O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 18,82 Mb.
səhifə14/162
tarix30.12.2022
ölçüsü18,82 Mb.
#98054
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162
МТ Мажмуа МАЪРУЗАЛАР

Ma’lumotlar toifasi – qandaydir qiymatlar yig’indisi bo’lib, ular ustida ma’lum amallar o’rinli bo’ladi. Ma’lumotlar toifalari dasturda oldindan aniqlangan yoki foydalanuvchi tomonidan aniqlangan bo’lishi mumkin va quyidagi aspektlarni nazarda tutadi.

  1. Qiymatlar to’plami

  2. Amallar to’plami

Misol uchun int - butun toifalarva ustida bajariladigan arifmetik amallar(+,-,*,/).
Ma’lumotlar toifalari 3 turga ajratiladi:

  1. Primitiv toifalar (ma’lumotlarning sodda toifalari). Oldindan ma’lum bo’ladigan, sozlangan toifalar deb xam ataladigan toifalar bo’lib, turli dasturlash tillarida turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, C++ tilida int (long, short,… ), float(double), char,…

  2. Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan toifalar, qachonki mavjud sozlangan toifalar qo’yilgan masalani yechishga yetarli bo’lmasa qo’llaniladi.

  3. Abstrakt toifalar. Ma’lumotlar toifalarining mantiqiy xususiyatlarini aniqlashda foydali instrument hisoblanadi. “Abstrakt toifa” atamasi bazaviy matematik tushunchasiga bog’liq. Ushbu toifalardagi ma’lumotlar qisman apparat va dasturiy ta’minot yordamida tuzilma sifatida fizik amalga oshirilishi mumkin. Biz abstrakt toifalarni matematik tushuncha sifatida aniqlaganimizda, muhit va vaqtiy munosabatlarni e’tiborga olmaymiz. Bular amalga oshirish masalalari hisoblanadi.

Ma’lumotlar tuzilmasi
Ma’lumotlar turli yo’lar asosida tashkil etilishi mumkin, mantiqiy yoki matematik modelni tashkil etilishi ma’lumotlar tuzilmasi deyiladi. Konkret bir ma’lumotlar tuzilmasini tanlash quyidagilarga bog’liq:

  • Real voqe’likda elementlararo munosabatni yaqqol ifodalay olishi kerak;

  • U shunday soda tuzilishi kerakki, zarur bo’lganda ustida samarali amal bajarish mumkin bo’lsin.

Ma’lumotlar tuzilmasini o’rganish quyidagilardan iborat:

  • Tuzilmani mantiqiy ifodalash;

  • Tuzilmani fiizik amalga oshirish;

  • Tuzilmani sifatiy taxlili, ya’ni elementlarni saqlash uchun qancha xotira xajmi sarflanishini aniqlash (xotira sarfi) va qayta ishlashga ketadigan vaqtni (vaqt sarfi) xisoblash nazarda tutiladi.


Yüklə 18,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə