O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Soliq to‘lovchining yoki boshqa shaxsning soliq qarzi uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hisobidan undirish imkoni



Yüklə 23,52 Kb.
səhifə6/9
tarix30.12.2023
ölçüsü23,52 Kb.
#166655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu

Soliq to‘lovchining yoki boshqa shaxsning soliq qarzi uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hisobidan undirish imkoni
Agar soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan oladigan tushumi yoki boshqa daromadlari boshqa shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga kelib tushgan bo‘lsa, soliq to‘lovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin.
Agar soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi to‘g‘risida bilgan paytdan e’tiboran o‘zining pul mablag‘larini yoki boshqa mulkini o‘zga shaxslarga bergan bo‘lsa, soliq to‘lovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin.
Soliq qarzini undirish soliq organi tomonidan majburiyatga ega shaxsning hisobvarag‘i ochilgan bankka ushbu shaxsning hisobvaraqlaridan zarur pul mablag‘larini hisobdan chiqarish va byudjetga o‘tkazish uchun inkasso topshiriqnomasini elektron shaklda yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar soliq to‘lovchi soliqni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini mustaqil ravishda yubormagan bo‘lsa, soliq organining inkasso topshiriqnomasi soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga soliqni to‘lash uchun belgilangan muddat tugagach uch ish kunidan kechiktirmay qo‘yiladi.
Soliq organining majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish va byudjet tizimiga o‘tkazishga doir inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan to‘lovlar navbatini hisobga olgan holda bank tomonidan so‘zsiz
Soliq qarzini undirish milliy valyutadagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan, bunday hisobvaraqlarda mablag‘lar etarli bo‘lmagan taqdirda esa – majburiyatga ega shaxsning chet el valyutasidagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan amalga oshirilishi mumkin. Majburiyatga ega shaxsning valyuta hisobvaraqlaridan soliq qarzini undirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta sotiladigan sanada belgilangan kursi bo‘yicha milliy valyutada summaga ekvivalent summada amalga oshiriladi.
Valyuta hisobvaraqlarida turgan mablag‘larni undirish chog‘ida soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) inkasso topshiriqnomasi bilan bir vaqtning o‘zida bankka majburiyatga ega shaxsning valyutasini sotish uchun topshiriqnoma yuboradi. Mazkur topshiriqnoma bank tomonidan u olingan kundan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi.

Yüklə 23,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə