O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 172,61 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.04.2023
ölçüsü172,61 Kb.
#104725
B.BUVANAZAROV(1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI. 
SIRTQI BO’LIM 2-BOSQICH HBA-90 GURUXI TALABASI 
B.BUVANAZAROVNING “MIKROIQTISODIYOT. 
MAKROIQTISODIYOT" FANIDAN ORALIQ NAZORAT ISHI. 
TOSHKENT-2023 YIL.


VARIANT-3
u
1. Pul taklifi. Pul bozorida 
muvozanat
u
2. Avtonom xarajatlar 
multiplikatori.
u
3. LM – egri chizig’i va uning 
tenglamasi


Pul taklifi. Pul bozorida muvozanat.
u
Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur 
bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan 
depozitlarni oladi: Ms = S+D. Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda 
monopol huquqqa ega.. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil 
muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi 
hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi 
pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”. Ammo pul taklifini 
ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. 
Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalari emissiyasini yoki kredit 
multiplikasiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so’mga 
o’sgan bo’lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo’lganda (zahira normasi – tijorat 
banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish 
normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so’mni qarzga 
beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so’mga ko’paytiradi va u endi 
2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi.


u
Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so’mdan 
tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. 
Agar, 1600 so’m yana banka tushsa, (masalan, B 
bankka) unda 20 % ga teng bo’lgan zahira normasida u 
320 so’mni zahirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga 
beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. 
Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan 
foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob 
bank depozitlari jami 10000 schqmga ko’payganligini 
ko’rsatadi. Bu jarayonni formula ko’rinishida 
quyidagicha yozishimiz mumkin: M = (1/ rr ) x D Bunda: 
M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ; 
D - dastlabki depozit


u
Keltirilgan formuladan ko’rinib rr 
koeffisentiga bog’liq bo’lib, uni 
bank

turibdiki, pul taklifi 1/ 
multiplikatori yoki pul ekspansiyasi 
multiplikatori, deb ataladi. U ushbu 
bank zahiralar normasida ortiqcha 
zahiralarning bir pul birligi bilan 
yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit 
pullarining eng ko’p miqdorini bildiradi


Pul bozorida muvozanat
u
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni 
birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi 
Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va 
(M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz. 
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini 
bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi 
miqdorini ko’rsatadi.
u
(M/P) s = M*/P* 
u
Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
u
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen 
o’zgaruvchi )ni ko’rsatadi.


u
Pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq 
bo’lmagan vaziyatni ko’rsatadi. Shuning uchun real 
pul vositalari taklifi grafikda ko’rsatayotganimizdek 
vertikal chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu holat foiz 
stavkasi qanchalik o’zgarishiga qaramasdan real pul 
taklifi miqdori o’zgarmasdan qolgan vaziyatni aks 
ettiradi.
u
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. 
Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda 
Ms to’g’ri chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi.


u
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga 
teskari proporsional egri chiziq ko’rinishiga ega. 
Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o’zaro teng, 
O’zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini 
muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining 
o’zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o’z aktivlari 
tarkibini o’zgartirgani tufayli pul bozorida 
muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni 
o’zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori 
bo’lsa, pul taklifi unga bo’lgan talabdan yuqori bo’ladi. 
Iqtisodiy agentlar o’zlarida to’planib qolgan ortiqcha 
naqd pullarni aksiya va obligasiyalarga aylantirib, 
ulardan qutilishga intilishadi


u
Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligasiyalar 
kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, 
arzon obligasiyalarni (kelajakda foiz stavkasi 
pasayishi oqibatida ular kursi o’sishini ko’zda tutib) 
sotib olish foydali bo’ladi. Banklar, Ms> Md bo’lgani 
uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Astasekin 
iqtisodiy agentlar o’z avtivlari tarkibini o’zgartirishi 
va banklar tomonidan foiz stavkasining o’zgartirilishi 
oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz 
stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro’y 
beradi.


. Avtonom xarajatlar multiplikatori.
u
Avtonom xarajatlar multiplikatori - Davlatning byudjet-
soliq siyosati davlat xarajatlari va soliqqa tortish 
darajasini o’zgarishiga bevosita ta’sir etadi. Davlat 
xarajatlarini oshishi (G) daromadlarni berilgan darajasida 
rejalashtirilayotgan jami xarajatlarni o’sib borishini 
bildiradi. Shunga muvofiq muvozanatli daromad ham 
o’sadi. Bunda daromadlarni qo’shimcha o’sishi davlat 
xarajatlarining qo’shimcha o’sishiga qaraganda ko’proq 
bo’ladi, ya’ni Y>G. Y/G nisbatni davlat xarajatlarining 
multiplikatori deb ataladi.


u
U davlat xarajatlarini bir miqdorga ko’payishida muvozanatli 
daromad qancha oshganligini bildiradi. Davlat xarajatlari 
jami xarajatlarning bir qismi hisoblanar ekan, demak unday 
holatda davlat xarajatlari multiplikatori hamda jamg’arishga 
(MPS) va iste’molga (MPC) bo’lgan chekli moyig’llik o’rtasida 
aloqa mavjud bo’ladi. Daromadlarda jamg’arish ulushining 
o’zgarishi qanchalik kam bo’lsa, xarajat shunchalik ko’p va 
daromadlar miqdori (Y) yuqori bo’ladi. Shunga muvofiq 
mul’tiplikator ham yuqori bo’ladi. Boshqacha aytganda, 
multiplikator MPS ning teskari qiymatiga teng yoki 1/MPS. 
Biroq MPC+MPS=1 bo’lgani uchun davlat xarajatlari 
multiplikatori miqdori 1/1- MPCga barobar bo’ladi.


u
Misol uchun, iste’molga bo’lgan chekli moyig’llik 
0,7ga teng bo’lsa, unda multiplikator 3,33 teng 
bo’ladi, ya’ni 
u
Δ
Y1
µ
o= --------- = ----------- = 1/ (1-0,7) = 3,33 
Δ

1- MPC
u
Demak iste’molga bo’lgan chekli moyillik qancha 
katta bo’lsa, multiplikator samarasi ham shuncha 
yuqori bo’ladi. Bu shuni bildiradiki, davlat 
xarajatlarini bir miqdor ko’payishi muvozanatli 
daromadni 3,33 birlikka oshiradi.


u
Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz 
kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, 
ya’ni 
u
µ
=1+b+b2+b3+b4+…+bn, bu erda b=MPC 
u
Tenglikning ikki tomonini b ga ko’paytiramiz: 
µ
b=b+b2+b3+b4+…+bn+1
u
Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz: 
µ

µ
b=1-bn+1 , 
µ
(1-b) =1-bn+188
u
Hisob- kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz: 
µ
o=(b n+1)/(1-b)b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin 
bo’lgani uchun 
µ
o=1/(1-b) tenglik to’g’ri bo’ladi


u
Soliqlarning o’zgarishi (T) daromad va iste’molga teskari ta’sir 
ko’rsatadi. Soliqlarni kamayishi multiplikator samarasini keltirib 
chiqaradi, ya’ni daromadlarni soliqlar o’zgarishi miqdoriga 
qaraganda yanada ko’proq qo’shimcha o’sishiga olib keladi. Soliq 
multiplikatori yoki daromadlarga soliqlarni o’zgarishidan keladigan 
samara teng: 
u
Y-MPC
µ
s= ---------=-------------T1-MPC
u
Masalan, agarda iste’molga bo’lgan chekli moyig’llik chegarasi 
0,7ga teng bo’lsa, unda soliq multiplikatori 0,7/1-0,7=2,3ga teng 
bo’ladi, ya’ni
Y-MPC-0,7
µ
s= ---------=---------=----------=- 2,3 T1-MPC 1-0,7 Bu 
shuni bildiradiki, soliqlarni bir miqdorga oshirish daromadlarni 2,3 
miqdorga qisqarishiga olib keladi


 LM – egri chizig’i va uning tenglamasi
u
LM – egri chizig’i o’zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida 
vijudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o’rtasidagi 
o’zaro bog’liqlikni aks ettiradi. LM – egri chizig’ining har bir nuqtasida 
pulga talab Md pul taklifi Ms ga teng bo’ladi. Pul bozorida bunday 
muvozanatga daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R ko’tarilsagina 
erishiladi
u
Pulga talab funktsiyasiniquyidagicha yozamiz:
u
M/R=f(R;U)
u
Shunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi 
buni LM egri chizig’i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va 
daromad o’rtasidagi munosabatlarni ko’rgazmali tarzda ifodalaydi. 
Daromad darajasi qancha baland bo’lsa, pulga bo’lgan talab shuncha 
yuqori va shunga muvofiq muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha yuqori 
bo’lad


u
LM egri chizig’i tenglamasi pulga talab funktsiyasini R va Y 
ga nisbatan echib topiladi. R ga nisbatan LM egri chizig’i 
tenglamasi quyidagicha: R=(k/h)Y-(1/h) (M/P). Y ga 
nisbatan LM egri chizig’i tenglamasi quyidagicha: 
Y=(1/k)(M/P) + (h/k) R. k/h koefitsenti LM egri 
chizig’ining Y o’qiga nisbatan og’ish burchagini 
xarakterlaydi hamda fiscal va pul kredit siyosatining nisbiy 
samaradorligini baholaydi. Shunday qilib, LM egri chizig’i 
o’zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida 
vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar 
darajasining kombinatsiyalarini ko’rsatadi. LM egri 
chizig’ining har bir nuqtasida pul bozorida talab va taklif 
o’zaro teng bo’ladi

Yüklə 172,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə