni va
har bir aktivni baholashni
mo‗ljallaydi. Bunda shulardan biri tugatish qiymatini oshirgan holda
boshqalarini kamaytiradi. Keyin majburiyatlar va tugatish chiqimlarini
ayiradilar. Tugatish qiymatidan biznes
daromad keltirmaganida va
rivojlanish istiqboliga ega bo‗lmaganida foydalaniladi. Shunday qilib,
tugatish qiymati korxonaning bankrotlikka uchrashi ehtimoli katta
bo‗lganida uning minimal sotilish narxini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: